Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasining umumiy tavsifi va iqtisodiy tasnifi


-jadval ASEAN mamlakatlari (aholi soni, YaIM va aholi jon boshiga to’g’ri



Yüklə 213,19 Kb.
səhifə2/5
tarix20.05.2023
ölçüsü213,19 Kb.
#118175
1   2   3   4   5
Janubiy

1.3.1-jadval ASEAN mamlakatlari (aholi soni, YaIM va aholi jon boshiga to’g’ri


keluvchi YaIMsi, 2014-yil)







Mamlakatlar

Aholisi (mln. kishi)

YaIM
(mln. AQSH dollarida)

Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM (mln. AQSH dollarida)




ASEAN

712.65

100.0

2,305,542

100.0

3,745

100.0

1.

Indoneziya

244.47

39.7

878,198

38.1

3,592

95.9

2.

Tailand

64.38

10.5

365,564

15.9

5,678

151.6

3.

Malayziya

29.46

4.8

303,527

13.2

10,304

275.1

4.

Singapur

6.9

0.9

276,520

12.0

51,162

1,366.1

5.

Filippin

95.80

15.6

250,436

10.9

2,614

69.8

6.

Vetnam

90.39

14.7

138,071

6.0

1,528

40.8

7.

Myanma

60.67

10.3

53,140

2.3

835

22.3

8.

Bruney

0.40

0.1

16,628

0.7

41,703

1,113.5

9.

Kambodja

15.25

2.5

14,241

0.6

934

24.9

10.

Laos

6.38

1.0

9,217

0.4

1,446

38.6

Manba: Xalqaro valyuta fondi, www.imf.org ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
Yoshlar salmog’i eng yuqori (43-44 %) bo‘lgan mamlakatlar: Kambodja, Laos; eng kam bo‘lgan mamlakatlar: Singapur, Tailand (21-23%). Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari aholisining o‘rtacha zichligi har km2 ga 122 kishi bo‘lgani holatda, Vetnam, Tailand, Filippinda 200 kishidan ortiq, Laos, Kambodja, Bruneyda 35-40 kishi. Yava yarimorolida 2000 kishi va Singapurda 6653 kishini





5 eduportal.uz/ebooks/geografiya9/260.html
tashkil etadi. Ko‘pchilik davlatlari ko‘p millatlidir. Masalan: Indoneziyada 150 dan ortiq, Vetnamda 50 dan ortiq, Myanma va Tailandda 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Urbanizasiya darajasi Singapurda 100 %, qolgan barcha mamlakatlarda 40 % ga ham yetmaydi. Millioner shaharlari jami 15 ta bo‘lib, ular ichida eng yirigi Jakarta (9 mln) hisoblanadi. Hindi-Xitoy aholisi asosan buddizmga, Malaya arxipelagi aholisi islom diniga e’tiqod qiladi. Dunyoda musulmonlar soni eng ko‘p bo‘lgan davlat sifatida Indoneziyani ko’rsatib o’tish mumkin6.
Xo‘jaligi XX asrning 70-yillariga qadar Janubi-Sharqiy Osiyo jahonning eng qoloq o‘lkalaridan bo‘lib kelgan. Shu yillardan keyin ichki iqtisodiy rivojlanish, tabiiy resurslar (tog’-kon) va chet el investisiyalari omillari ta’sirida mintaqa mamlakatlarida keskin o‘zgarishlar ro’y bera boshladi.
Hozirda mintaqa mamlakatlari sanoatining rivojlanishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:

  1. Yangi sanoatlashgan “Osiyo yo‘lbarslari” davlatlari: Janubiy Koreya, Singapur, Tailand va Malayziya. Bu mamlakatlarda yapon kapitali ta’sirida va mahalliy ishbilarmonlar faoliyati tufayli “iqtisodiy mo‘jiza”lar ro’y bermoqda. Masalan: Singapur dunyodagi eng yirik savdo markazi, moliyaviy markaz, turizm markazi, industrial markaz (neftni qayta ishlash, kemasozlik, elektrotexnika) larga aylanib bormoqda. Malayziyada kondensionerlar, elektro va radio texnikalar, avtomashinalar va boshqa rezina buyumlar, maishiy texnika buyumlari, rangli metallurgiya sanoati; Tailandda tabiiy kauchuk buyumlari, rangli metallurgiya sanoati, mashinasozlik, yengil sanoat rivojlanib bormoqda.

  2. Neft-gaz sanoati rivojlangan davlatlar: Indoneziya va Bruney sultonligi.

Indoneziya yiliga 65 mln. tonnadan ortiq neft qazib oladi, 30 mlrd m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib oladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, neft - kimyo, tikuvchilik va to‘qimachilik, qorametallurgiya sanoati, kauchuk va o‘rmon sanoatlari. Eng yirik sanoat markazlari: Jakarta, Surabaya, Medon, Padang, Bandun shaharlarida joylashgan.





6 uz.wikipedia.org/wiki/turkum:janubiy-sharqiy_osiyo
Bruney sultonligida sanoat tarmoqlari rivojlanmagan bo‘lib, u yerda qazib olinayotgan neft (yiliga 8-10 mln. tonna) va tabiiy gaz (10-13 mlrd m3 ) xom holatida eksportga chiqariladi.

  1. Industrlashtirish yo‘lidan borayotgan davlatlar. Bu guruhda Vetnam alohida ajralib turadi. Mamlakatda qorametallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlanib borayotgan bo‘lsada, xo‘jalikda oziq-ovqat va yengil sanoat yetakchidir. Yirik sanoat markazlari Xanoy va Xoshiminda joylashgan. Myanmada asosan sellyuloza – qog’oz sanoati, to‘qimachilik, oziq- ovqat va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlanmoqda. Yirik sanoat markazi Yangon shahrida joylashgan.

Filippinda asosan tog’-kon sanoati (mis, xrom, temir, alyuminiy), yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanib bormoqda. Eng yirik sanoat markazlari: Manila va Sebu shaharlari.

  1. Sanoati juda sust rivojlangan davlatlar: Laos va Kambodja. Ularda asosan hunarmandchilik, zargarlik va qo‘lda buyumlar yasash (savat, bosh kiyimlari). Bruney va Sharqiy Timorda zamonaviy sanoat yo‘q. Janubi-Sharqiy Osiyoda oziq- ovqat sanoati muhim o‘rin tutadi. Dunyo boyicha kokos yog’i ishlab chiqarish va uni eksport qilishda mazkur mintaqa yetakchi bo‘lib, bu sohada Indoneziya, Malayziya, Tailand davlatlari yetakchi. Choy sanoati Indoneziya, Malayziya, Vetnamda; qand-shakar sanoati Indoneziya, Malayziya, Tailand; kofe sanoati Indoneziyada; brouler xo‘jaligi (akarashka) Tailand, Malayziya, Myanmada yaxshi rivojlangan.

Janubi-Sharqiy Osiyo qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rnida oziq-ovqat ekinlari turadi. Bunga sabab oziq-ovqat muammosini bu mintaqada haligacha hal qilinmaganligidir. Mintaqaning musson iqlimli joylarida, Mekong, Irovadi va Xongxa daryo vodiylarida sholikorlik rivojlangan. Bu yerlarda yil boyi sholi yetishtiriladi va 2-3 marta hosil yig’ib olinadi. Indoneziyada jami ekin maydonining 2/3 qismiga, Filippinda 90% iga sholi ekiladi. Mekong va Xongxa daryolarining deltalari Vetnamning “sholi savatchasi” nomini olgan. Mintaqadagi
asosiy sholi etishtiruvchi davlatlar: Indoneziya, Tailand, Vetnam, Myanma, Filippin hisoblanadi.
Shakarqamish yetishtirish boyicha dunyoda Indoneziya 7-o‘rinda turadi. Mamlakatda yiliga 25 mln. tonnadan ortiq shakarqamish yetishtiriladi. Dunyo bo’yicha yetishtiriladigan tabiiy kauchukning 85 % ini Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, avvalo Indoneziya, Tailand, Malayziya uchligi beradi. Myanma, Tailand, Laos chegarasida dunyodagi eng mashhur “oltin burchak” joylashgan.
Asosan Indoneziyada, qisman, Vetnamda kofe yetishtirish rivojlangan. Mintaqa qishloq xo‘jaligida yuqoridagilardan tashqari choy, kakao, paxta, yeryong’oq, tamaki, kokos va yog’li palma yetishtirish rivojlangan. Janubi-Shraqiy Osiyoda chorvachilik sust rivojlangan bo‘lib, bu tarmoqdan faqat parrandachilik (broyler) yaxshi rivojlangan. Janubi-Sharqiy Osiyo dunyo boyicha YaIM 2,2 % ini beradi7.
Temir yo‘l transporti eng rivojlangan davlatlar: Indoneziya (7 ming km) va Myanma (5 ming km). Avtomobil transporti va yo‘llarining uzunligi ortib uning ahamiyati oshib bormoqda. Indoneziya va Filippinda dengiz transporti rivojlangan. Mintaqadagi eng yirik dengiz porti Singapur (yiliga 115 -120 mln. tonna yuk o‘tkazadi) va Bangkok (60 mln. tonna) portlaridir. Xoshimin, Jakarta, Surabaya portlari kichikroq. Havo transporti xalqaro aloqalarda muhim o‘rin tutadi. Eng katta aeroporti Changi (Sing). Keyingi o‘rinlarda Bangkok va Jakarta aeroportlari turadi. Janubi- Sharqiy Osiyo tabiiy va tarixiy rekreasion resurslarga boyligi uchun keyingi paytlarda xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari rivojlanib bormoqda.
Asosiy eksporti: neft-gaz, qalay, volfram, nikel, mis, alyuminiy, xrom, radiotexnika, rezina buyumlar, elektrotexnika, kondisionerlar, sholi, kauchuk, kofe, kokos yong’og’i va yog’i, broyler, tropik mevalar, tamaki.
Asosiy importi: mashina va jihozlar, kapital, bug’doy, sanoat mahsulotlari.
Pul birligi: rupiya (Indoneziya), peso (Filippin), rentit (Malayziya), dollar (Singapur va Bruney), bat (Tailand), dong (Vetnam), riel (Kambodja), kip (Laos), kyat (Myanma).

    1. Yüklə 213,19 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin