Page 368
muhitni barqarorlashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olishda namuna bo‘ladigan 140
ming 805 nafar nuroniylar ro‘yxati shakllantirilib, mahallalardagi tarbiyasi og‘ir, ishsiz
yoshlarga, notinch va ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarga biriktirilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yil Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda
yoshlarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy
urf-odat va qadriyatlarimizni chuqur singdirish borasida o‘rnak bo‘lgan nuroniylar
o‘rtasida «Yoshlar murabbiysi” ko‘rik tanlovi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 25 dekabr kungi Yoshlar forumidagi nutqida
keltirib o‘tilgan topshiriq doirasida yurtimizdagi barcha mahallalarda har shanba kuni
«Ahil oila kuni” deb eʼlon qilinib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish ostonasida turgan
yigit-qizlar, yosh oilalar vakillari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Yo‘l-transport hodisalari mahallalar hududidan o‘tgan halqaro, davlat
ahamiyatidagi hamda ichki yo‘llarida sodir etilishini hisobga olib keng jamoatchilik
hamda masʼul korxonalar va tashkilotlar ishtirokida kompleks muhokama qilishi
asosida zarur choralar ko‘rilsagina bu turdagi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish mumkin
bo‘ladi. Ayniqsa, ushbu yo‘llarning qoniqarsiz yoritilishini, yo‘l qoplamalaridagi
nosozliklarni va yo‘l infrastrukturasidagi boshqa kamchiliklarni bartaraf etilishi
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida mahalla hamda jamoatchilikni
o‘rni katta.
Yuzaga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini kuzatish natijasida aksariyat yo‘l-
transport hodisalarining aksariyat qismi kunning qorong‘u vaqtida sodir bo‘layotganini
ko‘rishimiz mumkin. Avtomobillarning odam urib yuborishi va boshqa ulov bilan
to‘qnashishi hamda yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilish hodisalari tahlil etilganda ularning
katta qismi kech tushgan vaqtga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Toshkent shahar va viloyat
markazlaridan tashqari, mahallalarda ko‘chalarning yoritilishi qoniqarli darajada emas.
Respublikamizdagi ko‘chalari to‘liq yoritilsa, kechasi sodir bo‘layotgan yo‘l-transport
hodisalarining kamayishiga erishilgan bo‘lardi.
Shuningdek, mavsumiy yog‘ingarchiliklarda yaxshi yoritilmagan ko‘chalarda
transport vositalarining harakatlanish xavfsizligi yanayam kamayadi. Sababi, oddiy
kunlarda avtomobil chirog‘i 50 metr uzoqlikni yoritsa, yer nam bo‘lgan holatda bu
masofa 15-20 metrni tashkil etadi. Natijada yo‘l-transport hodisalarining ko‘payishiga
zamin yaratiladi.
Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda yirik shaharlarni rivojlantirish
chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda ko‘chalarni
yoritishda “aqlli” chiroqlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu qarorda
taʼkidlanishicha, shaharlarda ko‘chalarni yoritish tizimida energo-tejamkor, qo‘yosh
energiyasida quvvatlanadigan ekologik toza, aqlli ko‘cha yoritish chiroqlaridan
foylanish yo‘lga qo‘yiladi.