Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar


Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi dunyoviy ta`limot



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#182731
1   2   3   4   5   6
1353144927 39771

3. Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi dunyoviy ta`limot
Davlat va huquqning paydo bo`lishi to`g`risida dunyoda juda ko`p qarashlar, g`oyalar va ta`limotlar borki, ularning hammasi to`g`risida so`z yuritish imkoniyati yo`q. Shu sababdan biz ularni asosan uch guruhga bo`ldik. Birinchisi, dunyoviy bilimlar, ikkinchisi esa diniy va uchinchisi, yaqin o`tmishda sobiq SSSRda asosiy, yagona ta`limot hisoblangan marksizm-leninizm ta`limotidir.
Dunyoviy bilimlar haqida so`z yuritadigan bo`lsak eng avvalo shuni esda saqlash kerakki, bu yo`nalishdagi g`oyalar, qarashlar ilmiy asosga ega va hayotiydir.
Dunyoviy huquqiy bilimlarning o`zi ham turli-tuman maktablar, yo`nalishlarga bo`linadi. Masalan, patriarxal nazariya (Arastu, Forobiy), shartnoma nazariyasi (Jan Jak Russo, Gugo Grotsiy, Spinoza, Lokk va Gobbs), tabiiy huquq nazariyasi (D.Lokk, T.Gobbs, G.Grotsiy, B.Spinoza) va boshqalar. Sobiq ittifoq davrida yozilgan o`quv qo`llanmalarida marksizm-leninizm ta`limotidan tashqari davlat va huquq to`g`risidagi maktablar, qarashlar «burjuacha», «feodallarcha» dunyoqarashga asoslangan va ular to`g`ri emas deya tanqid qilingan. Bugun Mustaqillik sharofati bilan faqat millat, respublika ozod bo`lib qolmasdan, balki davlat va huquq to`g`risidagi fan ham marksizm-leninizm dogmasidan ozod bo`ldi. Endilikda uni barcha boshqa ilg`or mamlakatlar universitetlarida o`rganilayotginidek, biz ham cheklamasdan, turli tomonlarini turli nuqtai nazardan o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti turli davrlar va bosqichlarni bosib o`tgan. Forobiy esa insoniyat jamoalarini kichik, o`rta va buyuk jamoalarga bo`ladi. Va davlat, qonun masalalarini ana shu bo`linishda o`rganadi. Forobiy kichik, ya`ni bir shahar markazini tashkil etgan odamlar baxtli hayot kechiradigan jamoa, davlatning ideal ma`rifatli jamoa va davlat ekanligi to`g`risida yozadi.
Davlat va huquqning kelib chiqishi to`g`risidagi nazariya-lar orasida yetakchi o`rinni egallaydigan nazariya tabiiy huquq, nazariyasidir. Uning tarafdorlari g`arbiy Ovrupo olimlari D.Lokk, T.Gobbs, G.Grotsiy, B.Spinoza va boshqalardir. Bizning fikrimizcha, tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari qatoriga patriarxal nazariya asoschilari - Arastu, Forobiylar; shartnoma nazariyasi asoschilari - J.J. Russo va boshqalar ham kiradilar. Chunki shartnoma asosida Yoki oilalarning rivojlanishi va ittifoqi asosida davlatning, huquqning kelib chiqishining e`tirof etilishi tabiiy qonunlarning birlamchiligini tan olishdan boshqa narsa emasdir.
Tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari ikki huquqning mavjudligini: tabiiy huquq va insoniy Yoki kitoblarda pozitiv huquq deb yuritiladigan huquqning mavjudligini e`tirof etadilar. Tabiiy huquq asos, boshqacha qilib aytganda, birlamchi hisoblanadi. U inson tafakkuridan tashqarida abadiy mavjud bo`ladi. Inson huquqlari, ya`ni davlatlarda o`rnatilgan huquqlar ana shu tabiiy huquqlardan kelib chiqqan bo`lishi kerak deb hisoblanadi.
Tabiiy huquqning o`zi qanday huquq? Birinchidan, abadiy; ikkinchidan, inson huquqidan ustun turadi va uchinchidan, inson hayotida, barcha mavjudotlar hayotida hal qiluvchi kuchga egadir. Bizning fikrimizcha, teologik, ya`ni diniy ta`limotlarda barcha olamning egasi Olloh deyilginidek, tabiiy huquq ham tabiat va jamiyat taraqqiyotini belgilab berishda tanhodir. Shu ma`noda ular bir-biriga yaqin tushunchalardir.
Tabiiy huquqlarga, masalan, insonning dunyoga kelishi na uning yashash huquqi, oila qurish huquqi, ota va onalik huquqi, bolalarning huquqi, mehnat qilish huquqi va hokazolar kiradi. Bu huquqlar tabiatdan insonga ato etilgan bo`lib, uni biror hukmdor Yoki qonun bekor qilish huquqiga ega emas.
G.Grotsiy, B.Spinoza, J.Lokk, Sh.Monteske, T.Jefferson va ko`plab boshqa olimlar, siyosiy arboblar har bir inson yashash, erkin bo`lish va mulkdor bo`lish huquqiga egadir, deb hisoblaydilar. Ular o`zlarining asarlarida yangi davlatlarning tuzilishini belgilab, unda inson va uning huquqlarini aniq ko`rsatib berishga muvaffaq bo`ldilar. Fuqarolarning davlat bilan bo`ladigan munosabatlari yig`indisi sifatida «Fuqarolik huquqi» fani vujudga keldi. «Fuqarolar huquqi», «fuqaroviy huquqlar», «inson huquqi» kabi tushunchalar paydo bo`ldi.
Tabiiy huquq nazariyasi ta`limotlari asosida Erkinlikning buyuk xartiyasi (1215 y.), Huquq to`g`risidagi petitsiya (1628 y.), Huquq to`g`risidagi bill (1689 y.), Amerika Qo`shma Shtatlarining Mustaqillik deklaratsiyasi (1789 y.), O`zbekiston Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi (1990 yil 20 iyun) yaratilgan. Ana shu deklaratsiyalar asosida esa bugun amaldagi AQSh Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Yana ko`plab jahondagi ilg`or dunyoviy davlatlar konstitutsiyalari qabul qilingan. Fransiya deklaratsiyasi inson huquqlari qatoriga erkinlik, mulk, xavfsizlik haqida, zulm va zo`ravonlikning har qanday ko`rinishiga qarshi kurash huquqlarini kiritgan bo`lsa, O`zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi esa mustaqillik, o`z taqdirini o`zi belgilash, har bir kishining farovon hayot kechirish va xavfsizlik huquqlarini belgiladi.
Tabiiy huquq nazariyasi bugun dunyoviy demokratik huquqiy davlatlarning Konstitutsiyasi va qonunlariga asos qilinib olingan. U o`zining hayotiyligi, to`g`riligi bilan barcha boshqa nazariyalardan farq qiladi. O`zbekiston Respublikasi qonunlari va davlat qurilishi ana shu tabiiy huquq ta`limotlari asosida rivojlantirilishi jamiyat va davlatning istiqbolini belgilab bermoqda.
Demak, tabiiy huquq nazariyasi, birinchidan, inson huquqidan ustun va mustaqil bo`lgan abadiy amal qiluvchi huquq; ikkinchidan, inson huquqi, ya`ni har bir davlatda mavjud, amal qilayotgan huquq; uchinchidan, dunyoviy davlatlarda inson tomonidan qabul qilingan huquqlar Yoki pozitiv, ya`ni davlatda tabiiy huquqqa asosan va unga mos ravishda qabul qilingan qonunlarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin