Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/11
tarix24.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#191267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
So‘rov usuli. Bu usul ikkiga bo‘linadi va birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa bo‘limlari orqali yuboriladi. So‘rov usuli yordamida bekatlarni boshqa bekatlar bilan bog‘liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga ko‘chib ketgan aholiga transport xizmatini ko‘rsatishning sifatini oshirish uchun qanday yo‘nalishlarni tashkil etish, transport turlari va sig‘imini to‘g‘ri tanlash kabi masalalarni echishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
masofalarini oylik chiptalar o‘tmaydigan yo‘nalishlarda (shahar atrofi, shaharlararo va xokazo) o‘rganishda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

(1.4.1. – 1.4.3. punktlar bo‘yicha nazariy tushunchalar keltiriladi).


Yo‘lovchilar oqimini kuzatish natijalarini qayta ishlashda sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining taqsimlanishi jadvalga to‘ldirib chiqiladi (3-jadval).
3-jadval
Yo‘lovchilar oqimining sutka soatlari bo‘yicha taqsimlanishi


Sutka soatlari

Yo‘lovchilar soni

Jami

to‘g‘riga

orqaga




5 - 6

46

30

76

6 - 7

130

104

233

7 - 8

225

213

438

8 - 9

339

266

606

9 - 10

247

207

454

10 - 11

210

192

402

11 - 12

176

136

312

12 - 13

154

118

273

13 - 14

160

148

308

14 - 15

173

163

336

15 - 16

185

192

378

16 - 17

207

237

444

17 - 18

262

296

558

18 - 19

207

252

458

19 - 20

170

178

347

20 - 21

99

110

208

21 - 22

62

74

136

22 - 23

34

44

78

Jami

3085

2961

6046

1.5. Sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi epyurasi

Kuzatish natijalarini qayta ishlash natijasida olingan ma’lumotlardan foydalanib (3-jadval) masshtab asosida sutka soatlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi epyurasi quriladi.







1.6. Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi-kilometrlarni aniqlash
1.6.1. Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni
Kunlik tashilgan yo‘lovchilar soni to‘g‘ri va orqa yo‘nalishlar bo‘yicha har bir soatda tashilgan yo‘lovchilar sonini qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi:

Qk = Qkto‘g‘ + Qkor, yo‘lov.


Qk =3908+3712=7620 yo‘lov
bu yerda: Qs – yo‘nalishda bir soatda tashilgan yo‘lovchilar soni.
1.6.2. Kunlik bajarilgan yo‘lovchi-kilometrlar

Rk = (Qkto‘g‘ + Qkor) lo‘rt, yo‘lov.km


Rk =7620*5.7=43434 yo‘lov.km


bu yerda: lo‘rt – yo‘lovchining o‘rtacha qatnov masofasi (A/S ma’lumoti bo‘yicha olinadi)
1.7.1. Yo‘nalishda ishlash uchun kerakli avtobuslar soni


bu yerda: Qmax – bir soat davomida tashilgan yo‘lovchilar maksimal miqdori;


tayl - avtobusning aylanish vaqti, soat;
qn – avtobusning nominal sig‘imi, yo‘lov.

1.7.2. Harakat intervali


Harakat intervali minutlarda o‘lchanuvchi aylanish vaqtini yo‘nalishda ishlayotgan avtobuslar soniga nisbati orqali aniqlanadi:


; min.



1.7.3. Avtobuslar harakat chastotasi
Avtobuslar harakat chastotasi deganda bir yo‘nalish bo‘yicha ma’lum bir bekatdan bir soat davomida o‘tuvchi avtobuslar soni tushuniladi va u avtobuslar sonini aylanish vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi:
; avt./soat


    1. Liniyada ishlovchi avtobuslarning ish ko‘rsatkichlarini aniqlash

1.8.1. Avtobusning ish vaqti


Avtobusning ish vaqti avtosaroydan chiqqan vaqtdan unga qaytib kelgan vaqtigacha hisoblanib, bu vaqtdan tushlik vaqti chegirib tashlanadi:
Tish = Tqayt – Tchiq - ∑ttushl
Tish =2115-530-2=13.5 soat
Barcha avtobuslar bir xil vaqtda ishlaydi deb qabul qilinadi.
1.8.2. Ishdagi avtomobil-soatlar
ASish =Tish*Am; soat

ASish =13.5*11=148,5 soat


1.8.3. Avtobusning bir kunda bajargan reyslari soni
Zr = Zr 1sm + Zr 2sm ; reys
Zr =6+6=12reys
Barcha avtobuslar bir xil reys bajaradi deb qabul qilinadi.
1.8.4. Avtobuslar tomonidan bajarilgan umumiy reyslar soni
ZrA =Am*Zr ; reys
ZrA =7*12=132reys
1.8.5. Avtobuslarning yo‘lovchilar bilan bosib o‘tgan umumiy masofasi
Lyo‘lov. = ZrA * Lm.o‘rt. ; km
Lyo‘lov. =132*21=2772 km
bu yerda: Lm.o‘rt. – to‘g‘ri va orqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rtacha marshrut uzunligi, km.
1.8.7. Avtobuslarning umumiy bosib o‘tgan masofasi
Lumum =Lyo‘lov. + Am*∑ Lo ; km
Lumum=2772+7*(6.16+16.32)= 3019 km
bu yerda: ∑ Lo – barcha avtobuslarning nolinchi qatnov masofalari
1.8.8. Kunlik bosib o‘tilgan masofadan foydalanish koeffitsiyenti
β = Lyo‘lov./ Lumum
β =2772/3019=0,92

    1. Yillik ishlab chiqarish dasturini hisoblash

1.9.1. Avtobuslarninghisobdagi (ro‘yxatdagi) soni

Ah= Am / αi; avt.
Ah =7/0,8=14avt.
bu yerda: Am – yo‘nalishda ishlovchi avtobuslar soni;
αf – avtosaroydan foydalanish koeffitsiyenti (αf =0,8)
1.9.2.Ishdagi avtomobil-kunlar

AKish =Am * Kish; avt.-kun.
AKish =11*365=4015avt.-kun.
bu yerda : Kish – yildagi ish kunlari soni

1.9.3.Xo‘jalikdagi ish kunlari


AKx = Ax * Kk;


AKx = 14*365=5110avt.-kun.

bu yerda: Kk – yildagi kalendar kunlari soni


1.9.4. Ishdagi avtomobil-soatlar


ASish = Tish. * AKish; soat


ASish =13.5*4015=54203 soat


1.9.5.Avtobusning o‘rtacha kunlik bosib o‘tgan masofasi



Lo‘rt.k = Lumum/ Am , km
Lo‘rt.k=3019 /11=274 km

1.9.6.Avtobusning yo‘lovchilar bilan o‘rtacha bosib o‘tgan masofasi


Lo‘rt.yo‘lov. = Lyo‘lov./Am , km


Lo‘rt.yo‘lov. =2772/11=252 km

1.9.7.Avtobuslarning yillik umumiy bosib o‘tgan masofasi


Lyumum = Lo‘rt.k*AKish , km


Lyumum=274*4015=1100110 km
1.9.8.Avtobuslarning yillik yo‘lovchilar bilan bosib o‘tgan masofasi

Lyyo‘lov. = Lo‘rt.yo‘lov.*AKish , km


Lyyo‘lov. =252*4015=1011780km


1.9.9.Bosib o‘tilgan masofadan foydalanish koeffitsiyenti o‘rtacha miqdori



Lyilyo‘lov./ Lumum
β =1011780/1100110=0,92

1.9.10.Yillik tashilgan yo‘lovchilar soni


Qk*Kish ; yo‘lov.

Qy =7620*365=2774730 yo‘lov.


1.9.11.Yillikyo‘lovchilar oboroti


Ry =Rk * Kish ;yo‘lov.km


Ry =43434*365=15853410 yo‘lov.km


2. TASHKILIY QISM


2.1. Avtobus brigadalari ishini tashkil etishning umumiy masalalari.
Haydovchilik kasbiy faoliyatini juda katta yuklanish ostida davom etishi, katta xavf bilan bog‘liq bo‘lishi(haydovchini sinovchi uchuvchiga tenglashtirish mumkin) boshqa kasblarga qaraganda yaqqol ajralib turuvchi o‘zigi xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Haydovchi avtomobilni boshqarar ekan harakatlanish davomida avtomobilning texnik holatini kuzatib borishi, yo‘l sharoiti haqida axborotlarni o‘z vaqtida qabul qilishi va to‘liq anglab etishi, unga mos ravishda avtomobilni boshqarish bo‘yicha echimlar qabul qilishi kerak. Agar haydovchi axboratlarnii o‘z vaqtida qabul qilib olmasa va anglab etmasa, yoki ularni to‘g‘ri baholay olmasa, avtomobilni boshqarish bo‘yicha echimlar kechikib yoki noto‘g‘ri qabul qilinsa, uning xatti-harakatlari xavfli vaziyatni vujudga kelishiga yoki yo‘l-transport hodisalarini sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Kuzatuvlar va statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, ish soatlari qancha katta bo‘lsa, harakat uchun xavflilik ham shuncha katta bo‘lar ekan. Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, AQSh da o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalarining (YTH) 3,8% haydovchilarning sezilarli darajada charchashi oqibatida sodir etilar ekan. Bizda o‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, haydovchi avtomobilni 7-12 soat boshqarganida 2 marta, 12 soatdan ortiq boshqarganida esa 9 marta ko‘proq YTH sodir etar ekan.
Haydovchilarning ish qobiliyatiga ish kunlari ham katta tasir etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dam olish kunidan so‘ng ishning 2- kunidan boshlab haydovchilarning ish qobiliyati ortib boradi va 3- kunida u o‘zining eng maksimal qiymatiga erishadi. Ishning 5- kunidan boshlab ish qobiliyati yomonlashib boradi. Shuning uchun haydovchining ish kunini rejalashtirishda harakat xavfsizligi muammosiga alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi.
Har bir haydovchining ish tartibi (rejim) avtobus yo‘nalishlaridagi yo‘lovchilar oqimining miqdori, uning notekis taqsimlanishning, yo‘nalishning turi (shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo va hokazo) va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi (chiptachining ish tartibi ham). Shunday qilib haydovchilarning (chiptachilarning) ish tartibi yo‘lovchilarga yuqori sifatli transport xizmatini ko‘rsatish, harakat muntazamligini taminlash, avtobuslarning ish unumdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lish bilan bir paytda harakat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va qonunlarini ham taminlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksinining 150- moddasiga ko‘ra haydovchilarning ish vaqti xaftasiga 40 soatdan, (haftada olti kun ishlovchi haydovchilar uchun kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi kerak).
Yo‘lovchi tashuvchi transportda ish kuni yiliga 365 kun (shanba va yakshanbasiz, bayram kunlarisiz) bo‘lgani uchun ularning ish vaqtini rejalashtirish o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqishi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, haydovchilar va chiptachilar uchun bayram oldi va dam olish kunlaridan oldingi ish kunlarini 1 soatga kamaytirish degan qonunlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin