Jamoani shakllantirish yo'llari


O‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari



Yüklə 28,16 Kb.
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü28,16 Kb.
#104801
1   2   3   4
Jamoani shakllantirish yo\'llari

3.O‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari.
Jamoaning vujudga kelish uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So’nggi (to’rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o’z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo’yish layoqatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon mohiyatini qo’yidagicha bayon etish mumkin:
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay o’qituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali o’qituvchiik ta’sir ko’rsatishning maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. Ushbu bosqichda o’qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qo’ya olishi, u tomonidan qo’yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o’qituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligi, bir qarashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum bo’lsada, ayni vaqtda guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun zarur bo’luvchi sharoitning hali mavjud bo’la olmaganligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bo’lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi. O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tiyyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (rag’bat)larning paydo bo’lishi, ijodiy hamkorlik va o’zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo’lishi, o’z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o’z mavqelaridan noo’rin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu o’rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o’tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo’lsada, ayni paytda uning o’ziga ham oshirilgan talablarning qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo’yish xavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi.

Yüklə 28,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin