Erkin shaxs postindustrial jamiyatga o‘tish jarayonida shakllana boshladi. Bu jamiyatda
bilim, axborot, kasbiy mahorat ustuvor hisoblanadi, xizmat ko‘rsatish sohalari jadal rivojlana
boshlaydi. Qudratli moddiy-texnik baza, taraqqiy etgan ishlab chiqaruvchi kuchlari bo‘lgan bilan
bunday jamiyat shaxs taraqqiyotining moddiy va ma’naviy omillari yetilgan bo‘ladi. Ochiq, erkin
jamiyat erkin shaxsning shakllanishi uchun bo‘lgan zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs faqat
ochiq, erkin jamiyatdagina erkin bo‘la olishi mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikka erishgan,
demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan davlat va jamiyatda inson eng oliy qadriyatga aylanadi.
Jamiyat va shaxslar orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar taxlili shundan dalolat beradiki,
jamiyatning sivilizatsiyali taraqqiyoti shaxs rolining tobora o‘sib boruviga olib keladi. Bu hol
shaxs erkinligi bilan ma’suliyati masalasini dolzarb masalaga aylantiradi. Shu munosabat bilan
erkinlikning o‘zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs? Kabi savollarga javob topish lozim bo‘ladi.
Avvalo Erkin shaxs deganda mustaqil shaxs nazarda tutiladi. Mustaqil shaxs mustaqil fikrlash,
ishlash, yashash malakasiga ega bo‘lgan odam.Shaxs mustaqilligini ta’minlovchi eng muxim
kafolatlaridan biri – insondagi erkinlik va ma’suliyat tuyg‘ularining uyg‘unlashganidir. Erkinlik
muammosiga faylasuflar o‘z munosabatlarini bildirganlar. Rus faylasufi N.Berdyayevning
fikricha, erkinlik tufayli inson tanlash, saralash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin faqat tanlashning
o‘zigina erkinlikni ta’minlab bera olmaydi. Xaqiqiy erkinlik ifodkorlikni taqazo etadi. Inson
erkinligini ijodkorlikdan, bunyodkorlikdan ajratish mumkin emas.
Deterministik konsepsiya tarafdorlari erkinlik insonning obyektiv zaruriyatni anglab olish
qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik tanlash uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan joyda vujudga
keladi. Erkinlik insonning o‘z maqsadlariga erishishining muxim omili, uning uchun berilgan
imkoniyatdir. Erkinlik tushunchasining lug‘aviy ma’nosi kishining o‘z istagi bo‘yicha ish
ko‘rishdir.Erkinlik, shaxs erkinligi volyuntarizm va fatalizm falsafiy yo‘nalishlarining bosh
masalasidir. Fatalizm lotincha fatalis – taqdirga oid, degan ma’noni anglatadi. Pifagorchilar,
Demokrit, Nitsshe fatalizm namoyondalari xisoblanadi. Fatalizm kalom falsafasining eng muxim
aqidalaridan biridir. Fatalizm xar bir xodisa va insonning barcha xatti-harakatlari taqdiri – azalga
bog‘liq, deb hisoblaydi. Fatalizm inson xech narsani o‘zgartira olmaydi, barcha narsa, xodisa,
jarayonlar mazmuni, yo‘nalishi, okibatlari oldindan belgilangan, degan g‘oyani ilgari suradi va bu
bilan insonni xech qanday faoliyat ko‘rsatmaslikka, passivlikda, qismatga buysundirishga
chaqiradi.Siyosiy erkinlik xayot kechirish uchun zarur xuquq va erkinliklarning mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Taraqqiy etgan jamiyatda davlat insonning xaq-xuquqlarini kafolatlaydi. Saylash
– saylanish xuquqi, adolatli davlat tizimi, xalqning davlat ahamiyatiga molik masalalarni xal
qilishdagi ishtiroki, ya’ni demokratik xuquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik
tushunchasida ifodalanadi.
Ma’naviy erkinlik deganda, avvalo, vijdon erkinligi, jamiyat ma’naviy xayotida ishtirok
etish, ma’naviy boyliklardan baxramand bo‘lish, ijodning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, so‘z
erkinligi kabilar nazarda tutiladi. Erkinlik ma’suliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik
va ma’suliyat inson faoliyatinnig o‘zaro uzviy bog‘liі ikki tomonini tashkil etadi. Ma’suliyat
avvalo, javobgarlik ma’nosini ifodalaydi. ma’suliyat ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning
bajarilishi, muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilish bo‘yicha shaxsning jamiyat a’zolari oldidagi
javobgarligi. Erkinlik kabi ma’suliyat ham xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Siyosiy, xuquqiy, axloqiy ma’suliyat, shaxs ma’suliyati, jamoa ma’suliyati va x.k. shular
jumlasidandir.
Ma’suliyat jamiyat, jamoa, ijtimoiy gurux tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talablar asosida
shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi uning xatto-harakatlari, faoliyatida
namoyon bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muxim o‘rin tutadi.
Ma’suliyat shaxsining jamiyat manfaatlarini qay darajada chuqur anglay olishni nazarda tutadi.
Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan, jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur xis
eta oladigan inson. Jamiyat xayot iva taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko‘rinishi ekan,
inson qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat ko‘rsata oladi.
Dostları ilə paylaş: