Jamshid Zikrillayevich Isoqov



Yüklə 454,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü454,07 Kb.
#106141
1   2   3   4   5
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarini-jismoniy-va-shaxsiy-sifatlarini-harakatli-o-yinlar-orqali-rivojlantirish

 

NATIJALAR
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yinlarining ruhi, tabiati, xarakteri
ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasini qiziqarli va foydali o‘tkazish 
uchun biz tavsiya etayotgan ba’zi milliy o‘yinlardan foydalanishda ham xuddi shu 
xususiyatlarga 
e’tibor berish kerak. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darslarida qadriyatlarga muhabbat 
uyg‘otish, xalq an’analarini avaylab-asrashga o‘rgatish ko‘p 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-784-787 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
786
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
jihatdan xalq milliy harakatli o‘yinlaridan unumli foydalana bilishga bog‘liq bo’ladi.
Sababi, milliy harakatli o‘yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni 
egallasa, 
ikkinchi 
tomondan, 
uni 
jismoniy 
tarbiyaga, 
shu orqali qadriyatlarga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 1-4 sinf bolalar 
yoshiga mos o‘yinlarni jismoniy sifatlarni rivojlantirishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
1. Bolalarda tezkorlikni va egiluvchanlikni tarbiyalovchi o‘yinlar; 
2. Bolalarda kuchni oshirib beruvchi o‘yinlar. 
3. Bolalarda chidamlilikni va chaqqonliknirivojlantiruvchi o‘yinlar. 
Ayrim o‘yin turlari bolalarning barcha bo‘g‘inlariga mos kelishi mumkin, ya’ni 
jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o‘yinlar ko‘pchilikni tashkil 
etadi, ularda turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin.
Milliy harakatli 
o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining quyidagi 
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak: 
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining kattalar faoliyati, ularning predmetlarga 
munosabati va o‘zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqishining ortishi.
2. Bolalar xalq harakatli o‘yinlari atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, 
jo‘shqin his-tuyg‘uli jihatlarini aks ettirishini.
3. Xarakatli o‘yinlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining kattalar bilan bir xil 
sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga 
tadbiq qila olishi. 
MUHOKAMA
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to‘kis, sog‘lom, Vatan himoyasiga tayyor,
baquvvat tarzda o‘sib-ulg‘ayishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor, Buning 
uchun o‘quvchilar jismoniy tarbiya bilan chuqur shug‘ullanishlari, turli milliy 
harakatli o‘yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari zarur. Bu esa yosh avlod 
tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni o‘z xalqi, mustaqil davlati va jamiyat 
oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g‘oyat muhim vazifalar bilan bog‘liq 
tarzda maktabda o‘qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, ishchanlik, 
boshlangan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini shakllantirish imkoni 
yaratiladi. Bunda jismoniy tarbiyaning barcha zamonaviy vositalari bilan birga 
o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari juda qo‘l keladi, chunki bu o‘yinlar bolalarni 
ruhiy, jismoniy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning barcha jihatlarini o‘z ichiga ola 
biladi. Zero, millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarni sog‘lom, yetuk 
va komil inson qilib tarbiyalash mustaqil yurtimiz kelajagining 



Yüklə 454,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin