Aim.uz
To’plamlar va ular ustida amallar
1. To’plam va uning elementi. Chekli va cheksiz to’plamlar.
Matematikada ko’pincha biror ob’ektlar gruppalarini yagona butun deb qarashga to’g’ri keladi: 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar bir xonali sonlar, uchburchaklar, kvadratlar va shu kabilar. Bunday turli majmualar to’plamlar deb ataladi.
To’plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biridir va shuning uchun u boshqa tushunchalar orqali ta’riflanmaydi.Uni misollar yordamida tushuntirish mumkin.Jumladan biror sinfdagi o’quvchilar to’plami haqida, natural sonlar to’plami haqida gapirish mumkin.
Ba’zi hollarda to’plamlar lotin alfavitining A, B, C…, Z harflari bilan belgilanadi.Birorta ham ob’ektni o’z ichiga olmagan to’plam bo’sh to’plam deyiladi va belgi bilan belgilanadi.
To’plamni tashkil etuvchi ob’ektlar uning elementlari deyiladi.To’plam elementlarini lotin alfavitining kichik harflari a,b,c…,z bilan belgilash qabul qilingan.
To’plamdagi elеmеntlarning ushbu to’plamga qarashli ekanligini quyidagicha bеlgilaymiz.
a A a elеmеnt A to’plamga qarashli. Agar birоr elеmеnt to’plamga qarashli bo’lmasa. U holda dan foydalaniladi. M: A = {1, a, b, c 4} bo’lsin u holda quyidagilar o’rinli 1 A, a A, b A, c A, 4 A, 5 A, dA, k A.
Agar to’plam elеmеntlarini sanash mumkin bo’lsa bunday to’plam chеklangan to’plam dеyiladi. Agar ularni sanash mumkin bo’lmasa bunday to’plam chеksiz to’plam dеyiladi.
Masalan, haftadagi kunlar to’plami chekli, to’g’ri chiziqdagi nuqtalar to’plami esa cheksizdir.
Matematikada bunday to’plamlar uchun maxsus belgi qabul qilingan: N harfi bilan natural sonlar to’plami belgilanadi, Z – butun sonlar to’plami, Q – rasional sonlar to’plami, R – haqiqiy sonlar to’plami.
[0; 1] sigmеnt kantinеum quvvatli to’plamldir. Unga ekvivalеnt to’plamlar chеksiz to’plam hisоblanadi. Iхtiyoriy kichik kеsma ustidagi nuqtalar to’plami kantinеum quvvatli to’plamga ekkvivalеnt to’plamdir.
Dоiraning markazidan to’gri chiziqlar o’tkazsak dоiraning bir nеchta nuqtalari to’gri chiziqning bitta nuqtasiga akslanadi. Bu akslantirishda dоira nuqtalar to’plami to’gri chiziq nuqtalari to’plamiga akslantirish bo’lib bu to’plamlar katinеum quvvatli to’plamdir. Ya`ni chеksiz to’plamdir. Ikkita A va B to’plam bеrilgan bo’lsin birоr f qоida bo’yicha A to’plamning har bir х elеmеntiga B to’plamning y elеmеntini mоs kеltiraylik. U hоlda shu qоidani A to’plamni B to’plamga akslantirish dеyiladi. Quyidagicha bеlgilanadi.
f: A B yoki A B
To’plam o’z elementlari bilan aniqlanadi, ya’ni agar ixtiyoriy ob’ekt haqida u biror to’plamga tegishli yoki tegishli emas deyish mumkin bo’lsa, bu to’plam berilgan deb hisoblanadi.
To’plamni uning barcha elementlarini sanab ko’rsatish bilan berish mumkin. Masalan, agar biz A to’plam 3, 4, 5 va 6 sonlardan tashkil topgan desak, biz bu to’plamni bergan bo’lamiz, chunki uning barcha elementlarini sanab ko’rsatildi. Uni bunday yozish mumkin: A={3, 4, 5, 6} bunda sanab ko’rsatilgan elementlar katta qavslar ichiga yoziladi.
Xarakteristik xossa – bu shunday xossaki, to’plamga tegishli har bir element bu xossaga ega bo’ladi va unga tegishli bo’lmagan birorta ham element bu xossaga ega bo’lmaydi.
Masalan, ikki xonali sonlar to’plami A ni qaraylik. Mazkur to’plamning ixtiyoriy elementi ega bo’lgan xossa – “ikki xonali son bo’lishlikdir”. Bu xarakteristik xossa biror bir ob’ektning A to’plamga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi masalani echish imkonini beradi. Masalan, 21 soni A to’plamga tegishli, chunki u ikki xonali son, 145 soni esa A to’plamga tegishli emas, chunki u ikki xonali son emas.
Ta’rif: Agar B to’plamning har bir elementi A to’plamning ham elementi bo’lsa, B to’plam A to’plamning qism to’plami deyiladi.
Agar B A to’plamning qism to’plami bo’lsa, B A kabi yoziladi va bunday o’qiladi: “B A ning qism to’plami”. “B to’plam A ga kiradi”.
Ta’rif: Agar A B va B A bo’lsa, A va B to’plamlar teng deyiladi.
Agar A va B to’plamlar teng bo’lsa, u holda A = B kabi yoziladi.
Kesishmaydigan to’plamlar umumiy nuqtaga ega bo’lmagan ikkita doira yordamida tasvirlanadi.
2. To’plamlar kesish masi
Ta’rif: A va B to’plamlarning kesishmasi deb shunday to’plamga aytiladiki, u faqat A va B to’plamga tegishli elementlarnigina o’z ichiga oladi.
A va B to’plamlarning kesishmasi A B kabi belgilanadi. Agar A va B to’plamlarni Eyler doiralari yordamida tasvirlasak, u holda berilgan to’plamlarning kesishmasi shtrixlangan soha bilan tasvirlanadi (1-rasm).
Agar A va B to’plamning elementlari sanab ko’rsatilgan bo’lsa u holda A B ni topish uchun A va B ga tegishli bo’lgan elementlarni, ya’ni ularning umumiy elementlarini sanab ko’rsatish yetarli.
Endi A – juft natural sonlar to’plami va B – 4 ga karrali natural sonlar to’plamining kesishmasi qanday to’plam ekanini aniqlaymiz. Berilgan A va B to’plamlar cheksiz to’plamlar va B to’plam A to’plamning qism to’plami. Shuning uchun A to’plamga va B to’plamga tegishli elementlar B to’plamning elementlari bo’ladi. Demak,
AB = B.
3. To’plamlarning birlashmasi
Ta’rif: A va B to’plamlarning birlashmasi deb shunday to’plamga aytiladiki, u faqat A yoki B to’plamning elementlarini o’z ichiga oladi.
A va B to’plamlarning birlashmasi AB kabi belgilanadi. Agar kesishuvchi A va B to’plamlarni Eyler doiralari yordamida tasvirlasak u holda ularning birlashmasi shtrixlangan soha bilan tasvirlanadi. (2-rasm) To’plamlarning birlashmasini topishda bajariladigan operasiya ham birlashma deb ataladi.
Endi A – juft natural sonlar to’plami va B – 4 ga karrali natural sonlar to’plamining birlashmasi qanday to’plam ekanini aniqlaymiz. Ilgariroq B A ekani aniqlangan edi. Shuning uchun A B to’plamga tegishli elementlar A to’plamning elementlari bo’ladi. Demak mazkur holda AB = A.
4. To’plamlar kesishmasi va birlashmasi qonunlari
1. Ixtiyoriy A va B to’plamlar uchun to’plamlar kesishmasi va birlashmasining o’rin almashtirish qonunini ifodalovchi AB = BA , AB = BA tenglikning o’rinli bo’lishi kelib chiqadi.
2. To’plamlar birlashmasi va kesishmasi uchun gruppalash qonuni ham o’rinli, ixtiyoriy A, B va C to’plamlar uchun (AB) C = A(BC), (AB) C = A (B C) tengliklar bajariladi.
Gruppalash qonunlarini Eyler doiralari yordamida ko’rgazmali tasavvur qilish mumkin. Masalan, to’plamlar kesishmasining gruppalash qonunini ko’rib chqaylik. A, B va C to’plamlarni juft-jufti bilan kesishadigan uchta doira ko’rinishida tasvirlaymiz
3. Taqsimot xossasi:
(AB) C = (A C) (B C),
(A B) C = (A C) (B C)
5. Qism to’plamning to’ldiruvchisi
Eyler doiralari yordamida mazkur vaziyat 3-rasmdagi kabi tasvirlanadi, bunda A to’plamdan B qism to’plam chiqarib tashlangandan keyin qolgan qism – bu shtrixlangan qismdir. Bu qism B to’plamning A to’plamgacha to’diruvchisi deyiladi.
Ta’rif: BA bo’lsin. A to’plamning B to’plamga tegishli bo’lmagan elementlarnigina o’z iciga olgan to’plam B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisi deyiladi.
B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisi (B A shart bajarilganda) A\B kabi belgilanadi.
Qism to’plamning to’ldiruvchisini tipishda foydalaniladigan operasiya ayirish amali deyiladi.
Agar A va B to’plamlar elementlari sanab ko’rsatilgan bo’lsa, u holda A\B ni topish uchun A to’plamga tegishli bo’lgan va B to’plamga tegishli bo’lmagan elementlarni sanab ko’rsatish yetarli.
6. To’plamlarni sinflarga ajratish tushinchasi
To’plamlar va to’plamlar ustida operasiyalar tushunchasi bizning klassifikasiya haqidagi tasavvurlarimizni oydinlashtirishga imkon beradi.
Klassifikasiya – bu sinf ichida ob’ektlarning o’xshashligi va ularning boshqa sinflardagi ob’ektlardan farq qilishi asosida sinflar bo’yicha ob’ektlarni ajratish amalidir.
Matematikada klassiikasiya keng qo’llaniladi. Masalan, natural sonlar juft va toq sonlarga bo’linadi; burchaklar o’tkir, to’g’ri va o’tmas bo’ladi.
Agar: 1) X1, X2,…, Xn qism to’plamlar juft-jufti bilan o’zaro kesishmasa;
2) X1, X2,…, Xn qism to’plamlarning birlashmasi X to’plam bilan mos tushsa, X to’plam X1, X2,…, Xn sinflarga ajratilgan deb hisoblanadi.
Agar shu shartlardan aqalli bittasi bajarilmasa, klassifikasiya noto’g’ri hisoblanadi.
7. To’plamlarning dekart ko’paytmasi
To’plam elementlarining kelish tartibi muhim bo’lgan hollarda, matematikada elementlarning tartiblangan naborlari haqida gap boradi. Mazkur masalada biz tartiblangan juftliklar bilan ish ko’ramiz.
a va b elementlardan tashkil topgan tartiblangan juftlikni (a, b) bilan belgilash qabul qilingan, bunda a element juftliklarning birinchi koordinatasi (komponentasi), b element esa bu juftlikning ikkinchi koordinatasi (komponentasi) deyiladi.
(a, b) va (c, d) juftliklarda a = c va b = d bo’lgan holdagina bu juftliklar teng bo’ladi.
Ikkita turli to’plamlar elementlaridan ham tartiblangan jutliklar hosil qilish mumkin. Masalan, A = {1, 2, 3} va B = {3, 5} to’plamlarni olamiz va mumkin bo’lgan tartiblangan juftliklarni shunday hosil qilamizki, jutliklarning birinchi komponentasi A to’plamdan, ikkinchi komponentasi esa B to’plamdan tanlab olinsin. Ushbu to’plamga ega bo’lamiz:
{(1,3), (1,5), (2,3), (2,5), (3,3), (3,5)}
Formal xarakterga ega bo’lgan ushbu masalaga konkret ma’no berish mumkin bo’gan barcha ikki xonali sonlarni shunday hosil qilingki,bunda o’nliklar raqami 1,2,3 raqamlardan tanlab olinadi,birliklar raqami esa 3 yoki 5 raqami bo’lishi mumkin.
Ta’rif. A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasi deb birinchi komponentasi A to’plamga,ikkinchi komponentasi B to’plamga tegishli bo’lgan juftliklar to’plamiga aytiladi.
AB = {(x,y)/, xA, yB}
A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasi AB kabi belgilanadi.
Dekart ko’paytmani topishda qo’llaniladigan amal to’plamlarning Dekart ko’paytirish deyiladi.
Ta’rif. A1, A2, …, An to’plamlarning Dekart ko’paytmasi deb uzunligi n bo’lgan shunday kortejlar to’plamiga aytiladiki,bunda kortejning birinchi komponentasi A1 to’plamga,ikkinchi komponentasi A2 to’plamga ,…, n-komponentasi An to’plamga tegishli bo’ladi.
A1, A2, …, An to’plamlarning Dekart ko’paytmasi A1x A2 x … x An kabi belgilanadi.
A va B to’plamlar chekli bo’lib, uncha ko’p bo’lmagan elementlarni o’z ichiga olsa, ularning Dekart ko’paytmasini topish qiyin emas.Koordinata to’g’ri chizig’i – bu unda sanoq boshi, uzunlik birligi va musbat yo’nalish berilgan to’g’ri chiziqdir.
Ox to’g’ri chiziq abssissalar o’qi,Oy esa ordinatalar o’qi,umumuy sanoq boshiga va aynan bir xil uzunlik birligiga ega bo’lgan koordinata o’qlari yasagan tekislik koordinata tekisligi deyiladi.(4-rasm).
Koordinatalar tekisligida A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasini tasvirlaymiz, bunda:
1) A = {1,2,3}, B = {3,5};
2) A = {1,2,3}, B = [3,5];
3) A [1,3] B = [3,5];
4) A = R, B = [3,5];
5) A = R, B = R.
1-holda berilgan to’plamlar chekli va uncha katta bo’lmagan sjndagi elementlarni o’z ichiga oladi, shuning uchun ularning Dekart ko’paytmasining hamma elementlarini sanab ko’rsatish mumkin: AxB = {(1, 3), (1, 5) (2, 3), (2, 5), (3, 3), (3, 5)}.
Koordinata o’qlarini yasaymiz va Ox o’qda A to’plam elementlarini, Oy o’qda B to’plam elementlarini belgilaymiz.So’ngra A B to’plamdagi har bir sonlar juftligini koordinata tekisligidagi nuqtalar bilan tasvirlaymiz.
2-holda to’plamlarning Dekart ko’paytmasi elementlarini sanab ko’rsatishning imkoni yo’q, chunki B to’plam cheksiz to’plamdir.
Biroq bu Dekart ko’paytmani hosil qilish jarayonini namoyish qilish mumkin. Har bir juftlikda birinchi komponenta yoki 1,yoki 2,yoki 3 ikkinchi komponenta esa [3,5] oraliqdan olingan haqiqiy sonlardir.Birinchi komponentasi 1 soni bo’lgan , ikkinchi komponentasi esa 3 dan 5 gacha qiymatlarini ketma-ket qabul qilgan barcha juftliklar PM kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi;birinchi komponentasi 2 bo’lgan , ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi hamma haqiqiy qiymatlarni qabul qiluvchi barcha juftliklar KL kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi;birinchi komponentasi 3 soni bo’lgan,ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi ixtiyoriy xaqiqiy sonni qabul qiluvchi juftliklar esa SQ kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi.
4-holda A to’plam barcha haqiqiy sonlardan tashkil topgan, ya’ni A B to’plam elementlarini tasvirlovchi nuqtalarning abssissasi hamma haqiqiy qiymatlarni ketma-ket qabul qiladi, bu vaqtda ordinata sifatida [3,5] oraliqdagi sonlar olinadi.Bunday nuqtalar to’plami polosa hosil qiladi. (4-rasm)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. To’plamlar va uning elementlari qanday belgilanadi?
2. Chekli va cheksiz to’plamlarga misollar keltiring?
3. Qism to’plam ta’rifini ayting?
4. To’plamlar kesishmasi deb nimaga aytiladi?
5. To’plamlar birlashmasi deb nimaga aytiladi?
6. Kesishma va birlashma amallarinig qonunlarini ayting?
7. To’ldiruvchi to’plam deb nimaga aytiladi?
8. To’plamlar dekart ko’paytmasi deb nimaga aytiladi?
kollej Shaxruz Mirakov
831 день назад
Комментарии: 0 Группа: Matematika Просмотров: 344
012345
0.00 (0)
KELTIRISH FORMULALARI! Добавил:
KELTIRISH FORMULALARI!
1. SIN (a+2 П k)=sina, cos(a+2 П k)=cosa, k z;
2. sin(П - a)= sin a, cos (П - a)=-cosa;
3. tg(a+ П k)=tga, k z;
4. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
5. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
6. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
7. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
8. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
9. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
10. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
11. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
12. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
13. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
14. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
15. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
16. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
17. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
18. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
19. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
20. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
21. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
22. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
23. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
24. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
25. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
26. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
27. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
28. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
29. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
30. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
31. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
32. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
33. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
34. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
35. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
36. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
37. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
38. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
39. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
40. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
41. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
42. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
2 2
43. sin( П -a)=cosa,cos( П - a)=sina;
Dostları ilə paylaş: |