JAMIYAT VA INSON FALSAFASI
Ma’ruza rejasi:
1. Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari.
2. Sivilizatsiya tushunchalari va uning tiplari.
3. Jamiyat rivojida til, ong va tafakkur imkoniyatlari.
4. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari.
5. Onglilik va ongsizlik dialektikasi.
1.Jamiyatning falsafiy tahlili.
Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo'lib yashaydi . Yer saierasi uning abadii
makoni, umumiy Vatanidir. Kuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar
oilasini jamiyat deb atash odattusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma'noda jamiyat
odamzodning umri, hayoti o'tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog'liq barcha o'zgarish va
jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti. sivi-
lizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo'llanadi. Har
qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo'lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a'zosi deb
ataladi. Jamiyat — tabiatning bir qismi. ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining
maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yig'indisi, degan
turlicha ta'riflar ham bor.
Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har
bir yangi davrda jamiyat mo- hiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustakdllik tufayli
jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo'ldi. Prezident Islom Karimovning qator
asarlarida jamiyat mohiyati- ni yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy
va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy hayot bir-
biridan keskin farklanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson moxdyati
bilan uzviy bog'liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo'lmagani singari, jamiyatning
moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning biriniikkinchisidan ustun
qo'yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma'naviy
manfaatlarini uyg'unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta'kidlan- gan. Inson ma'naviyatini
yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi
davrda aholi ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy g'oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katga
e'tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo'lgani uchun ilmsiz bo'lmaydi, balki,
aksincha — ilmsiz bo'lgani uchun qashshoqbo'ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma'naviyatini
yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta'minlashga katta e'tibor berilyapti. Kishilarni oila bo'lib,
jamoa bo'lib Jamiyat genezisi uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim
zamonlardanoq ulug' mutafakkirlar e'tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish uni ilohiy
kuch, Xudo bilan bog'lab izoxdashdir. Dunyoviy qarashlarga ko'ra, odamlar o'zlarining moddiy va
ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo'lib birlashishga ko'nikkan.
Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo'lib yashashning qulay, afzal va zarurli-
gini tushungan. Bu jarayonda o'zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni
takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma'naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Kishilik
jamiyatining paydo bo'lishi to'g'risida turlicha ilmiy farazlar ilgari surilgan. Markaziy Osiyodan
yetishib chiqqan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati
paydo bulishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi, birdamlik hissining
rivojlachganligi bilan izox^aganlar. I. Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi
bilan izoxlagan. Keyinchalik 3. Freyd bu g'oyani rivojlantirib, kishilik jamiyatining paydo
bo'lishida axloqiy tabu muhim rol` o'ynaganligini asoslashga harakat qilgan. Gegel` esa insoniyat
jaiyatini vujudga kelishi mutlaqruhtaraqqiyotining mahsuli, deb hisoblaydi. Sobiq mehnatkash
xalq tarixning haqiqiy ijodkoridir. Marksizm ta'limotida kishilik jamiyatining paydo bo'lishida
mehnat hal qiluvchi rol` o'ynagan, insoniyat tarixi ma'lum ma'noda meh- nat qurollarining
takomillashuvi tarixidan boshqa narsa emas, degan qarashlar mavjud. Tarixiy tajriba. ijtimoiy
amaliyot bunday qarashlar bir yoqlama va xato ekanligini ko'rsatdi. Aslida ma'naviyat (ruhiy olam,
ong, tafakkur, axloq, imon, fan va h.k.) tufayli insoniyatning eng qadimgi ajdodlari aniqo'z xatti-
hara- katlari, xulq-atvorini tartibga solgan, oila kishilik jamiyati paydo bo'lishiga birlamchi
asoslaridan biri bo'lgan. Ong va tafakkurning rivojlanishi bilan inson meqnat kurollari yaratish,
moddiy ne'matlar ishlab chiqish va tabiatga qaramlikdan qutilish imkoniyatiga ega bo'lgan.
Yuksak ma'naviyat tufayli insonning mehnat faoliyati ijtimoiy faolligi bunyodkorlik va yaxshilik
uchun xizmat qilgan. Aksincha, ma'naviy qashshoqlik, ilmsizlik, mutaassiblik chuqurlashgan
davrda ijtimoiy adolatsizlik kuchaygan. Shu tufayli demokratik taraqqiyot yo'lini tanlagan
mamlakat va xalkdar iqtisodiy va siyosiy erkinligi sharoitida yuksak ma'naviyatning yuksalishiga,
ilm-fan, san'at, axloq, din va huquqni rivojlantirishga katta e'tibor berganlar. Manfaat va maqsadlar
to'qnashuvi, iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy maqsadlardagi tafovutlar har qanday jamiyat taraqqiyoti
uchun xos bo'lgan xususiyatlardandir. Biroq, ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy ravishda kuchaytirish
qan- chalik zararli bo'lgani singari, ularni zo'ravonlik bilan yo'q qilish, jamiyatda soxta
ziddiyatsizlik holatini yaratishga urinish ham shunchalik xavflidir.'Ijtimoiy munosabatlarning
amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq,
shahar) vujudga kelgan. Odamlar o'rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy,
iqti- sodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so'z bilan ijtimoiy munosabatlar
deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yordam
beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisob- lanadi. Masalan, oila,
davlat, ta'lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o'z mohiyatini yo'qotadi.
Jamiyatning modtsiy Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ov- va ma'naviy hayoti qatlaR’ kiyim-
kechak, ui-joi, transport vositalari, o'zini himoyalash, zurriyot qoldi rish kabilardan
iboratdir..Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o'zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka
intilish, bilim, san'at, g'oya, mafkura, go'zallik bilan, ma'naviy kamolot yo'lidagi intilishlar kiradi.
^nsonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon
bo'ladi. Inson akd- li mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun
tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma'naviy olamni uyg'unlashtirishga, tabiat va
jamiyatni o'z maq- sadlariga mos ravishda o'zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika
insonning ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Inson yuksak ma'naviyat tufayligina o'z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to'laroq
qondirish imkoniga ega bo'ladi. Mamlakatimizda ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor
berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti kishilarning
moddiy va ma'naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog'liq holda vujudga keldi., Jamiyatning moddiy
hayotiga quyidagilar kiradi: — kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur
bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, yoqilg'i, kommunikatsiya
vositalari; — moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish; —
ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; —
moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma'naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to'g'risidagi qarashlar,
nazariyalar, ta'limotlar, g'oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta'lim-tarbiya, axborot vositalari,
madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. 'Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayotini
boshqarish, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat,
siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o'rin tutadi.-Jamiyatni boshqarishning
siyosiy-huquqiy ji- hatlari ham muhimdir.* Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning
chuqur o'zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
) Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va
mehnatning ijtimoiy aqsimla- nishi beqiyos ahamiyatga ega/ Mehnatni kishilarning qobiliyatiga
qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug'ullanadigan toifalar, guruh,
qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o'ziga xos o'rin egallaydi, jamiyat
taraqqiyotiga muayyan yicca qo'shadi. Jamiyat taraqqiyoti Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning
gglgtshmpshmpatshj mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis
failasufi G. Gegel` jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi
bilan, J1. Feyerbax din bilan bog'lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan
izlagan. Frantsuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma'naviy
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o'zgarishlar bilan bog'lagan, barcha
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy
ravishda mutlanutashtirgan va ziddiyatlarni \al etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday
nazariyaning bir yok^ama ekanini ko'rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko'p bosqichli jarayon ekani
to'g'risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga
ko'ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga
ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g'oyasi ilgari
surilmoqda. Bunday yondashuvga ko'ra, har bir xalq o'zining betakror, noyob, o'ziga xos va o'ziga
mos turmush tarzini sakdab qolgan holda, boshqa xalkdar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali
ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos modelini yaratadi. Turli tarixiy davrlarda jamiyat
taraqqiyotining mezoni masalasi falsafa fanida muhim muammolardan biri bo'lgan. Hozirgi zamon
Yevropa falsafasining ilg'or namoyandalari shaxs erkinligi darajasining o'sib borishi jamiyat
rivojlanishining muhim ko'rsat- kichi, o'lchovi deb hisoblamoqdalar. Jamiyatdagi har qanday o'zga
rishlar inson ehtiyojlari doirasining kengayib borishi bilan bog'liqdir. Maqsadsiz odam bo'lmagani
sababli har qanday jamiyat ham o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, istiqbolda erishishi lozim
bo'lgan maqsad va vazifalarni belgilaydi. Uning maqsad va muddao- lari davlatlarning
Konstitutsiyasida, qonunlarida, ichki va tashki siyosatida o'z ifodasini topadi. Har qanday jamiyat
muayyan bosqichda o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlaridan to'liq foydalanib
bo'lgach, muqarrar ravishda umumiy inqirozga duch keladi. Shu paytgacha ijtimoiy taraqqiyotni
ta'minlagan g'oyalar tizimi keyingi rivojlanish yo'lida tusiq bo'ladi. Bu g'oyaviy-ma'naviy inqiroz
jamiyatning boshqa yo'nalishlarida ham tanazzulni vujudga keltiradi. Shuning uchun g'oyaviy
tizimlarning dogmaga aylanishiga yo'l qo'ymaslik ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omillaridan
biridir. Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, uning siyosiy
va huquqiy madaniyatini rivojlantirish mamlakatimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat barpo
etishning muhim shartidir. Zero, ma'naviy qashshoq kishilar o'z kuchi va qobiliyatiga ishonchsizlik
bilan qaraydilar, mutelik va qaramlikka moyil bo'ladilar. Jamiyat hayotiga barqarorlik va
beqarorlik ham xos. Har bir inson o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va
tinchlikka muhtoj bo'lgani kabi jamiyat ham o'z oldiga qo'ygan vazifalarni ado etishi uchun
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Demokratik jamiyatni barpo etish - O'zbek jamiyat
kiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy
madaniyatiga asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin
uyushmalarning ko'p qirrali aloqasi bo'lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat
tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi. turli ziddiyat va ixtiloflarni
qonun doirasida o'zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi
jamiyatdir. Demokratik jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o'ziga
xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O'zbekiston milliy mustaqilligining
dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.
Demokratik jamiyatda davlatning qator vazifalari fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari
qo'liga o'ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat
asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati. ijtimoiy-siyosiy
faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular
vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o'z-o'zini boshqarish, idora etish madaniyatini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol
toptirish, o'z-o'zini bosh- qarish, demokratik qadriyatlarni ro'yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab
etadi. O'z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. Shunday
yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to'g'risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o'zlashtirish va
hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |