Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə7/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Nazorat savollari.

  1. Model deganda nimani tushunasiz?

  2. Model hodisa va jarayonni qanday akslantirishi kerak?

  3. Modelning taqribiylik xarakteri qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?

  4. Modellashtirish uslublaridan qayerda foydalaniladi?

  5. Modellashtirish qanday obyektlarni o‘rganishda, ayniqsa, muhim?

  6. Modellarni qanday turlarga ajratish mumkin?

  7. Abstrakt va fizik modellarning farqi nimada?

  8. Biologik model deganda nimani tushunasiz?

  9. Iqtisodiy model deganda nimani tushunasiz?



2 MA'RUZA.
MATEMATIK MODELLARGA QO`YILADIGAN ASOSIY TALABLAR. MATEMATIK MODELLARNI QURISH METODLARI.
Reja:

  1. Modellashtirish nazariyasini predmeti.

  2. Modellarni sinflari.

  3. Modellashtirish ob'ektlarini sinflari.

  4. Modellvshtirishni asosiy bosqichlari.



Tayanch iboralar: bilish, boshqarish, modellashtirish, gipoteza, model, modellashtirish bosqichlari, dinamik, baholash, stoxastik.



  1. Modellashtirish nazariyasini predmeti

Xayoliy modellar xaqiqiy dunyoni nazariy tutiniti va aks ettirish shakli bo'lib, uni fizik bilish uchun katta o'rin egallaydi. Shuning uchun nazariy bilish va uslubiy jihatdan modellarni shakillantirish masalasi, ularni bilishda qo'llash va boshqa modellar, xayoliy va Real tajribalar, gipoteza, nazariyalar bilan aloqasi katta ahamiyat kasb etadi.
Modellar-ilmiy gipoteza bo'lib, fanni rivojlantirish shakli sifatida ko'rib kelgusidagi takomillashgan nazariya modellari ko'rinishida o'rganiladi.
Xayoliy va material modellarni quyidagicha tariflash mumkin: modellashtirish - bu biror bir ob'ektni (orginalni) boshqasi (model bilan) almashtirish va orginalni xususiyatlarini modelni xususiyatlarini tadqiq etish yo'li bilan urganishdan iborat. Almashtirishdan asosiy maqsad orginal xususiyatlarini o'rganishni aniqlashni tezlashtirish, soddalashtirish, narxini kamaytirish imkonini beradi. Umuman ob'ekt-original sifatida ixtiyoriy tabiy yoki sun'iy, Real (xaqiqiy) yoki xayoliy tizm bo'lishi mumkin.
Modellashtirish usuli xozirgi zamonda ko’pdan ko’p olimlar tomonidan tadbiq etilmoqda. Misol sifatida mexanika, fizika (qattiq jismlar) ximiya, biologiya, medisina, iqtisodiyot va boshka soxalarni ko’rish mumkin. Modellashtirish kontsepsiyasidan maqsad asosan modellarni nazariya yaratish jarayoniga kiritishdan iboratdir, chunki ideal modellar nazariyani boshlang’ich bosqichi bo’lishi mumkin yoki nazariyani interpretasiya qilish modeli xam bo’lishi mumkin.
Gipotezalar nazariyaning ideallashtirilgan ob'ektlardan farkli bulib, nazariyani interpretasiya kilish modeli yoki dastlabki pogonadagi model ko’rinishida tasvirlash mumkin. Gipotezalar shakillantirilayotgan modellarni dastlabki qadamlari (pog’onalari) sifatida ko’rilishi mumkin.
Dastlabki modelni ishlab chiqishda tadqiqotchi intuisiyasi katta rol o’ynaydi. Boshlang’ich vaqtlarda katta mikdordagi modellar oldinga surilishi mumkin. Ammo tadqiq etish jarayonida ularning soni kamayadi.
Model bilan ishlash shakli sifatida xayoliy tajriba ko’riladi. Ayrim xollarda xayoliy tajribalarni ideallashtirilgan deyiladi, chunki ular Real tajribalar bilan bog’liqdir. Ma'lum miqiyosda xayoliy tajriba Real tajribani ma'lum tomonlarini (xususiyatlarini) xayoliy obrazli rekonstruktsiya qilishdan iboratdir. Chunki, aytiladiki "fikirlash ongda tajriba o’tkazish maxsulidir". Xayoliy tajriba shartsiz ravishda xaqiqiy tajribaga qaraganda qulaydir. Fikrlar bizda xar doim mavjud va xaqiqatga nisbatan ongda tajribalarni yig’ish (to’plash) onsondir. (Engelmayer so’zlari bo’yicha).
Tajriba ob'ekt orginalni ma'lum tomonlarini (xususiyatlarini) modelda aks ettirishni adekvatlik kriteriyasi bo’lib kelmoqda. Tajriba xakam rolida bo’lib, model yordamida olingan ta'savurlarni olib qolish yoki tashlab yuborish to’g’risida yechimini qabul qiladi.
O’rganilayotgan xodisa, jarayon yoki ob'ektni matematik ifodalar (munosabatlar) va formulalar yordamida ta'savvur etish jarayoni matematik model deyiladi. Tadqiq etilayotgan ob'ektni modellashtirish ob'ektni shakillashtirishdan boshlanadi, ya'ni mos matematik modelni tuzishdan iborat. Buning uchun uning axamiyati kasb etgan tomonlari (xususiyatlari) ajratib olinadi (tanlanadi) va matematik munosabatlar yordamida yoziladi.
Matematik model tashkil etilgandan so’ng, ya'ni masalaga matematik shakl berilgandan so’ng
Real ob'ekt (yozuv stoli) to’g’ri burchakli abstrakt matematik modeli bilan almashtirilgan. To’g’rito’rt burchakka o’lchovlar berilgan. Bu o’lchovlar o’lchash natijasida olingan va bunday to’g’riburchakning yuzi qidirilayotgan yuzaning taxminiy qiymati olinadi. To’g’ri to’rtburchak modelini tanlash biz asosan o’zimizning ko’rish xususiyatlarimizga asoslanadi. Ammo inson ko’zi yuqori aniqlikka ega bo’lgan o’lchash asbobi emas.
Modellashtrish asosan modelda tadqiq qilishga xalaqit beruvchi orginalni alomatlari mavjud bo’lmagan xollarda, yoki modelni xususiyatlarini o’rganish va belgilash imkonini beruvchi parametrlar mavjud bo’lganda maqsadga muvofiqdir.
Modellashtirish nazariyasi o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan nizomlar, ta'riflar, modellarni yaratish va tadqiq etish usullari, vositalri to’plamidan iborat. Bu nizomlar, ta’riflar, usullar, vositalar va modellar modellashtirish nazariyasini predmetini tashkil etadi.
Modellashtirish nazariyasini asosiy masalasi tadqiqotchilarni modellarni yaratish texnologiyasiga o’rgatishdan iborat. Bunday texnologiya orginallarini o’rganilayotgan xususiyatlarini yetarli aniqlik va to’la ravishda tadqiq etish imkoniyatini beradi.
Ob'ekt -original sifatida asosan xisoblash tizmlari ko’rilgan bo’lib, modellashirishni predmet soxasini tashkil etadi. Xisoblash tizmi tushunchasi bu yerda keng ma'noga ega bo’lib, bir prosessorli ma'lumotlarni qayta ishlash tizmidan turli dasturiy ta'minotli taqsimlangan xisoblash tizmlarigacha va turli vazifalarga mo’ljallangan tizmlar kiradi. Xisoblash tizmlari - bu sun'iy, muxandislik tizmlari bo’lib, uning xamma parametri ma'lum. Demak, bu parametrlarni tadqiq etish, aniqlash imkoni bor. Shuning uchun xisoblash tizmlarini modellashtirishni printsipial imkoni bor.
Modellashtirishni ilmiy qidiruv ishlarida, muxandislik ijod soxasida va umuman inson xayotida baholash murakkab masaladir. Ixtiyoriy har qanday tizmni bilish yoki o’rganish mohiyati bo’yicha uning modelini yaratishga olib kelinadi. Xar bir qurilma yoki inshoatni yaratishdan avval uning model loyihasi ishlab chiqiladi. Sa’noatni xar qanday asari xaqiqiy dunyoni borlikni belgilovchi modeldir. Inson biror bir xarakat qilishdan oldin mumkin bo’lgan xarakatlar ketma-ketligini o’ylab ko’radi yoki sinovdan o’tgan xarakatlar modeli bo’yicha boshqaradi.
Konstruktiv modellar, ya'ni sistemani xarakteristikalarini uning parametrlariga bog’lanishni tadbiq etuvchi va xususiyatlarini belgilash imkoni beruvchi modellar aloxida ahamiyat kasb etadilar. Bunday modellar tizmlarini ishlashini optimallashtirish imkonini yaratadi. Optimallashtiruvchi modellar-murakkab tizmlar nazariyasini asosini tashkil etadi.
Modellashtirish ilmiy bilish usuli va texnik masalalarni yechish usuli sifatida xar doim yuqori baholanib kelingan. Texnikani rivojlantirish bilan mexanizm, mashina va inshoatlar fizik modellashtirish keng qo’llanila boshlandi.
Matematikaning yutuklari turli tabiatga ega bo’lgan ob'ekt va jarayonlarni matematik modellashtirishni keng kulamda tarqalishiga olib keladi. Shuni aytib o’tish kerakki, fizik tabiati turlicha bo’lgan tizmlarni ishlash dinamikasi bir turdagi bog’lanishlar yordamida yoziladi, ya'ni bir turdagi modellar yordamida tasvirlash yoki ifodalash mumkin. Turli -tuman tizmlarni tahlil va sintez qilishda muhandislar foydalanadigan xisoblash formulalari bunday tizmlarni matematik modellardan keltirib chiqarilgan.
Imittasion modellashtirish uslubiyatini ishlab chiqish natijasida modellashtirish yanada sifatli yangi pog’onaga ko’tarildi. Bu shundan iboratki, modellashtirish yordamida tadqiq etiladigan tizmlar sinfi yanada kengaydi. Xozirgi zamonaviy xisoblash texnikasini yangi imkoniyatlarini chuqurlashuvi va kengayishi modellashtirishdan foydalanish soxalarini yanada kengayishiga va rifojlanrishiga olib keladi. Xozirgi sharoitlarda ilmiy-texnik progressni jadallashuvi natijasida chegaralangan moddiy, ish, energetik va vaqt resurslari asosida yukori samaradorlikka erishish shartlari bo’yicha modellashtirish aloxida ahamiyatga ega bo’lmokda.
Xozirgi davrda modellashtirish qo’llanilmaydigan inson faoliyati soxasini topish qiyindir. Masalan, avtomobillarni ishlab chiqarish modeli, bug’doyni yetishtirish, inson organlarini ishlash modellari, Azov dengizini xayot faoliyati, atom urishining oqibatlari va x.k. Kelgusida xar bir tizmni o’zining modellari yaratilishi mumkin, xar bir texnik yoki tashkiliy loyixani ishlatishdan (qo’llanishdan) avval uni modellashtirish zarur.
Mutaxassislarni aytishi bo’yicha xisoblash tizmlarining asosiy vazifasi modellashtirishdan iborat buladi. Xaqiqatdan xozirgi davrda xisoblash texnikasini amaliyotda tadbiq etish texnologik jarayonlarni boshkarishni avtomotlashtirilgan tizmlarga, tashkiliy-iqtisodiy komplekslari va loyixalash jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizmlarini hamda ma'lumotlar omborini keng ko’lamda yaratish kabi yo’nalishlarda qo’llanilmokda. Ammo har qanday boshqarish tizmi boshqariladigan ob'ekt yoki jarayon xaqidagi axboratga muxtoj bo’ladi. Shuning uchun xisoblash texnikasi modellashtirish uchun ishlatish (foydalanish) birinchi darajali axamiyatga egadir.
Xisoblash tizmlari murakkab va qimmat baxoga ega bo’lganliklari uchun moslashtirish ob'ektlari bo’lishlari mumkin va zarur.
Modellashtirish xisoblash tizmlarini loyixalash bosqichida, mavjud ishlatilayotgan tizmlarni ishlashini elektromol sharoitlarda taxlil etish yoki tizmni tarkibi, strukturasi, boshqarish turlari yoki ish xajmini o’zgarishini o’rganish jarayonlari uchun foydalaniladi. Dastlab tanlab olingan loyixa yechimini taxlil qilish modellashtirish bilan amalga oshiriladi. Bu esa uz navbatida kelajakdagi tizmning kutiladigan xarakteristikalarini aniqlashni imkonini beradi, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga asos bo’ladi. Agar uning xarakterstikalari qo’yilgan talablarni qanoatlantirmasa taxlil asosida loyixada o’zgartirishlar kiritiladi. So’ngra yana modellashtirish o’tkaziladi. Bu jarayon ishlab chikilayotgan tizmni ishlash sifat kursatkichlari talab darajasiga yetguncha davom ettiriladi.
Xozirgi davrda ishlab turgan tizmlarni modellashtirish yordamida tizmlarni ishlash jarayonini chegaraviy shartlarini aniqlashda, ekstrimal sharoitlarni imetasiya qilishda foydalaniladi. Bunday sharoitlari sun'iy yaratish bir qancha qiyinchiliklarga olib keladi va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.


  1. Yüklə 1,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin