Jamoani shakllantirish yo'llari


O‘quvchilar jаmоаsi rivоjining аsоsiy shаrt-shаrоitlаri



Yüklə 28,16 Kb.
səhifə4/4
tarix29.04.2023
ölçüsü28,16 Kb.
#104801
1   2   3   4
Jamoani shakllantirish yo\'llari

4. O‘quvchilar jаmоаsi rivоjining аsоsiy shаrt-shаrоitlаri.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashiga ko’ra, bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo’ya boshlaydi.Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi mazkur yo’nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi. O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.Jamoaning har bir a’zosida, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish ko’nikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi - uning a’zolarini ijobiy, madaniyma’rifiy mazmunga ega bo’lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir.Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qo’ya boshlaydilar. Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga xos yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baxti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. Bugungi kunda o’qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo’yidagi uch bosqichga bo’ladilar: a) jamoani dastlabki jipslashtirish; b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish; v) jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish. Jamoa hayotida muhim o’rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko’rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi. A.S.Makarenko jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko’rsatgan edi:
1) major - doimiy tetiklik, o’quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari;
2) o’z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish asosida o’z qadr-qimmatini anglash;
3) jamoa a’zolari o’rtasidagi do’stona birlik;
4) jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do’stona birlik;
5) tarbiyali, ishchan harakatga yo’llovchi faollik;
6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko’nikmasi. Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni o’z ichiga oladi. Puxta o’ylab qo’yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o’rnatilishini ta’minlaydi. O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
1. Qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim.
3. Jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim.
4. O’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart. O’quvchi qo’yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo’yish metodikasini ham o’zlashtira olgan bo’lishi kerak. O’quvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qo’yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda o’quvchilar faoliyat, shuningdek, qo’yilayotgan talablarning bajarilish holatini muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat. Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Yüklə 28,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin