yetish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga
rioya etish, ular bilan ish ko‘rishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni
anglab yetish esa shaxsiy kuch-g‘ayrat, o‘y-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab
qiladi.
Ongning baholash funksiyasi bevositamaqsadni shakllantirish funksiyasiga
o‘tadi.
Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof insoniy qobiliyat.
Maqsad – bu insonning o‘z predmetini topgan ideallashtirilgan ehtiyoji; bu faoliyat predmetining
shunday bir sub'ektiv obraziki, uning ideal shaklida inson faoliyatining mo‘ljallangan
natijasi
namoyon bo‘ladi. Maqsadlar insoniyatning jami tajribasi negizida shakllantiriladi va ijtimoiy,
axloqiy, estetik va boshqa xil ideallar ko‘rinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi. Aniq bir
maqsadga qaratilgan faoliyat inson dunyodan qanoatlanmayotgani hamda uning bu dunyoni
o‘zgartirish, uni insonga, jamiyatga zarur bo‘lgan shaklga solish ehtiyoji bilan izohlanadi.
Ongning ijodiy funksiyasida insonningoliy imkoniyatlarinamoyon bo‘ladi
. Maqsadga
intiluvchanlik, ya'ni inson o‘z harakatlarini «nima uchun» va «nimaga erishish yo‘lida» amalga
oshirishini anglab yetish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni ro‘yobga
chiqarish
muayyan vositalarni, ya'ni maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat
qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda tutadi. Inson tabiatda mavjud bo‘lmagan narsalarni
bunyod etadi. U butunlay yangi narsalarni va umuman yangi dunyoni yaratadi. Odamlar
o‘zgartirgan, yaratgan narsalarning ko‘lami, shakllari va xossalari ularning ehtiyojlari, maqsadlari
bilan belgilanadi; bu narsalarda inson niyati, uning g‘oyalari ro‘yobga chiqariladi.
Ongningkommunikativ funksiya
(aloqa funksiyasi)
da odamlar umumiy mehnatda ishtirok
etadilar va bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarga kirishishga doimi muhtoj bo‘ladilar.
Fikrlarning bu
aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va texnika vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot)
amalga oshiriladi. Shuni e'tiborga olish lozimki, yozma matnlarda (kitoblar, jurnallar, gazetalar va
sh.k.)da bilim emas, balki axborotgina saqlanadi. Axborot
bilimga aylanishi uchun u
sub'ektivlashtirilishi lozim. Ayni shu sababli bosma so‘zni tarqatish bayon etilgan axborot bilimga
aylanishining kafolati emas, balki sharti hisoblanadi. Axborot bilimga, ya'ni sub'ektiv boylikka
aylanishi uchun qo‘shimcha kuch-g‘ayrat sarflash talab etiladi.
Shaxs ongining mantiqiy siklinitartibga solish (boshqaruv) funksiyasini
yakunlaydi. Ong
omillarga baho berish asosida va qo‘yilgan maqsadga muvofiq inson harakatlarini, keyinchalik esa
– jamoalarning harakatlarini ham boshqaradi, tartibga soladi. Ongning tartibga solish funksiyasi
insonning o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro aloqasiga bog‘liq bo‘ladi va ikki shaklda: da'vat
etuvchi tartibga solish va ijroni tartibga solish shakllarida amal qiladi. Odamlar xulq-atvori va
faoliyatiga turtki beruvchi omillarning g‘oyaviy mazmuni ulkan ahamiyatga egadir. G‘oyalar
da'vatkor kuchga aylanishiga qarab inson o‘z qilmishlarini ongli ravishda, o‘z e'tiqodiga muvofiq,
izchil amalga oshiradi. Ijroni tartibga solish kishilar faoliyatini ularning ehtiyojlari bilan muvofiq
holatga keltiradi, maqsad va uni tartibga solish vositalarining mutanosibligini ta'minlaydi.
Ongning bosh funksiyalari ana shulardan iborat. Ularning uyg‘un
rivojlanishigina oxir-
oqibatda intellektual va ma'naviy jihatdan komil insonni tarbiyalash imkoniyatini beradi.
XXI asr boshiga kelib olimlar intellektning ayrim funksiyalarini informatsion mashinalar
zimmasiga yuklash uchun ancha ko‘p zahmat chekdilar. Bugungi kunda kompyuterlar murakkab
ishlarni bajarmoqdalar: bir tildan boshqa tilga tarjima qilmoqdalar, samolyotlarni, poezdlarni
boshqarmoqdalar, shaxmat o‘ynamoqdalar, hatto inson miyasiga xos bo‘lgan ba'zi bir mantiqiy
amallarni bajarmoqdalar. Tabiiy bir savol tug‘iladi: inson aqlining o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan
mashinani yaratish mumkin emasmi?
Texnika
imkoniyatlari nuqtai nazaridan, informatsion mashinalarni takomillashtirish
chegarasini belgilash o‘rinli bo‘lmaydi. Shunga qaramay, mashinalar bajaruvchi amallar bilan
inson miyasida bajariladigan amallarning o‘xshashligi mashinalarni fikrlash qobiliyatiga ega deb
hisoblash uchun asos bermaydi. Mohiyat e'tibori bilan mashina inson tafakkurining faqat bir
jihatini – formal-mantiqiy fikrlashnigina amalga oshiradi, vaholanki, insonning fikrlash jarayoni
amalda iroda,
emotsiyalar, intuitsiya, orzu, fantaziya va hokazolardir. Inson ichki dunyosining
boyligi uning ijtimoiy aloqalari boyligi va serqirraligining mahsuli hisoblanadi. Ayni shu sababli,
inson ongi, uning strukturasi va barcha funksiyalarini to‘liq modellashtirish uchun miya
strukturasining o‘zinigina gavdalantirish kifoya qilmaydi. Buning uchun inson rivojlanishining
butun tarixiy yo‘lini gavdalantirish, uni barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va
estetik ehtiyojlar bilan ta'minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning murakkab vazifalarini
yechishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi.
Ular aslida intellektual faoliyatning axborotni qayta ishlash qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan
tomonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa narsa emas.
Individual ong inson miyasining ob'ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu
obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati.
Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong
faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining
fikrlar, g‘oyalar, e'tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari
orqali tadqiq etilishi mumkin.
Endi individual va jamoa (ijtimoiy) ma'naviyatining ideallar, me'yorlar, qadriyatlar va
tasavvurlarda aks etuvchi o‘xshash jihatlari va farqlariga to‘xtalamiz.
Individual ma'naviy
borliqdan farqli o‘laroq, ijtimoiy ma'naviy borliq haqida uning fan, san'at, din, axloq va umuman
madaniyat tarzidagi ko‘rinishlariga qarab hukm chiqarishimiz mumkin.
Xususan, u yoki bu ilmiy
g‘oyalarning paydo bo‘lishi doim muayyan olimlar bilan bog‘liq, ammo fan ijtimoiy hodisa
sifatida muayyan shaxslar bilan bog‘lanmaydi, zero u ayrim olimlar ilgari surgan nazariy qoidalar
majmuidan yuqoriroq darajada turadi. Bosma, audiovizual va boshqa axborot manbalari, tegishli
asbob-uskunalar va shu kabilarsiz fanni tasavvur qilish mumkin emas. U yaxlit hodisa sifatida
mustaqil borliqqa ega. Bugungi kunda, kompyuter texnologiyalari inqilobi davrida fan jamiyatning
bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
San'at sohasi haqida ham shunday deyish mumkin. Qo‘shiqlar, raqslar va musiqa o‘z
muayyan ijrochilariga ega bo‘lgani holda, o‘zining odatlar,
rasm-rusumlar va ideallar
ko‘rinishidagi nisbatan mustaqil hayoti bilan yashaydi va shu tariqa ijtimoiy makon va vaqtda
harakatlanib saqlanishi, takomillashishi va ko‘payishi mumkin.
Ijtimoiy ongning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u, individual ongdan farqli
o‘laroq, o‘z «tanasi»ni «tark eta» olmaydi, xuddi shuningdek u o‘z «tanasi»dan, ya'ni jamiyatdan
tashqarida mavjud bo‘lishi ham mumkin emas
. Shu sababli ijtimoiy ong asrlar mobaynida abadiy
mavjud bo‘lgan, yo‘q qilib bo‘lmaydigan narsa sifatida qaralgan, uning borlig‘i
esa butun
insoniyat borlig‘i yo‘q bo‘lishi bilan barham topishi mumkin, deb hisoblangan.
Ammo XX asrning o‘rtalarida odamlar o‘z-o‘zini qirg‘in qilish vositasi – yadro qurolini
yaratdilar va shu paytdan e'tiboran insoniyat o‘zining «umrboqiyligi»ni yo‘qotdi va endilikda u,
yashab qolishga harakat qiluvchi ayrim jonli organizm kabi, ijtimoiy hayotni o‘z-o‘zini qirg‘in
qilishdan asrab, o‘z ijtimoiy borlig‘ini saqlash haqida qayg‘urishi lozim..
Dostları ilə paylaş: