Jamshid Zikrillayevich Isoqov



Yüklə 454,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.05.2023
ölçüsü454,07 Kb.
#106141
1   2   3   4   5
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarini-jismoniy-va-shaxsiy-sifatlarini-harakatli-o-yinlar-orqali-rivojlantirish

 
 
 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-784-787 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
785
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun 


harakatli o‘yinga asoslangan dars, mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish eng 
muhim masaladir. K.Balsevich tadqiqoti bo‘yicha, bolalarning jismoniy faolligini 
quyidagicha ta’riflab beradi: 1-4 sinf bolalar jismoniy sifati ko‘rsatkichining barchasi 
o‘sishning yuqori tempda borayotganligini namoyon etadi. Faqat egiluvchanlik 
ko‘rsatkichining tempi bu davrda pasayib boradi. Bu yoshdagi bolalarda biodinamik 
harakatning va eng avvalo, koordinatsion qismlarning shiddatli rivojlanishi ro‘y 
beradi. 1-4 sinf orasida jismoniy sifatlarning va koordinatsion qobiliyatning, inson 
harakat faolligining namoyon bo‘lishi uchun amaliy jihatdan juda yaxshi zamin 
tayyorlanadi. F.N.Nasriddinov, A.Sh.Qosimovlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha jismoniy 
tayyorgarlik natijalari yoshdan yoshga o‘tish bilan hamma ko‘rsatkichlar ma’lum 
miqdorda ortib borishini ko‘rsatadi. A.N.Liviskiy ilmiy tadqiqot ishlarining 
ko‘rsatishicha, qo‘l panjalari mushaklarining kuchi 7 yoshda 13-14 kg.ga yetadi. Shu 
yoshdan boshlab, harakatli o‘yinlar vositasida, bu sifatlarni yanada rivojlantirish 
ehtimoli kuchli. Yosh o‘zgarishi dinamikasida ayrim keskin bosqichlar belgilanganki, 
ular morfologik va funksional xususiyatlar majmui bilan tavsiflanadi. Boshlang’ich 
sinf o‘quvchilarning sog‘lomlashtirish-tarbiyaviy ishlarini harakatli o‘yinlar 
vositasida yanada jonlantirish uchun ularning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik 
ko‘rsatkichi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini aniqlash lozim. Bu samarali vositalarni 
tanlashga, keyin pedagogik sinov-tajriba o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.
Maktab o‘quvchisining shaxs, komil inson bo‘lib shakllanishida, 
rivojlanishida jismoniy tarbiya alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 
Xalq jismoniy tarbiyasi esa insoniyat rivojining ilk bosqichlaridayoq bola 
va o‘smirlarning shakllanishida asosiy vositalaridan biri bo‘lgan. Shu bois 
bugungi o‘zligimizga qaytgan davrimizda xalqning milliy qadriyatlariga 
asoslangan jismoniy tarbiya alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Yüklə 454,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin