Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi



Yüklə 280,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix07.01.2024
ölçüsü280,23 Kb.
#201252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi (1)

Sivilizatsiya.
Sivilizatsiya (lot. civilis – fuqarolik, davlatga doir) atamasi har xil ma'noda 
ishlatiladi. Birinchidan, 
sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va 
sinflar, davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy 
bosqich.
Mazkur talqinda «sivilizatsiya» atamasi «jamiyat» tushunchasi bilan qisman mos keladi 
va jamiyat hayotini tashkil etishning ijtimoiy shaklini tabiiy vujudga kelgan urug‘doshlik 
shakllariga qarama-qarshi qo‘yishga xizmat qiladi. Hozirgi adabiyotlarda «sivilizatsiya» atamasi 
o‘zining varvarlikka qarama-qarshi sifatidagi dastlabki ma'nosini saqlab qolmoqda.
Ikkinchidan, 
sivilizatsiya – barcha madaniyatlar yaxlitligining tavsifi, ularning 
umuminsoniy birligi sifatida («jahon sivilizatsiyasi», «ma'rifatli hayot tarzi» va sh.k.)namoyon 
bo‘ladi. 
Uchinchidan, 
sivilizatsiya – «moddiy madaniyat» atamasining sinonimi sifatida: qulay 
narsa, texnika yaratadigan qulaylik (turar joy, ro‘zg‘or texnikasi, transport va aloqa, xizmatlar 
ko‘rsatish va sh.k.)ni ifodalaydi.
To‘rtinchidan, 
sivilizatsiya – tarixiy jarayon birligining tavsifi sifatida xarakterlanadi.
Bu 
tushuncha ijtimoiy boylik rivojlanishi munosabati bilan tarixning muayyan bosqichlariga qiyosiy 
baho berish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ayni holda jamiyatning rivojlanishi «ma'rifatlilik», 
«sivilizatsiya 
rivojlanishining 
quyi 
bosqichi», 
«sivilizatsiyaning 
umumiy 
darajasi», 
«sivilizatsiyaning oraliq bosqichlari» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Ammo sivilizatsiyaning 
mazkur talqini to‘liq emas, chunki uning rivojlanish darajasi yoki bosqichini aniqlash imkonini 
beradigan mezon yo‘q.
Ibn Xaldun (1332-1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, 
rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar 
va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga 
tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta'sir ko‘rsatishi 
mumkinligini aytadi.


XVIII asr o‘rtalarida sivilizatsiya tushunchasidan inson «tabiiy» holatining ziddi sifatida 
foydalanilgan, sivilizatsiya taraqqiyotining mezoni sifatida esa ijtimoiy farovonlik g‘oyasi turli 
ko‘rinishlarda ilgari surilgan. Kant sivilizatsiya va madaniyat o‘rtasida farq mavjudligini qayd 
etgan. Shpengler sivilizatsiyani madaniyatning rivojlanishidagi bir bosqich sifatida tavsiflab, bu 
farqni mutlaqlashtirgan. Uning (keyinchalik P.Sorokin, A.Toynbi va boshqa mutafakkirlarning) 
konsepsiyasida sivilizatsiya madaniyatning zavol topish bosqichi sifatida, madaniyatda 
mujassamlashgan tabiiy-hayotiy asosni siqib chiqaradigan texnik-mexanik elementlar saltanati 
sifatida tavsiflanadi.
XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan etnografik tadqiqotlar sivilizatsiyaning mazmunini 
tushunishga muhim hissa qo‘shdi. Ular turli xalqlar ma'naviy dunyosi, hayoti, odatlari, iqtisodiyoti 
va madaniyatining ulkan boyligi va rang-barangligini yoritib berdi. XIX asrning mashhur 
etnograflaridan biri Ch.Teylor madaniyat va sivilizatsiya odamlar tarix jarayonida o‘zlashtiradigan 
bilimlar, e'tiqodlar, ma'naviy-axloqiy konsepsiyalar, yuridik qoidalar, odatlar va amaliy 
ko‘nikmalar majmuini ifodalaydi deb hisoblab, bu tushunchalar ayniydir degan xulosaga keldi. 
I.A.Karimov “Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining 
va samarali tar'sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib 
ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi”
2
deb ta'kidlaydi.
Sivilizatsiya odamlar mavjudligi va ijtimoiyligining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydi. 
Ijtimoiy normalarning muhimligi ularni uzatishning tegishli usullari (kommunikatsiya 
vositalari)ni va ularni mustahkamlovchi institutlarni shakllantirishni taqozo etgan. Har bir 
sivilizatsiya ijtimoiy normalarda o‘ziga xos ifodasini topgan ijtimoiy tajribani aniqlash, saqlash va 
avloddan-avlodga qoldirish alohida tizimini yaratgan. Jazolar tizimi, shuningdek jamoa, ommaviy 
ong shakli sifatida din va uning nomidan ish ko‘ruvchi ijtimoiy institutlar ijtimoiy normalarni 
saqlash va ijro etish kafili hisoblangan. Din va cherkov ta'sirida sivilizatsiya qiyofa kasb etgan. 
Huquqiy normalarning tarmoqlangan tizimini o‘z ichiga olgan davlatdan iborat oliy hokimiyat 
sivilizatsiyaning uni saqlashni kafolatlaydigan oliy birlashtiruvchi asos sifatida amal qilgan. Turli 
sivilizatsiyalar davlat hokimiyatining turli: teokratik, tabaqaviy, huquqiy, siyosiy tizimlarini 
yaratgan. 
Markaziy Osiyoda sivilizatsiya axloq shaklida yuzaga kelgan. U o‘zida yaxshilik va 
yomonlik, muhabbat va nafrat o‘rtasidagi kurashda yaxshilik va muhabbat g‘alabasi bilan bog‘liq 
ma'naviy axloqiy me'yorlarni mujassamlashtirgan. Inson mohiyatida aks etuvchi bu me'yorlar 
Sharq sivilizatsiyasining asosini tashkil qilgan.
Ijtimoiy munosabatlar, odamlar faoliyati va xulq-atvorini tartibga soluvchi normalar 
universal tizimining ta'sirini o‘rganish sivilizatsiyalarning rang-barangligini tushuntirish imkonini 
beradi. Ular, birinchidan, hukmron diniy va dunyoqarashga doir mo‘ljallarning o‘ziga xos 
xususiyatlari va ularning siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayondagi o‘rni bilan; ikkinchidan, 
ularning texnik-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan; uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar 
sur'ati, shuningdek ularning manbalari, mexanizmlari xususiyati va uyg‘unlik darajasi bilan farq 
qiladi. Sivilizatsiyaning har bir tipi siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘z huquqiy 
qoidalarining xususiyati bilan tavsiflanadi. Sivilizatsiyalar axborotni kodlashtirish, saqlash va 
avloddan-avlodga qoldirish usullari bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Jamiyatning sivilizatsion asoslari sivilizatsiyalar tipologiyasida ayniqsa bo‘rtib namoyon 
bo‘ladi. Bunda sivilizatsiyalarning yevropacha va noevropacha tiplarini farqlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu farqlar shu darajada kattaki, yevropacha sivilizatsiya qadriyatlari uzoq vaqt oliy 
qadriyatlar sifatida tavsiflangan. Xo‘sh, yevropacha va noevropacha sivilizatsiyalar o‘rtasidagi 
farq nimada? 
Ijtimoiy-siyosiy hayot xususiyatiga ko‘ra an'anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar 
farqlanadi. 

Yüklə 280,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin