xususiy mulk va erkin bozor hukm surgan davrda vujudga kelgan antik sivilizatsiyaga borib
taqaladi. O‘z navbatida, bozor va xususiy mulk individ uchun kafolatlarni, mulkdor imtiyozlarini,
mulkdorlar guruhining ma'muriyatdan ustunligini, shaxs erkinligi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarish tamoyillarini o‘z ichiga olgan huquqiy tamoyillar va institutlar tizimi vujudga kelishiga
sabab bo‘lgan.
An'anaviy sivilizatsiyalar
ijtimoiy hayotning varvarlikka chek qo‘yish bilan bog‘liq
dastlabki shaklidan iborat
. Bular barcha a'zolari bevosita emotsional muloqot jarayonida bo‘lgan
nisbatan kichkina lokal hamjamiyatlardir. Ular jamoa qadriyatlarining ustunligi, qabila
oqsoqollariga nisbatan hurmat, o‘tmishga qarab mo‘ljal olishga asoslangan. An'anaviy
sivilizatsiyaning o‘ziga xos jihatlari – past malakali, lekin ancha keng byurokratiyaga tayanuvchi
jabr-zulmga
asoslangan hokimiyat, tabaqalarning huquqsizligi, jamoaviy tuzilma, huquqning
norasoligi, individning kamsitilishi kabilardir.
Oraliq sivilizatsiya
yoki o‘tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshootlar (to‘g‘onlar, kanallar
va sh.k.) barpo etish, yangi hududlarni bosib olish yoki o‘z hududini tashqi dushmandan himoya
qilish (masalan, Buyuk Xitoy devori) zaruriyati tufayli vujudga keladi.
Natijada an'analari va
qadriyatlariga ko‘ra har xil lokal hamjamiyatlarning mexanik birlashuvi yuz beradi.
Mazkur
birlashuv rasmiy xususiyat kasb etadi va idrok etish ancha qiyin bo‘lgan normativ-huquqiy
qoidalarga muvofiq va jamiyatni tashkil etishning lokal hamjamiyatlar ko‘nikkan hayot tarziga zid
bo‘lgan shakllarida amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda jamiyatni birlashtirish vazifasi davlat
tomonidan va asosan kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilinadi. Ayni shu sababli normalar tizimi
asosan birlashtiruvchi mexanizm sifatidagi davlat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bundan o‘tish
davri
sivilizatsiyalariga xos bo‘lgan huquqiy nigilizm kelib chiqadi. Davlat qadriyatlari va lokal
hamjamiyatlarning qadriyatlari asosan bir-biriga zid bo‘lgani bois ularning o‘rtasida to‘qnashuv
yuz berishi mumkin. Qattiq davlat intizomi, ko‘p sonli soliqlar to‘lash, amaldorlarning
o‘zboshimchaligi,
rekrut majburiyati, urushlarda ishtirok etish zaruriyati kabi davlatning bu
talablari aholining aksariyat qismida norozilik uyg‘otadi.
Shunday qilib, jamiyatning muhim xususiyatlari ijtimoiy hayotni tashkil etishning keng
ko‘lamli shakli sanalgan sivilizatsiyaga asoslanadi. Sivilizatsiyalar vaqtda va makonda o‘ta
barqaror bo‘ladi, individlar va ijtimoiy guruhlarning aloqalarini tartibga soladigan va jamiyatning
moddiy asoslarini ham, ma'naviy asoslarini ham belgilaydigan umumiy normalarga asoslanadi.
Ular madaniyat va ijtimoiy munosabatlarning
umumiy shakllarini yaratib, jamiyat hayotining
tizim tashkil etadigan muhim asosi sifatida amal qiladi.
Sivilizatsiya – avlodlar vorisiyligini
ta'minlovchi tarixiy tajriba manbaidir.
Sivilizatsiya ijtimoiy hayotning barcha omillarini: madaniyat va madaniyatsizlikni,
yutuqlar va kamchiliklarni o‘zida birlashtiradi. Ma'lumki, jamiyat
rivojlanishiga qarab uning
normalari eskirib boradi. Ular mazkur sotsiumning o‘zgargan yashash sharoitlari bilan to‘qnashib,
uning mavjudligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi. Ammo muhimi shundaki, normalar o‘z
holicha jamiyatning saqlanishini kafolatlamaydi, ular mazkur normalarga amal qilishga, ulardan
o‘z faoliyatida foydalanishga, ularni o‘ziga xos tarzda talqin qilishga qodir bo‘lgan odamlarni
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu sababli madaniyat sivilizatsiyaning
muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: