7-Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi
Xulosa
Jamoa ishini tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xususiyatlarni hisobga olish ishining samaradorligini oshiradi. Bu hol guruhdagi muomalani jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomala sohasiga olib kiradi. Masalan, jamoa yetarli darajada obro’ qozongan, jamoatchilik yo’nalishiga ega bo’lgan guruhga muayyan bir tadbirni tayyorlash va o’tkazishga boshchilik qilishni topshirsa bo’ladi. Qandaydir o’ziga xos qiziqishlarii bor guruhga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning tashabbuskori va tashkilotchisi bo’lish taklif etiladi va hokazolar.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o’quvchilarning shaxslararo real, ya’ni aniq mavjud bulgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o’rtasidagi muomalaga ta’sir ko’rsatish bundan tashqari o’z oldilariga qo’ygan har bir maqsadiga erishish imkonini beradi.
Odam bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Bizga ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psixik tomonidan o’zgarib boradi, lekin bolalik va o’smirlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham psixik jihatdan o’sishi, o’zgarishi shaxs sifatida kamolga yetadi. Bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’ziga munosib o’rin egallaydi. SHaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo’lavermaydi. Sababi odamning xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasiga, turli vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro’yobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri xal qilish uchun uning xulqiga, ta’sir etuvchi omillarni, bu omillarning, tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.