Page 369
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil oktabr oyidagi
ko‘rsatmasi asosida 2022 yil yanvar oyidan respublikamiz hududlaridagi hududiy ichki
ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarining olishning mahallabay tizimini joriy
etildi. Ushbu ko‘rsatma bilan ichki ishlar organlarida yo‘l harakati xavfsizligini
taʼminlash samaradorligini oshirish hamda joylarda yo‘l-transport hodisalarining
oldinini olishning mahallabay tizimini joriy etish maqsadida yo‘l-patrul xizmati
inspektorlarining profilaktika inspektorlari bilan hamkorligi tizimli tashkil etildi.
Hududiy ichki ishlar organlaridagi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari hududdagi yo‘l-
transport hodisalari, ularda vafot etgan va tan jarohati olganlarning salmog‘i yuqori
bo‘lgan mahallalarga biriktirib chiqilib, ularga quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari
belgilab berildi:
- hududdagi yo‘l-transport hodisalarida vafot etgan va tan jarohati olganlarning
salmog‘i yuqori bo‘lgan mahallalarga biriktirilgan yo‘l-patrul xizmati va profilaktika
inspektorlarining mahalla hududida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport
hodisalarining oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi xizmat vazifalari ishlab chiqilib,
yo‘l-transport hodisalari har bir mahalla hududida tahlil etilib, sabablari aniqlangan
holda ularni oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar belgilash;
- mahallalarga biriktirilgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimalari haftada kamida bir
marotaba maxallalarda bo‘lib, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda yo‘l-
transport hodisalari tahlili asosida ularni oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli
ishlar amalga oshirilgan holda profilaktika inspektorlari bilan birga mahalla hududida
harakat xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq barcha muammolarni tizimli ravishda
o‘rganib borib, ularni hal etish choralari ko‘rib borish;
- bunda mahalla hududidagi maktabgacha taʼlim, maktab, o‘rta maxsus va oliy
taʼlim muassasalari, bozorlar va boshqa aholi gavjum bo‘ladigan joylar, yo‘llarning
serqatnovligi, tirbandligi va shu kabi omillar inobatga olish;
- har bir mahallaga biriktirilgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi hamda
hudud profilaktika inspektorida yo‘l-transport hodisalari tahlili aks ettirilgan mahalla
xaritasi, mavjud yo‘llar, aholi va transport vositalari soni, maktabgacha taʼlim, maktab,
o‘rta maxsus va oliy taʼlim muassasalari, bozorlar, aholi gavjum bo‘ladigan joylar
to‘g‘risida yig‘ma jildlar shakllantirilib, har bir xodimda bo‘lishi taʼminlash;
- mahallaga biriktirilgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hudud
profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda mahalla ichki yo‘llari
va ko‘chalarni ko‘rikdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
tegishli idoralarga taqdimnoma va axborotnomalar kiritib borilib, uning amalda
bajarilishini ushbu xodimlar tomonidan nazoratga olish;
- mahalla hududida sodir bo‘lgan har bir yo‘l-transport hodisasi chuqur tahlil
etilib, mahalla va jamoatchilik ishtrokida muhokama etilgan holda targ‘ibot va tashviqot
ishlari kuchaytirish.