Жамият ва инновациялар Общество и инновации



Yüklə 433,94 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.09.2023
ölçüsü433,94 Kb.
#145196
ingliz va ozbek maqollarida tana azolarining ish



Жамият ва инновациялар – 
Общество и инновации – 
Society and innovations 
Journal home page: 
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
 
Use of body parts in English and Uzbek proverbs 
Nilufar MAMATOVA
1
Gulsara KHAKIMOVA

Uzbekistan State University of World Languages 
ARTICLE INFO 
ABSTRACT
Article history: 
Received July 2021 
Received in revised form
20 July 2021 
Accepted 15 August 2021 
Available online
15 September 2021 
This article examines the use and application of body parts in 
English and Uzbek proverbs, as well as their linguistic and lexical 
uses, and the differences in meaning. 
2181-1415/© 2021 in Science LLC. 
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords: 
lexical meaning,
lingvo culturological and 
semantic features,
proverbs
Ingliz vao‘zbek maqollarida tana a’zolarining ishlatilishi 
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar: 
leksik ma’nosi, 
lingvokulturologik va 
semantik xususiyatlari, 
maqollar. 
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek maqollarida tana a’zolarining 
ishlatilishi va qo‘llanilishi hamda ularning lingvistik, leksik jihat-
dan ishlatilish holatlari o‘rganiladi va o‘zaro ma’no mazmun 
jihatdan farqlanadi. 
Использование частей тела в английских и узбекских 
пословицах 
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: 
лексическое значение, 
лингвокультурологические 
и семантические 
особенности,
пословицы.
В этой статье исследуется использование и применение 
частей тела в английских и узбекских пословицах, а также 
их лингвистическое и лексическое использование, а также 
различия в значении.
1
master, Uzbekistan State World Languages University, Tashkent, Uzbekistan. 
2
scientific supervisor, PhD in Philology, Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University, Tashkent, 
Uzbekistan. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 
44 
Bugun O‘zbekiston Respublikasi barcha rivojlangan davlatlar tan olgan va dunyo 
hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mustaqil davlatlardan biridir. Respublikamizda 
bo‘layotgan jamiyatning barcha sohasidagi yangiliklar O‘zbekistonomizning yanada gullab 
yashnashiga olib bormoqda. Yurtimizda ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor berilayotgani 
yoshlar ta’lim-tarbiyasiga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shmoqda. Ayni vaqtda, O‘zbekistonda 
chet tillariga, ayniqsa ingliz tiliga bo‘lgan qiziqish va talabning ortib borishi natijisida ta’lim 
tizimida chet tillarini o‘qitish bo‘yicha yangi qaror va farmonlarning ijrosi davlatimiz 
miqyosida olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF–4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda mazkur faoliyatga 
tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
talablari asosida ta’lim oluvchi yoshlarni ma’naviy yetuk va jahon andozalari talablariga 
javob bera oladigan, mustaqil bilim olish, o‘rganish va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega, 
kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qiladigan yuksak ma’naviyatli 
shaxs qilib tayyorlash oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Hozirgi kunda dunyo miqyosida insonlar o‘rtasida muhim aloqa vositasi hisob-
lanmish tilning ahamyati va o‘rni haqida gap ketganda uning duyo hamjamiyatidagi 
foydalanish o‘rniga qarab ahamyat kasb etadi. Shu faktorlardan kelib chiqqan holda biz 
respublikamiz miqyosida ingliz tiliga bo‘lgan etiborimiz jahon talabi ekanligini chuqur 
anglagan holda har bir soha vakili ingliz tilini o‘rganishiga bo‘lgan talabini kundan kunga 
ortishini ko‘rishimiz mumkin va albatta ingliz tili kunlik ehtiyojimiz ekanligini allaqachon 
anglab ulgurganmiz. Ko‘plab tilshunos olimlar hamda ilmiy tadqiqotchilar ingliz tilining 
ahamiyatidan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalishda ularning vazifa va mohiyati haqida 
so‘z yuritadi va ingliz tili va o‘zbek tilida qiyoslab, o‘rganadi. Shu bilan birgalikdan ingliz 
vao‘zbek maqollarida tana a’zolarining ishlatilishi, o‘rni hamda ularning ma’no va 
mazmuni to‘g‘risida so‘z yuritamiz. 
Qiyosiy tilshunoslik chet tili o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu 
sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish 
tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.
Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklor-
shunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun qiyosiy tilshunoslikda muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.Uning muhim xususiyati shundaki, u fanlararo xarakterga ega 
bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.
Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarnio‘rganish tilshunoslikda alohida soha 
sifatida paydo bo‘ldi.
Qiyosiy tilshunoslik chet tili o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu 
sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish 
tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.
Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklor-
shunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun qiyosiy tilshunoslikda muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Uning muhim xususiyati shundaki, u fanlararo xarakterga ega 
bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.
Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarnio‘rganish tilshunoslikda alohida soha 
sifatida paydo bo‘ldi.


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 
45 
Qiyosiy tilshunoslik chet tili o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu 
sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish 
tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.
Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklore-
shunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun tilshunoslikda muhim ahamyat 
kasb etmoqda. Uning muhim hususiyati shundaki, u fanlararo harakterga ega bo‘lib, ilm-
fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda. Natijada paramiologiya, ya’ni maqollarni 
o‘rganish tilshunoslikda alohida soha sifatida paydo bo‘ldi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining 
katta ahamiyat kasb etadigan janrlaridan biri bo‘ib, bugungi kunda maqollarni qiyosiy 
tilshunoslikda chuqur o‘rganish orqali tilshunoslikning yangi qirralari ochib berilyabdi. 
Mavzuning eng muhim dolzarb jihatlaridan biri shundaki, bir tomonda xorijiy tillarga 
qizishning o‘sishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning 
ligvokuturologik va semantic xususiyatlarini har ikkala tilde qiyosiy o‘rganish asnosida har 
ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks etganini ifodalab, xalqning 
mentalitetidagi o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani 
o‘rganish uchun ingliz va o‘zbek xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni 
qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim. 
Millatni o‘zligini ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini ifodalovchi 
omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodidir. Xalq o‘g‘zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri 
bo‘lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o‘rganilayotgan eng muhim 
mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqollarni, umuman, 
xalq ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Ilmiy ishimizning ushbu bobida o‘zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy 
xususiyatlari va ularning xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan o‘xshash va 
farqli jihatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek o‘zbek va ingliz xalq maqollari-
ning tilshunoslikda o‘rganilish jihatlarini keltirib, bu soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan 
olimlarning nazariyalari bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 
Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq 
maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janridir. Har 
biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz 
bir qudrat bilan namoyish eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik 
hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada 
uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari,qisqasi, O‘zi va O‘zligi to‘la namoyon 
bo‘lganidir [1, 2005, B. 508]. 
Shu sababli maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli 
so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda foydalanibgina qolmay balki badiiy, tarixiy va 
ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotlarda ham doimiy ravishda qo‘llanilib 
kelingan va bugungi kunda ham juda faoldir. Maqollar xalq donishmandligining nodir 
namunalari sifatida og‘zaki badiiy ijodning kеng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli 
ravishda ularni xalqona axloq – 12 odob qoidalari dеb atash mumkin. Zеro,maqollar 
xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
madaniy,axloqiy-falsafiy qarashlarining g‘oyat ixcham, lo‘nda, siqiq va obrazli ifodasidan 
tug‘ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi 
tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm 
bo‘lib yuzaga kеladi. Ular insonlarning turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 
46 
muddatli sinovlardan o‘tgan turmush tajribalarining hosilasi, barqaror va o‘zgarmas, 
to‘g‘ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kеlganligini ko‘rsatadi. Xalq paremik ijodiyoti 
o‘ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish tamoyillariga ega. Uning bu xususiyatlarini 
folklorshunoslikning paremiologiya sohasi o‘rganadi.Maqollar ustida izlanishlar olib borar 
ekanmiz, shu o‘rinda paremiologiya sohasiga murojaat qilishimiz shart. Paremia grekcha 
so‘z bo‘lib, hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma’nolarini anglatadi. Xalq parameki 
ijodiyoti namunalarini to‘plash va yozib olish hamda kitobat qilish bilan esa 
paremiografiya shug‘ullanadi [2, 2014, B. 5]. 
Maqol xalqning ko‘p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur 
mazmunga ega bo‘lgan og‘zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha – qavlun –
gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan bo‘lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan 
qo‘llaniladi. Barcha tomonidan deyarli bir xilda aytilib, bir xilda tushuniladigan ibora, 
ifodalar,asosan, maqol janrini tashkil qiladi [3, 1990, B. 303]. 
Ingliz tilida maqol atamasi asosan “proverb” so‘zi orqali ifodalanadi. Ba’zan ko‘plab 
adabiyotlarda: adages, dictums, maxims, mottoes, precepts, saws, truisms so‘zlari orqali 
ham maqol tushunchasini berishimiz mumkin. O‘zbek xalq maqollari singari ingliz xalq 
maqollari ham ingliz folklorning eng keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ko‘pincha tuzilishi, 
folklorda o‘rganilishi va yana boshqa jihatlari bilan o‘zbek maqollariga o‘xshash holda 
umumiy jihatlarni ko‘rsatadi. 
Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini 
ifodalaydigan qisqa, ko‘pincha she’riy formadagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralar 
bo‘lib, o‘ta ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodidagi boshqa janrlardan farq 
qiladi. 
A.M. Gor’kiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. “Eng ulug‘ donolik 
so‘zining soddaligidir” – deb yozadi u. Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda 
butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo‘ladi [4, 1934, 
B. 146]. Bu yerda olim maqol va qo‘shiqlarning shakliy ko‘rinishlariga, sermazmunligiga 
baho berib, ularni o‘zaro tenglashtiryapti. Lekin biz bu bilan qo‘shiq va maqol xuddi bir xil 
xususiyatga ega janr deb hisoblamasligimiz kerak. 
Qo‘shiq, yor-yor, o‘lan kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari fonida 
ifodalansa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo‘nda ifodalanadi. 
Demak, lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab, maqollarda hukmdan kechinmaga 
qarab intilish yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo‘lmish xalq dostonlari, ertaklari, afsona va 
rivoyatlari, latifalar, rang- barang obrazlarning xattiharakati, kechinmalari orqali aks 
ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar orqali aks ettiradi. Demak, maqolda 
voqealarning kechishi emas,balki ulardagi xulosa va hukm ifodalanadi. Binobarin, epik 
janrlarda yo‘nalish harakat va holatdan hukmga tomon yo‘nalgan bo‘lsa, maqollarda 
hukmdan harakat va holat tomon yo‘nalganlik boshchilik qiladi [3, 1990, B. 303]. 
Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hajman ixcham 
bo‘lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni ulkan dostonlarga jo bo‘luvchi voqealarni 
o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, har bir maqolning mazmunidagi real voqelikdagi 
faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar yaratilishi mumkin. 
Xalq og‘zaki ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda voqelikni 
aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, topishmoq kabi janrlar mavjud 
bo‘lib, bu janrlar orasidagi o‘xshash jihatlarning ko‘pligi tufayli,ular orasidagi farqlarni 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 
47 
anglash biroz muammo tug‘dirishi mumkin [3, 1990, B. 92]. Bugungi kunda barcha xalqlar-
ning folklorida bu muammolarga duch kelishimiz mumkin. Xuddi o‘zbek tilidagi singari 
ingliz tilidagi maqollarda ham shu masalaga duch kelamiz. Ya’ni, ingliz tilida maqol 
“proverb”, matal “saying”, va topishmoq “riddle”lar bir – biriga yaqin xalq og‘zaki janrlari 
hisoblanadi. O‘zbek xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va 
topishmoqlardan quyidagi xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular quyidagicha: 
1. Maqolda fikr aniq, tugal xulosa, lo‘nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda esa tugal fikr 
ifodalanmaydi.Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, biroq voqelikni aks 
ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash bilan maqollardan keskin 
farqlanib turadi. [3,1990,92] Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib 
turadi. Ammo maqol va matal o‘rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq. Xalq og‘zaki 
ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo‘laniladi. Bu ikki terminning farqini bilish 
kerak.Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy 
iboralarining bir turidir. Matal o‘z ma’nosini boshqa ma’noga ko‘chirgan so‘z 
birikmalaridan iborat bo‘ladi [3, 1990, B. 92]. Masalan,Aql -ko‘rga, ko‘z soqovga – til 
maqolini tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘r odam aqlli bo‘lsa yo‘lini topadi ya’ni dono kishi har 
doim o‘z yo‘lini topa oladi kabi hukm surilgan. 
Ingliz maqollarida tana azolari qatnashgan maqollar ham insoniyat axloqi va ruhiy 
tarbiyasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan.The hair is long, but the mind is short. Bu 
ingliz xalqi maqolida biz soch uzun bo‘lsada aql kaltadir ma’nosida insonlar tarbiyasi 
uchun xizmat qiladigan o‘z ma’no kuchiga ega hisoblanadi. Bu maqolda shunday ma’no 
anlanadiki. Soching qanchalik uzun bo‘lsa ham aqlning kaltaligini nazarda tutib, har joyda 
ham inson o‘z aql doirasida ish yuritishi va kamtarlikni bilag‘onlik qilmaslikka 
undaydayabdi. Quyidagi ingliz maqolida “Death is a shadow that always follows the body” 
esa biz o‘zbek tiliga tarjima qilganimizda o‘lim tanani kuzatuvchi soyadir ma’nosi hosil 
bo‘ladi. Yana bir ingliz maqolida tana a’zolari qatnashgan misolida esa ya’ni “Man consists 
of two parts, his mind and his body, only the body has more fun” deyiladi o‘zbek tilida 
“Inson ikki qismdan iborat, uning aqli va tanasi, faqat tana ko‘proq zavqlantiradi” tarjimasi 
hosil bo‘ladi. Lekin uning inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi omili esa aql va tana orqali 
mavjudlik va mavhumlik haqida fikr yuritiladi. “Put your hand in your conscience and see 
if it does not come out as black as pitch” ushbu maqolda esa o‘zbek tilida “Qo‘lingizni 
vijdoningizga qo‘ying va qarangki, u qora kabi chiqmaydi” tarjima ega bo‘lib, insonga 
tarbiyaviy jihatdan inson qalbi va vijdoniga qaralsa qo‘llari bajargan ishlar kabi yomonlikni 
emas yaxshilik qila olishga qodir pok tuyg‘ular borligi anglash mumkin ma’nosi hosil 
bo‘ladi. 
Ko‘rib chiqqanimizdek, o‘zbek va ingliz xalq maqollari juda ko‘p xususiyatlari bilan 
folklorning boshqa janrlaridan keskin farqlanib tursalar ham, ko‘pchilikning ijod mahsuli 
sifatida, anonim yaratilishi, o‘g‘zaki holda jonli yashashi, keng variantlashishi va o‘ta 
ommaviyligi bilan xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari bilan umumiylik kasb etadi. Va shu 
o‘rinda ularning bir-biridan farqli jihatlarini o‘rganish ham maqollarning boshqa 
janrlardan alohida xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa maqollarning xalq 
paremik ijodida o‘ziga xos va alohida tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan janr sifatida 
gavdalantiradi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 
48 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1.
Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O‘zbek xalq maqollari. – T.: Sharq, 
2005. – B. 508. 
2.
Axmedova Ugiljon Kuronboyevna Ingliz va o‘zbek maqollarining lingvokul-
turologik va semantik xususiyatlari – Urganch. 2014. – B. 5. 
3.
Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik 
ijodi. – T.: O‘qituvchi, 1990. – B. 303. 
4.
Горький М. Материалы и исследования. Т., 1934. – C. 146. 
5.
http://www.oxfordhouse.com. 
6.
http://www.english-zone.com. 
7.
http://www.longman.com. 
8.
http://www.encarta.com. 

Yüklə 433,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin