Ong strukturasining elementi – bu
tafakkur dir. Tafakkur – individ bilish faoliyatining
voqyelikni umumiy va bilvosita aks ettirish bilan tavsiflanuvchi jarayoni. Mazkur jarayon
narsalarning muhim, tabiiy munosabatlarini ma'lum, his qilingan, eshitilgan narsalar asosida aks
ettirishni o‘zida ifodalovchi mavhum tushunchalar, mulohazalarning yaratilishi bilan yakunlanadi.
Fikrlash faoliyati yordamida biz ko‘z bilan ko‘rish va qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lmagan
narsalarni idrok etamiz. Tafakkur bizga muhim xossalar, aloqalar va munosabatlar haqida bilim
olish imkoniyatini beradi. Tafakkur yordamida biz sirtdan ichga, hodisadan narsalar,
jarayonlarning mohiyatiga o‘tishni amalga oshiramiz.
Ong strukturasining elementlari
e'tibor va
xotira hamdir. E'tibor –
bu inson ruhiy faoliyatining muayyan ob'ektlarga qarab mo‘ljal olishda namoyon bo‘luvchi shakli. Xotira –
bu individ miyasida uning o‘tmishdagi tajribasini mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon. Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish, saqlash, gavdalantirish
va unutish hisoblanadi. Eslab qolishning fiziologik asosini bosh miya po‘stlog‘ida vaqtinchalik
asab tizimi aloqalarining hosil bo‘lishi va qayd etilishi tashkil qiladi. Asab tizimi aloqalarining
keyinchalik jonlanishi eslab qolingan materialni gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu
aloqalarning susayishi esa xotiradagi materialning unutilishiga olib keladi.
Insonning sub'ektiv borlig‘ida –
o‘zlikni anglash ong strukturasining elementidir. Bu
insonning o‘zini shaxs sifatida anglab yetish, o‘zining mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda
odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun
javobgar bo‘lish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, o‘zlikni anglash –
bu o‘z-o‘ziga, o‘zining ma'naviy qiyofasiga, o‘z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-
atvor mo‘ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‘zlikni anglash yordamida
inson o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ro‘yobga chiqaradi, o‘z-o‘ziga his qilishga qodir bo‘lgan
fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda sub'ekt o‘z-o‘zini va o‘zining
ongini bilish ob'ektiga aylantiradi. Shu tariqa inson o‘z-o‘ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‘z
o‘rnini belgilash va topishga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi.
Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va ongga inson hayoti
uchun o‘ta muhim bo‘lgan bir qancha funksiyalarni ta'minlaydi.
Ongning birinchi funksiyasi bilish yoki
aks ettirish ,
ya'ni insonni qurshagan voqyelik haqida va uning o‘zi haqida bilimlar olishdir. Bilish faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy,
obrazli bilishdan boshlanadi va mavhum fikrlash sari yuksaladi. Hissiy (empirik) bilish bosqichida
rang-barang ashyoviy material to‘planadi va keyinchalik u mavhum fikrlash yo‘li bilan
umumlashtiriladi. Shu tariqa ong eng muhim hodisalarning mohiyatini anglaydi va ular
bo‘ysunuvchi ob'ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi. Bilish funksiyasi birinchi darajali ahamiyat kasb
etadi, undan qolgan barcha funksiyalar kelib chiqadi. Mazkur funksiya faol, evristik xususiyat kasb
etadi, ya'ni ong voqyelikni ildamroq aks ettirish xususiyati bilan tavsiflanadi.
Ongning bilish funksiyasijamg‘arish funksiyasini belgilaydi. Bu funksiyaning mohiyati shu
bilan belgilanadiki, bevosita, shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar
yoki o‘tmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu bilimlar zaruriyatga
qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa funksiyalarini amalga oshirish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Inson xotirasi qancha boy bo‘lsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson bo‘ladi.