NATIJALAR
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yinlarining ruhi, tabiati, xarakteri,
ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasini qiziqarli va foydali o‘tkazish
uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu
xususiyatlarga
e’tibor berish kerak. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darslarida qadriyatlarga muhabbat
uyg‘otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o‘rgatish ko‘p
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-784-787
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
786
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
jihatdan xalq milliy harakatli o‘yinlaridan unumli foydalana bilishga bog‘liq bo’ladi.
Sababi, milliy harakatli o‘yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni
egallasa,
ikkinchi
tomondan,
uni
jismoniy
tarbiyaga,
shu orqali qadriyatlarga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 1-4 sinf bolalar
yoshiga mos o‘yinlarni jismoniy sifatlarni rivojlantirishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
1. Bolalarda tezkorlikni va egiluvchanlikni tarbiyalovchi o‘yinlar;
2. Bolalarda kuchni oshirib beruvchi o‘yinlar.
3. Bolalarda chidamlilikni va chaqqonliknirivojlantiruvchi o‘yinlar.
Ayrim o‘yin turlari bolalarning barcha bo‘g‘inlariga mos kelishi mumkin, ya’ni
jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o‘yinlar ko‘pchilikni tashkil
etadi, ularda turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin.
Milliy harakatli
o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining quyidagi
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining kattalar faoliyati, ularning predmetlarga
munosabati va o‘zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqishining ortishi.
2. Bolalar xalq harakatli o‘yinlari atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali,
jo‘shqin his-tuyg‘uli jihatlarini aks ettirishini.
3. Xarakatli o‘yinlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining kattalar bilan bir xil
sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga
tadbiq qila olishi.
MUHOKAMA
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to‘kis, sog‘lom, Vatan himoyasiga tayyor,
baquvvat tarzda o‘sib-ulg‘ayishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor, Buning
uchun o‘quvchilar jismoniy tarbiya bilan chuqur shug‘ullanishlari, turli milliy
harakatli o‘yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari zarur. Bu esa yosh avlod
tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni o‘z xalqi, mustaqil davlati va jamiyat
oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g‘oyat muhim vazifalar bilan bog‘liq
tarzda maktabda o‘qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, ishchanlik,
boshlangan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini shakllantirish imkoni
yaratiladi. Bunda jismoniy tarbiyaning barcha zamonaviy vositalari bilan birga
o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari juda qo‘l keladi, chunki bu o‘yinlar bolalarni
ruhiy, jismoniy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning barcha jihatlarini o‘z ichiga ola
biladi. Zero, millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarni sog‘lom, yetuk
va komil inson qilib tarbiyalash mustaqil yurtimiz kelajagining
|