Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə5/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

3. Modellarning tasnifi:
1. Ob’ektning modellashtirilayogan tomoni tabiatiga bog’liqligi bo’yicha: kibernetik (funksional) modellar; - strukturali modellar.
2. Vaqtga bog’liqligi bo’yicha: statik modellar; dinamik modellar.
3. Tizimning holatini ifodalash usuli bo’yicha: diskret modellar; uzluksiz modellar.
4. Modellashtirilayotgan jarayonning tasodifiy darajasi bo’yicha: determinlashgan modellar; - ehtimoliy modellar.
5. Amalga oshirish usuli bo’yicha: abstrakt (xayoliy) modellar; moddiy modellar.
Modellashtirish bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- masalaning qo‘yilishi va uni tahlil qilish: masalaning qo‘yilishi modellashtirishda muhim o‘rin tutadi. Aniq qo‘yilgan masala asosiy elementlar va ular orasidagi bog‘lanish tarkibi va miqdoriy xarakteristikasini aniqlaydi. Modellashtirishning dastlabki bosqichida ma'lumotlar to‘planadi va tahlil qilinadi. Tahlil uchun tanlangan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va modellashtirishning so‘ngi natijalariga bog‘liq, to‘plangan ma'lumotlar absolyut miqdorlarda va yagona o‘lchov birliklarida ifodalanishi kerak. Bu bosqichda modellashtiriladigan ob'ekt va uni abstraksiyalashning muhim tomonlari belgilanadi. Ob'ektning strukturasi va elementlari orasidagi asosiy bog‘lanishlar, uning o‘zgarishi va rivojlanishi bo‘yicha gipotezalarni shakllantirish masalalari o‘rganiladi.
- matematik modellar qurish: bunda qo‘yilgan masala aniq matematik bog‘lanishlar va munosabatlar ya'ni, funksiya, tengsizlik va hokazolar shaklida ifodalanadi. Matematik modellar qurish jarayoni matematika va texnika bo‘yicha ilmiy bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvidan iborat. Albatta, bunda matematik modelni yaxshi o‘rganilgan matematik masalalar sinfiga tegishli bo‘lishi uchun harakat qilinadi. Biroq, shunday bo‘ladiki, texnik masalani modellashtirish oldindan ma'lum bo‘lmagan matematik strukturalarga olib kelishi ham mumkin. XX asr o‘rtalaridan boshlab, texnika fani va uning amaliyoti ehtiyojlaridan keli chiqib, matematik dasturlash, funksional analiz, hisoblash matematikasi fanlari ham o‘z rivojini topdi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin