Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə90/98
tarix24.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#193389
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
Математик моделлаштириш majmua

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Bu kursning amaliy matematika va informatika yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni uning barcha informatikaviy fanlar bilan bog‘langanligidan kelib chiqadi. Kurs mos ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. Jarayonlar tadqiqoti fani doirasida yaratilgan algoritmlar riskli vaziyatda qaror qabul qilish masalalariga olib keluvchi iqtisodiyot masalalarida, texnologik jarayonlarni optimal bosharish masalalarida, zaxirani optimal boshqarish masalalarida, ko‘p kriteriyli optimal boshqarish masalalarida keng qo‘llanilib kelmoqda.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarga fanning ba’zi mavzular bo‘yicha darslar elektron vositalar yordamida tashkil qilinadi. Talabalarning fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usul-laridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnolo-iyalarni tadbiq etish muhim ahami-yatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqat-ma materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
“Matematik modellashtirish asoslari” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin