dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos
kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
1
Shunday qilib, tarixiy jarayonda shakllangan madaniyatga doir rang-barang
konsepsiyalarda mazkur hodisaning muhim xususiyatlariga tavsif beriladi. Madaniyatning hozirgi
talqini mazkur tavsiflarni o‘z ichiga oladi. Madaniyat tushunchasining mazmuni moddiy va
ma'naviy qadriyatlar, ularni yaratish, ajdodlar tajribasini o‘zlashtirib, undan yangi qadriyatlar
yaratish uchun foydalanishga qodir bo‘lgan insonni shakllantirish usullari tizimidan iborat.
Madaniyat yaxlit bo‘lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Uning elementlari turli asoslarga ko‘ra
farqlanadi.
Har qanday madaniyat:
- barqaror elementlar, ya'ni madaniy universaliyalarni;
- muayyan tarixiy sharoitda vujudga keladigan va yo‘q bo‘lib ketadigan o‘tkinchi
elementlarni o‘z ichiga oladi.
Madaniyatning ichki tuzilishi.
Har qanday madaniyatning ichki tuzilishi uning amal qilish
xususiyatlari
bilan
belgilanadi. Madaniyatning
borlig‘i
insoniyat tajribasini o‘zida
mujssamlashtirgan alohida madaniy predmetlilikni yaratuvchi sub'ektning o‘ziga xos faoliyati
bilan ta'minlanadi. Shundan kelib chiqib madaniyatning quyidagi muhim elementlarini farqlash
mumkin:
- madaniyat sub'ekti;
- inson faoliyati;
- madaniy predmetlilik;
- madaniyatning asosiy funksiyasi – ajdodlar ma'naviy tajribasini saqlash, avloddan-
avlodga o‘tkazish va o‘zlashtirishni amalga oshirish bilan bog‘liq odamlar o‘rtasidagi aloqalar.
Dostları ilə paylaş: