Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar


Diniy, siyosiy va huquqiy qarashlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#182731
1   2   3   4   5   6
1353144927 39771

2. Diniy, siyosiy va huquqiy qarashlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi
Insoniyat tarixida ilk bor jamiyat, davlat, qonunlar to`g`risidagi qarashlar Turon, Misr, Bobil, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda mifologiya shaklidagi ilohiyat bilan bog`liq holda paydo bo`lgan va rivojlangan. Masalan, qadimgi Turon va Eron, ya`ni Ajam davlatida «Avesto» - zardushtiylarning diniy kutobida yerdagi hokimiyat va tartib, qonun-qoidalar koinot qonun-qoidalarining davomi, ajralmas qismi sifatida o`rganiladi. Kuch, qudrat, adolat, haqiqatning barchasi Xudoning sifati, shu jumladan davlat va qonunlar ham uning irodasi bilan paydo bo`lgan deb uqtiriladi va hokazo.
Xuddi shu tarzda barcha kitobiy dinlarda davlat va huquqning kelib chiqishi va mohiyati o`rganiladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, har bir mamlakatdagi siyosiy-huquqiy qarashlarning o`ziga xos tomonlari ham mavjud bo`lgan. Masalan, qadimgi Xitoy manbalarida yozilishicha: imperator yerda osmon tomonidan tayinlangan va u xudo bilan munosabatda. Uning hokimiyati mutlaq. Davlat xizmatidagi boshqa mansabdor shaxslar va barcha fuqarolar faqat uning irodasini, farmonlarini amalga oshiruvchilardir. Misr, Bobil, hind xalqlari hayotida esa Olloh bir vaqtning o`zida butun koinotni va yerdagi jamiyatni, davlatni boshqaruvchi kuch sifatida o`rganilgan. Qadimgi yahudiylar diniy kitobi - Muso qonunlari to`g`ridan to`g`ri Ollohdan olingan, aniqrog`i Musoga nozil bo`lgan. Shu sababdan ham Olloh butun yahudiy xalqi bilan alohida shartnoma asosida, zarur bo`lganda uning o`zi jamiyatni to`g`ridan-to`g`ri idora qiladi. U Oliy sohibi qonun, boshqaruvchi va qozidir. Islomda ham muqaddas Qur`on oyatlari payg`ambar Muhammad alayhu vas-sal-lamga nozil bo`lgan. Demak, Oliy sohibi qonun Ollohning o`zi. Uning talablari, qoidalari payg`ambar orqali odamlarga yetkaziladi. Payg`ambar va muqaddas qonunlar orqali davlat boshqariladi.
Xammurapi qonunlari (er.av. XVIII asr, Bobil), Manu qonunlari (Hindiston, taxminan er.av. II asr) va ko`plab boshqa qonunlar majmuasi ana shu qadimgi dinlar asosida vujudga kelgan edi.
Eramizning boshida paydo bo`lgan xristianlik dini, uning manbalari - Injil kitobi hamda yirik diniy arboblar kitoblarida ham davlat va huquq masalalari o`ziga xos tarzda ilohiylashtirilgan. Masalan, Avreliy Avgustinning (354-430, Shimoliy afrikalik) «YAratuvchi tayanchimizdir» degan kitobida uning qarashlari bayon etilgan. Uning fikricha, ikki dunyo, ikki davlat va ikki qonun mavjud. Birinchisi Ollohning nomi bilan bog`liq, ikkinchisi esa insonga bog`liqdir. Inson o`zining azim xatosi, jinoyati tufayli Olloh tomonidan jannatdan chiqarilib, u gunohkor va kunini yashab bo`lganligi uchun umrining so`ngada o`limga hukm qilingandir. Inson Olloh yo`lida, unga itoat qilib yashasa, u yaxshidir, va aksincha, u inson sifatida o`z ta`biricha yashasa, u yomon, gunohkordir. U odamlarni ikki toifaga bo`ladi: birinchi toifadagalar Ollohning marhamati bilan faqat uning qonun-qoidalariga muvofiq yashovchilar hamda ikkinchilari inson sifatida o`z qonun-qoidalariga binoan yashovchilar. Birinchilar abadiy Olloh bilan birga bo`lsalar, ikkinchilari abadiy adashishda, azobdadirlar. Shu yo`nalishda u qonunlarni ham ikki toifaga bo`ladi: «ilohiy» va «insoniy» qonunlar. Birinchisi ikkinchisi uchun asos hisoblanadi, ya`ni davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar avvalo ilohiy qonunlarga binoan qabul qilinishi kerak degan ta`limotni ilgari surdi.
Bunday qarashlar keyinchalik Foma Akvinskiy (1225-1274 yy.) asarlarida rivojlantirildi. Uning «Hukmdorlarning hukmronligi to`g`risida» (1265-1266 yy.), «Ilohiyot majmui» (1266-1274 yy.) asarlarida siyosat, davlat, qonunlar masalasi to`g`risida fikr va mulohazalar bildirilgan. U ilohiy ta`limotlar nuqtai nazaridan davlatning vazifasi umumiy farovonlikka erishishdir, deb hisoblaydi.
Davlat hokimiyatining uch unsuri: 1) mohiyati, 2) paydo bo`lish shakli, 3) amalga oshirilishini farqlaydi va ularni sharhlab beradi. Masalan, davlatning mohiyati Olloh tomonidan boshqaruvchilar va ularga itoat etuvchilar o`rtasidagi munosabatdan iborat. Yuqori tabaqadagilarning erklari quyi tabaqadagilarni boshqaradi. Bu qoida abadiy, qat`iy, Olloh tomonidan o`rnatilgandir. Uning shakli turlicha, ba`zan yomon bo`lishi mumkin. Davlat hokimiyatining amalga oshirilishida ham mansabni suiste`mol qilishlar uchrashi mumkin. Bunday hollarda, odamlar xristian dini ta`limotlariga, uning Cherkoviga ergashishlari kerak, kabi mulohazalarni ilgari surgan.
Bizning mamlakatimizda diniy ta`limotlardan islom, islomga qadar zardushtiylik (Avesto) ko`p asrlar davomida odamlarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirgan dinlardir. Qadimgi Turon va Eron zaminida (arablar ularning har ikkalasini Ajam davlati deb hisoblaganlar, ya`ni arabdan tashqari degan ma`noda) eng qadimgi yirik din zardushtiylik dini bo`ldi. Uning ta`limotlari «Avesto» kitobida bayon etilgan. Uning asoschisi Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630-553 yillarda yashagan. U turkiy tilda gapiruvchi xalqlar vakili bo`lgan, masalan, Beruniy uni ozarbayjonlik deb hisoblagan. Zardushtiylik qonunlarida haqiqat, adolatlilik uch axloqiy-huquqiy tayanchga asoslanadi: ezgu fikr (g`oya), ezgu kalom (so`z), ezgu amal (ish). «Men yaxshi fikr, yaxshi so`z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Ahura Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («YAsna», 14). «Inson qalbi chirog`ini yoqishda ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana («Ezgu fikr») va Ako Mana («Yovuz fikr») ta`sir ko`rsatadi. Barcha fikr, g`oya, va so`zlar zaminida ezgulik va yovuzlik yotadi» («YAsna», 30). Ezgulikka asoslangan so`z, g`oya, harakat - tinchlik, g`amxo`rlik kabilardir. Va, aksincha hasadgo`ylik, yomonlik, urush va janjallar yovuzlikdan darak beradi.
«Avesto»da tinchlik, do`stlik, yaxshilik, adolat g`oyalari bilan birga jinoyat va jazo, tabiatni muhofaza qilishga tegishli ko`pdan-ko`p, bugun ham ibratli qoida (norma)lar mavjuddir.
Islom masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, bu din o`zidan avvalgi eng yirik dinlar orasida yosh din bo`lganligi sababli uning qonun va qoidalari (Qur`on, Hadis) falsafiy, huquqiy fikrlar ilohiy ta`limotlar asosida inson hayotining turli sohalari va qirralarini tartibga soladi. Insonning paydo bo`lishi va uning yashash, turmush qoidalari; inson va Olloh, inson va payg`ambar, inson va tabiat o`rta-sidagi munosabatlar; inson bilan inson o`rtasidagi munosabat ibratli tarzda izohdanadi. Jamiyat hayotida davlat tartibining o`rnatilishi, ayniqsa qonunchilikka rioya qilish to`g`risidagi juda ko`p fikr va mulohazalar bitilgan. Ularni bilish bugun ham ahamiyatlidir.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin