ushbu standartda nazarda tutilgan minimal mazmunni ta`minlagan holda talabaning haftalik maksimal yuklamasini oshirmasdan o’quv materialini o’zlashtirishga ajratilgan soatlar hajmini o’quv fanlari bloklari uchun 5% oralig’ida, blokga kiruvchi o’quv fanlari uchun 10% oralig’ida o’zgartirish;
o’quv fanlari mazmuniga fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlarini hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritish;
bitiruv malakaviy ish (loyiha) mavzusini belgilash oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan rasmiylashtiriladi.
9.2 Kurs ishlari (loyihalari) muayyan o’quv faoliyatining bir turi sifatida ko’riladi va ushbu o’quv fanini o’zlashtirish uchun ajratilgan soatlar chegarasida bajariladi.
9.3 Davlat ta`lim standartini bilish professor-o’qituvchilar tarkibini tanlov asosida saralash shartlaridan biri hisoblanadi.
Davlat ta`lim standartining amal qilish muddati
10.1 Davlat ta`lim standarti o’rnatilgan tartibda tasdiqlanib, “O’zstandart” agentligida davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin amal qilish muddati – 5 yil.
10.2 Davlat boshqaruvining vakolatli ogranlari tomonidan davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etish to’g’risida yangi tartib-qoidalar qabul qilinsa DTSlarning amal qilish muddati o’zgarishi mumkin.
Ilova 5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha)ta`lim yo’nalishi bo’yicha ta`lim dasturining tuzilishi
№
O’quv fanlari, integrallashtirilgan kurslar va bloklarining nomlari