Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtrish



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə4/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Bilish va boshqarish jarayonlarida modellashtrish

Modellashtirish muammosi bilan biz asosan ikki xolda duch kelamiz: birinchidan, bilish jarayonlarida, ya'ni ob'ekt va jarayonlarni bilish modelini tuzishda, ikkinchidan boshqarish jarayonlarida, ya'ni ob'ektni maqsadga tomon yo’naltirilgan boshqarishda, ya'ni inson tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish uchun.
Bilish jarayonida bilish modeli yaratiladi. Bu model zaruriy ko’rinishda ob'ektni ishlash mexanizmni aks ettiradi. Bunday modellashtirishga misol sifatida bizni o’rab turgan tabiatni o’rganishni olish mumkin. Tabiat xususiyatlarini tushintira olish, ularni o’zaro bog’lanishi, mexanizmlarni tahlil etish va x.k. Mana bunday modellashtirishni asosiy masalalarni tashkil etadi. Bunday modellashtirish bilishdan kam farqlanadi. Modellarni asosiy maqsadi shunday modellar yaratish kerakki ular inson uchun muhim bo’lgan tabiat ob'ektlarini aks ettiruvchi modellar ishlab chiqishdan iborat. Bunday xususiyatlar xar bir ob'ekt yoki xodisadagi sabab - oqibat bog’lanishlarini turlicha ko’rinishda aks ettirilishi bilan ifodalanadi. Bunday bog’lanishlarni biror bir sababni oqibatga "o’zgartiruvchi" ko’rinishda tasvirlash mumkin.
"O’zgartiruvchi" ni "ishlashini" biror bir tilda yozish model deyiladi. Demak model deyilganda shunday fikrlash tushiniladiki (ixtiyoriy tilda - matematik, grafik, algoritmik, so’zlashuv va x.k.) kuzatilayotgan xodisani imitasiya qilish imkonini bersin. Konkret maqsadlar model yoziladigan tilni xam aniqlashtiradi. Ma'lumki, ko’pgina texnik va fizik modellarni yozish matematika tilidan amalga oshiriladi.
Sababni X bilan, oqibatni esa Y bilan belgilaymiz. Bular orasidagi bog’lanishni shartli ravishda quyidagi ko’rinishda yozamiz.
Y=F(X),
Bunda F- sababini X-oqibatga Y- o’zgartirish qoidasi. Bu modelni tashkil etadi. F ni modelni operatori deyiladi.
Bilish modellarini ahamiyatli xususiyatlari shundan ibratki ob'ekt yoki xodisa mexanizmlari opreator F strukturasida aks etirilishidir, ya'ni ob'ektdagi modellashtirish jarayonida aniqlangan hamma sabab - okibat bog’lanishlari aks ettirilishidir. Agar bu o’zaro bog’lanishlarni xisobga olmaslik modelni bilish tomonlari ma'lum kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Ya'ni bilish uchun qanday bu jarayon sodir bo’lishi etarli bo’lmay balki nima uchun bu jarayon sodir bo’lish sabablarini ham aniqlash kerak.
Modellashtirishni boshqa turdagi ko’rinish -bu ob'ektni boshqarish talablariga bevosita bog’langan bo’lib, boshqarishga nisbatan yordamchi xarakterga ega. Xaqiqatdan boshqarish uchun oldindan nimani boshqarish kerakligini, ya'ni ob'ekt modeliga ega bo’lish va unda boshqarishni oqibatini sinab ko’rish va ulardan eng yaxshisini tanlab olish zarur. Shuning uchun bu turdagi modellashtirish jarayonlarida shunday model yaratish kerakki, u boshqarish talablariga javob berishi kerak.
Shu sababli, "boshqarish" tushunchasi nimani angalatadi va boshkariladigan ob'ektni modeliga talablar qo’yilishini aniqlab olish kerak. Boshqarish deb - ob'ektga shunday maksadaga yo’naltirilgan ta'sir ko’rsatish jarayoni tushiniladiki, natijada boshqarishgacha nisbatan ob'ekt ma'lum ma'noda ko’yilgan maqsadlarni bajarishga "yaqinrok" bo’ladi.



Bu yerda X -boshqarilmaydigan, ammo nazorat qilinadigan tashkil etuvchi; U -boshqariladigan tashkil etuvchi; Y -ob'ekt xolati xaqidagi axborat;
Boshqarishni tashkil qilish (sintez) uchun dastlab maqsadni Z aniqlash kerak, ya'ni ob'ektga ta'sir qilish jarayonida boshqarish qurilmasi nimaga intilishi kerak va boshqarish nuqtasi nazaridan ob'ekt qanday bo’lishi zarur. Ammo bundan tashqari boshqarish algoritmi A ham berilishi zarur, ya'ni bu maksadga qanday erishish mumkinligi ko’rsatilishi kerak.
Shunday qilib boshqarish quyidagi to’rtlik bilan amalga oshiriladi.
,A,Z>,
Bu erda U boshqarish tasviri; I= tashqi muhit va ob'ekt xolati xaqidagi axborat; A algoritm; Z boshqarish maqsadi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin