Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasining umumiy tavsifi va iqtisodiy tasnifi


-jadval ASEAN mamlakatlarining 2019-yilda iqtisodiy o’sishi bo’yicha



Yüklə 213,19 Kb.
səhifə4/5
tarix20.05.2023
ölçüsü213,19 Kb.
#118175
1   2   3   4   5
Janubiy

2.1.1-jadval ASEAN mamlakatlarining 2019-yilda iqtisodiy o’sishi bo’yicha


taxminlar (Xalqaro valyuta fondi)







Mamlakatlar

Aholisi (mln. kishi)

YaIM
(mln. AQSH dollarida)

Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM (mln. AQSH dollarida)




DUNYO

7,450.00

97,598,942

13,100




AQSh

331.39

21,101,368

63,676




Yevropa Ittifoqi

509.25

19,754,593

38,800




Xitoy

1,394.88

14,941,148

10,711




Yaponiya

125.42

5,930,147

47,281




ASEAN

670.71

3,751,171

5,593




Koreya Respublikasi

51.42

1,729,880

33,644

1.

Indoneziya

266.15

1,251,875

4,638

2.

Malayziya

32.59

538,028

16,417

3.

Filippin

107.63

522,271

4,757

4.

Tailand

65.94

491,520

7,023

5.

Singapur

5.99

378,191

65,790

6.

Vetnam

97.10

240,185

2,780

7.

Myanma

71.75

96,891

1,325

8.

Kambodja

16.19

26,392

1,614

9.

Laos

6.93

18,898

2,493

10.

Bruney

0.44

18,890

42,313

Yangi industrial mamlakatlar ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim xollarda bir qator sanoati rivojlangan mamlakatlardan ham ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka egadir. Masalan, Tayvan, 1952-95 yillarda aholi jon boshiga YaIM hajmini 170 marotaba o‘stirgan edi (aholining o‘sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir). Tashqi savdo hajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning inflyatsiya darajasi o‘rtacha 3,6% ni, iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’ati esa 8,7% ni tashkil etgan edi. Shunday qilib, Tayvan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiritilgan bo‘lib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik daromad taxminan 12 ming dollarni tashkil qilgan edi.
Shunday qilib, 1960-1990 yillarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’ati hisoblab ko‘rilganda uning miqdori yiliga 5% ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin (bu ko‘rsatkich Yevropa mamlakatlarida 2% ga teng bo‘lgan). Ana shu yillarda, Tayvanda yillik o‘sish sur’ati juda yuqori bo‘lib, 8,7% ni tashkil etgan. 90-yillarda Janubiy Koreya va Singapurda yillik o‘sish sur’ati 8% ni, Malayziyada esa 9% ni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish sur’atining yuqoriligi aholining turmush tarzini yaxshilanib borayotganligi bilan uyg‘unlashib bormoqda. 1960-90 yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik daromad rivojlanayotgan YAIMda 4 marotaba o‘sgan edi. Xullas, xalqaro ekspertlarning bashorat qilishicha, 2010 yilga borib Sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari G‘arbiy Yevropaning rivojlangan mamlakatlarini yalpi milliy mahsulotning hajmi bo‘yicha quvib o‘tishi, 2020 yillarga borib esa Shimoliy Amerikadan ham o‘zib ketishi bashorat qilingan edi9.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasining “yangi industrial mamlakatlari”dan biri Singapur haqida shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, u 1995-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib “industrial rivojlangan mamlakat” maqomini qo‘lga kiritgan edi. Bunday unvon unga Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish
9 el.tfi.uz/pdf/milliy%20va%20jaxon%20iqsodiyoti
Tashkiloti (IHRT) tomonidan rasman e’lon qilindi. Singapur o‘zining barqaror iqtisodiy o‘sishining 3 yilligi davomida nisbatan past rivojlangan 10 ta rivojlanayotgan mamlakatlar doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy rivojlangan davlatlari qatoridan joy oldi (aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hisobiga).
Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoat ishlab chiqarishi yiliga o‘rtacha 8,4% ni tashkil etgan bo‘lib, mamlakatdagi aholining har biri o‘zining yashash darajasini o‘rtacha yetti marotabaga orttirgan edi. Singapurdagi har bir aholining o‘rtacha daromadi 1995-yilda 22,3 dollarni tashkil etdi. O‘z navbatida Gonkong ham Buyuk Britaniyaning sobiq koloniyasi bo‘lib, keyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ko‘pchiligi bo‘yicha o‘zining metropoliyali darajasidan yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan edi.
Jahon iqtisodiyotida “yangi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish modeli va uning muvaffaqiyatli rivojlanish tomonlari qarab chiqilganda, uning tashqi va ichki omillari xususida ham to‘xtalib o‘tiladi. Ko‘rinib turibdiki, omillarning bu ikki guruhlari YAIMlarning hukumatlari tomonidan olib borilayotgan nozik, maqsadli siyosatlar orqali to‘ldirib turiladi. “YaIM”larning ichki tuzilishidagi muammolarga, hamda ularning xo‘jalik mexanizmlariga asosiy e’tiborni qaratmasdan turib, “YaIM”larni tashqi iqtisodiy rivojlanish omillarining o‘ziga xos tomonlarini ochib berib bo’lmaydi.
Jahon mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish jarayonlari shuni ko‘rsatmoqdaki, jahonning u yoki bu mamlakatlari xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishayotganda asosiy ishni xorijiy investisiyalarni jalb etish hamda tashqi savdoning o‘sishiga zaruriy bo‘lib hisoblanadigan shart-sharoitlarni yaratishdan boshlaydi. Shunday ekan, bu mamlakatlar o‘z iqtisodiy rivojlanishlari doirasida texnologik ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlaridan keng foydalangan holda tarkibiy qayta qurilishlarga, ishlab chiqarishda tayyor xom – ashyolardan texnologik sig‘imi yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘ta boshlaydi. Ishlab chiqarishda xo‘jalik tarmoqlarni rivojlantirish va qayta ta’mirlash
uchun eksportdan tushgan daromadlardan keng foydalanish xalqaro mehnat taqsimoti ko‘lamida ancha istiqbolli va “foydali” usul bo‘lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi bir qator yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar xuddi mana shu yo‘llar orqali taraqqiy etgan edi. AQSh o‘z iqtisodiy faoliyatini dastlabki yillarida asosan xom-ashyo, mevalar, paxta, asal, ko‘mir va shunga o‘xshash bir qator xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishdan boshlagan bo‘lsa, GFR, 50- yillarda ko‘mir, qora metallurgiya, kimyoviy sanoat mahsulotlarni eksport qilishdan, Yaponiya esa to‘qimachilik, metallurgiya, kimyoviy sanoat mahsulotlarni eksport qilishdan boshlagan edi.
XX asrning 60-yillarida Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi bir qator mamlakatlar, ya’ni, “YaIM”lar ham xuddi ana shu yo‘llar orqali rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ygan edi. Ushbu davlatlarning barchasi iqtisodiy o‘sishning tashqi omillaridan samarali foydalandilar. Shu o‘rinda, sanoati rivojlangan mamlakatlardan xorijiy sarmoyalar, texnika va texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilinganligini ta’kidlab o‘tish lozimdir. Ma’lumki, bir qator sabablarga ko‘ra, “yangi industrial mamlakatlar” ning ba’zi birlari sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlarning muhim siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’sir doirasiga tushib qolganligini ko‘rishimiz mumkin. AQShning siyosiy manfaatlari asosan Sharqiy Osiyo mamlakatlarining “kommunistik ta’siriga” qarshi turuvchi Tayvan va Janubiy Koreyaning siyosiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi10.
Shuning uchun ham ushbu mamlakatlarga cheksiz iqtisodiy yordamlar uyushtirilib - harbiy jihatdan qo‘llab quvvatlandi (masalan, Tayvanga 1,5 mlrd. dollar miqdorida yordam ko‘rsatilgan ). 1950-1965 yillarda AQShning yordami Tayvanda jalb etilgan jami investisiyalarning 34% ini tashkil etgan bo‘lib, uning 74%i infrastrukturaga, 59%i qishloq xo‘jaligiga va 13%i sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilgan edi.

Xullas, bularning barchasi Tayvan iqtisodiyotining rivojlanishida tashlangan ijobiy qadam bo‘ldi. Jahon iqtisodiyotida “YaIM”larni zamonaviy iqtisodiy tarkibining shakllanishida, to‘g‘ridan–to‘g‘ri yo‘naltirilgan investisiyalarning ta’sir
10 armat.uz/getfile.php?type.ek&cat.pdtk&attachment.mjg
doirasi ham katta bo‘lmoqda. 80-yillarning birinchi yarmida “YaIM”larni iqtisodiyotdagi to‘g‘ridan–to‘g‘ri yo‘naltirilgan investisiyalarning miqdori, rivojlanayotgan mamlakatlardagi to‘g‘ridan–to‘g‘ri yo‘naltirilgan sarmoya quyilmalarining 42% iga yetgan edi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida AQSh “yangi industrial mamlakatlar” dagi ishbilarmonlik sarmoyalarining eng ko‘zga ko‘ringan investori bo‘lib hisoblanadi. Ulardagi to‘g‘ridan–to‘g‘ri yo‘naltirilgan investisiyalarning o‘sishi, xorijiy mamlakatlardagi xuddi shunday investisiyalar umumiy miqdorining 10% ini tashkil etadi. Yaponiya hozirgi kunda “YaIM”dagi to‘g‘ridan–to‘g‘ri yo‘naltirilgan investisiyalarning miqdori bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida yuqori o‘rinlarda turadi.
Yaponiya investisiyalari “YaIM”larning industriallashuviga va ularning eksport tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat yaratib, “YaIM”lar sanoatida qayta ishlanadigan mahsulotlarning yirik eksportyorlaridan biriga aylanishida muhim rol o‘ynamoqda. Yaponiya investitsiyalarini kirib kelishi birgina 1982-1985 yillarning o‘zida Tayvanda 2,1 martaga, Gonkongda 61% ga o‘sgan edi.
Yaponiya sarmoyalarining ishtirokida, ushbu mamlakatlarda yuqori sifatli tayyor mahsulotlarning ekportyorlari bo‘lib qolishiga imkon beruvchi yirik ishlab chiqarish bazasi tashkil etildi. 80-yillarning boshlarida Yaponiya investisiyalari umumiy miqdorining yarmisidan ko‘prog‘ini tashkil etgan edi. Xullas, yapon investorlari ishtirokida “YaIM”larda zamonaviy texnikalar, elektronika jihozlari, dengiz kemalari va boshqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha komplekslar barpo etilgan edi11.

Jahon iqtisodiyotida Osiyoning “YaIM”lari uchun shu narsa xarakterli bo‘ldiki, ulardagi tadbirkorlik sarmoyalari, birinchi galda qayta ishlash sanoati va xom-ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi. O‘z navbatida, Lotin Amerikasining “YaIM”laridagi ishbilarmonlik sarmoyalari esa, ko‘proq savdo, xizmat ko‘rsatish sohalari va qayta ishlash sanoat tarmoqlariga jalb etilgan edi.
11 uz.denemetr.com/docs/.../index-76097-1.html.
Xullas, jahon iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalarning keng miqyosda tarqalishi shu narsaga olib keldiki, “YaIM”larda xorijiy sarmoyalar ishtirok etmagan birorta ham iqtisodiy tarmoq qolmagan edi. 1998 yilda Lotin Amerikasi va Sharqiy Osiyoning “YaIM”larining bozorlaridagi quyilmalarining daromadlilik darajasi (% hisobida) quyidagicha xarakterda bo‘lgan edi: Argentinada 58% ni, Braziliyada 83% ni, Meksikada 40% ni, Chilida 39% ni, Indoneziyada 79% ni, Janubiy Koreyada 26% ni, Tayvanda 104% ni, Tailandda 121% ni, Filippinda 165% ni tashkil etgan edi.
Ko‘rinib turibdiki, Sharqiy Osiyoning “YaIM”laridagi investisiyalarning daromadlilik darajasi Lotin Amerikasi mamlakatlarinikidan sezilarli darajada yuqoriroq bo‘lgan. Qonuniy shunday savol tug‘iladi, xo‘sh, nima uchun xorijiy mamlakatlarning xususiy sarmoyalarining barchasi Sharqiy Osiyo mintaqasidagi ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan faolroq kirib boradi? Ma’lumki, 60-yillarning oxirlarida, jahon xo‘jaligini rivojlanishidagi vaziyat shu qadar murakkablashgan ediki, natijada transmilliy korporatsiyalarning rivojlanish manfaatlari va strategiyalari Sharqiy Osiyodagi bir qator rivojlanayotgan davlatlarning imkoniyatlari va intilishlari bilan moslashib borgan edi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar importidagi turli xildagi cheklashlar va ularning uncha katta bo‘lmagan to‘lov qobiliyatiga duch kelayotgan transmilliy korporatsiyalar, joylarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘z sarmoyalarini chetga chiqarish orqali tovarlar eksportini qisman yangilash tomon qadam qo‘ya boshladi. Transmilliy korporatsiyalarning xuddi ana shu yo‘nalishlaridagi faoliyati, rivojlangan mamlakatlarning to‘yingan bozorlarining konyukturasi, raqobatni avj oldirish va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun kurashish orqali amalga oshirilmoqda.
Transmilliy korporatsiyalar, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan joylarda ishlab chiqarishni ilmiy asosda rivojlantirishga e’tiborni qaratadi. Xarakterli tomoni shundaki, jahon iqtisodiyotida “Osiyo ajdarhosi” deb nom olgan xalqaro iqtisodiy konyukturalarining bunday o‘zgarishlarni qabul qilishga va ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Transmilliy korporatsiyalarni, aynan Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga jalb qilishida quyidagi
shar–sharoitlar muhim ahamiyat kasb etgan edi. Birinchidan, “Yangi industrial mamlakatlar” ning foydali geografik qulay joylashganligi.
Ularning barchasi dunyo savdo iqtisodiy yo‘llarining chorrahasida, ya’ni jahon xo‘jaligi markazlari bo‘lmish – AQSh va Yaponiyaga yaqinroq hududlarda joylashganligi. Ikkinchidan, “Yangi industrial mamlakatlar” ning barchasida sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan munosib hisoblangan avtokratik yoki shunga yaqin bo‘lgan siyosiy muhitlar yaratilganligi. Ularda siyosiy barqarorlik ta’minlanib, siyosiy hamda demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Xorijiy investorlarning xavfsizligi uchun yuqori darajali kafolatlar ta’minlandi.
Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” aholisiga xos bo‘lgan mehnatsevarlik, intiluvchanlik, tejamkorlik singari noiqtisodiy omillar ham katta ahamiyat kasb etdi. Bu omillar ma’lum darajada Osiyo-Tinch okeani va Lotin Amerikasidagi –“YaIM”larning ikki modeli o‘rtasidagi o‘ziga xos bo‘lgan bellashuvda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Jahon iqtisodiyotida birinchi model milliy iqtisodiyotning tashqi bozor va eksportga tomon ustuvor yo‘nalishlari orqali rivojlanishini ko‘rsatib bersa, ikkinchi model esa import o‘rnini egallashga qaratilganligidir12.
Birinchi modelda ko‘rsatib o‘tilganidek, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida AQSh, ikkinchi jahon urushidan keyin – G‘arbiy Yevropa davlatlari va Yaponiya, keyinchalik esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasining “YAIM”lari ham rivojlanishning birinchi modeli yo‘lidan borishdi. Ikkinchi model esa sezilarli darajada Lotin Amerikasining “YaIM”lari tomonidan o‘zlashtirib olingan edi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda import o‘rnini egallashga qaratilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyalari bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning taraqqiyotida muhim rol o‘ynamoqda. Import o‘rnini egallash strategiyalari xo‘jalik tarkibining xilma–xilligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida esa yangi va muhim bo‘lib hisoblanuvchi bir qator ishlab chiqarish tarmoqlari barpo etilishi
12 eduportal.uz/ebooks/geografiya9/640.html
bilan bir qatorda muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z - o‘zini ta’minlash darajasi ham o‘sib bormoqda.
Shuningdek, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishda asosiy yo‘l bo‘lib hisoblanuvchi import o‘rnini egallashga mo‘ljallangan ishlab chiqarish sohalarni rivojlantirishni asosiy o‘ringa qo‘yuvchi barcha mamlakatlarda o‘z-o‘zidan jiddiy inqirozlar bo‘lib turibdi. Gap shundaki, xorijiy kompaniyalar uchun imtiyozli kreditlarni yo‘qligi va proteksionizm siyosatiga asoslangan milliy iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishini “qo‘llab–quvvatlab turganlik” muhiti jahon iqtisodiyotida tez moslashuvchan va samarali iqtisodiy tizimning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Umuman olganda, import o‘rnini egallash siyosati, rivojlanayotgan mamlakatlar faoliyatining dunyo xo‘jaligida tub o‘zgarishlar yasashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan tashqari, import o‘rnini egallash siyosati nafaqat tashqi omillarni pasayishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki uning o‘sishini ham ta’minlaydi. Import o‘rnini egallash prinsiplariga uzoq vaqt tayanilganda, mamlakatlarda qoloqlikni bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ladi hamda keng miqyosidagi taraqqiyotga erishishni ta’minlovchi iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarni vujudga kelishiga xalaqit beruvchi barcha to‘siqlarga barham beriladi.
Proteksionizm, ichki bozorlarni va biznesni himoya qilish choralari sifatida qisman samarasiz ishlayotganiga qaramasdan, uning monopol holati va baholarining keskin o‘sayotganligidan foydalanib foyda olayotgan mahalliy korxonalarni qo‘llab–quvvatlaydi.
Xullas, hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida import o‘rnini egallash davri bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan “yangi industrial davlatlar”da ham o‘z nihoyasiga yetganligini ko‘rishimiz mumkin. Jahon iqtisodiyotida import o‘rnini egallash strategiyasi Lotin Amerikasining “YaIM”lari (Braziliya, Argentina, Meksika) uchun xilma–xil milliy iqtisodiyotni barpo etishda va shuningdek bir qator tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda salmoqli o‘rinni egallab kelishida muhim rolni o‘ynamoqda. Nima bo‘lganda ham ushbu mamlakatlar sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan qoloqlik darajasini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan shart–sharoitni yarata olmadilar. Shuning uchun
ham Lotin Amerikasining “YaIM”lari qanchalik kuchayib, iqtisodiy potensialga ega bo‘lishlariga qaramasdan, Osiyodagi “YaIM”larga nisbatan iqtisodiy jihatdan ancha qoloqligicha qolmoqda. Masalan, Braziliyaning yalpi ichki mahsuloti Sharqiy Osiyodagi “yangi industrial mamlakatlar” ning umumiy yalpi ichki mahsulotiga nisbatan biroz kamroqdir.
Jahon iqtisodiyotida Lotin Amerikasining yangi industrial mamlakatlari 90- yillarning o‘rtalariga kelib 80-yillardagi uzoq davom etgan inqirozidan chiqib oldi. Braziliya, Chili, Argentina kabi davlatlarda amalga oshirilgan liberal iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuksalib, savdo balansini yaxshilashda ijobiy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Lotin Amerikasining yirik, “YaIM”laridan biri Braziliyada olib borilayotgan siyosat - ochiq iqtisodiyotni yaratishga qaratilganligidir. Buning uchun mamlakatning ichki bozorlarida raqobat kurashuvi uchun muhit yaratilayotgan bo‘lib, unga bog‘lik holda import tariflari pasaytirildi. 1995 yilda MERKOSUR mamlakatlari (Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay) o‘rtasidagi bojxona to‘siqlari to‘liq olib tashlandi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi “yangi industrial mamlakatlar” o‘z iqtisodiyotining eksportga mo‘ljallangan ancha samarali va tez moslashuvchan modelini joriy etdi. Bu model, ma’lum davr mobaynida bir vaqtning o‘zida import o‘rnini egallash siyosatini ham o‘z ichiga olgan edi. Eksport siyosati o‘rnini egallashga mo‘ljallangan industriallashuvning tugallangan davrini qayta sodir etishni talab etmaydi.
Ma’lumki, jahon iqtisodiyotida import o‘rnini egallash va eksportga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosat bir–biri bilan tengma–teng holda harakat qilib, ba’zi davrlarda esa ular bir–biridan ustunlikka ham ega bo‘lishi mumkin. Eksportni kengaytirish davriga yoppasiga o‘tish oldidan, import o‘rnini egallash uchun jahon mamlakatlari ishlab chiqarishining zamonaviy tizimlarini vujudga keltirish, xalq xo‘jaligini an’anaviy sektorini qayta qurish kabi masalalarga ham e’tiborni qaratishmoqda.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ko‘pchilik mamlakatlarida (50 va 60- yillarda Janubiy Koreyada, Tayvanda, 60-yillarda Malayziyada, 60 va 70-
yillarning boshlarida Tailandda, 50 va 60- yillarning oxirida Filippinda) import o‘rnini egallash siyosati ustuvor bo‘lgan edi. Gonkong va ma’lum darajada Singapur o‘zlarining tarixiy rivojlanish shart-sharoitlari, geografik joylashuvi va ichki talabni cheklanganligi ta’sirida ishlab chiqarishni ko‘proq eksportga qaratdilar.
Jahon xo‘jaligida ko‘rilgan mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi chora tadbirlar, qayta ishlash sanoatidagi foyda me’yorini oshirish, iste’mol mahsulotlarini va shuningdek uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning asta sekinlik bilan import o‘rnini egallashiga sabab bo‘lmoqda.
1960-80 yillarda Janubiy Koreya jahon bozoriga xuddi shu mahsulotlarning 2,9% ni, 3,4% ni, 9,6% ni, 9,3% ni, 11,1% ni va 9,6% ni yetkazib bergan bo‘lib, uning jahon kemasozlik sanoati eksportidagi ulushi 13,1% ga to‘g‘ri kelgan edi13.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining “yangi industrial davlatlari” sanoat mahsulotlari eksportining yuqori dinamikasiga asoslangan holda an’anaviy ayrim tovarlar eksporti bo‘yicha tashqi savdo aylanmasida hal qiluvchi o‘rinni egallagan edi. Masalan, Janubiy Koreya va Tayvan eksportida xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi mos ravishda 7,1% va 7% ni tashkil etgan edi. Xullas, 90- yillarda Janubiy Koreyada tovarlar eksportida qiymati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni poyafzal mahsulotlari egallagan bo‘lsa, Tayvanda esa o‘yinchoqlar va sport tovarlari egallagan edi. Janubiy Koreya eksportida to‘rtinchi o‘rinni sintetik mahsulotlardan tayyorlangan tekstil tovarlari turgan bo‘lsa, Tayvanda esa yettinchi o‘rinda poyafzal mahsulotlari turgan edi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasining “Yangi industrial davlatlari”da ayniqsa mashina va uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha eksportida Hindiston va shuningdek Lotin Amerikasining “YAIM”larining kuchsizlanishi sezilarlidir. Agar Lotin Amerikasining “YAIM”larini tovarlar eksportining rivojlangan davlatlar umumiy eksportidagi ulushi 1998 yilda 1980 yilga nisbatan unchalik kamaymagan (0,5%) bo‘lsada, mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha ulushi
13 ucell.dum.su/tarix/11jh/29.htm
qariyb 1,8 barobarga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Aynan, shu mashina- texnik mahsulotlar eksporti rivojlangan davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi holatlarini yaxshilanishining eng muhim omilidir.
1990-yillarda Osiyoning “Yangi industrial davlatlari”ni olib borayotgan faol tashqi savdo siyosati AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan bo‘lgan yillik o‘zaro savdo hajmi (128,4 mlrd. doll.) G‘arbiy Yevropa bilan bo‘lgan savdo aylanmasidan (117,1 mlrd. doll.) yuqori bo‘lgan edi. Bunda Osiyoning “YaID”lari (Yaponiyani qo‘shib hisoblaganda) AQSh avtomobil va elektrontexnika asbob-uskunalar bozorining 30% ni, to‘qimachilik mahsulotlari bozorining esa 50% ni egallagan edi.
XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida rivojlangan mamlakatlarning eng yirik kapital importyori bo‘lgan “Yangi industrial davlatlar” o‘z jo‘g‘rofiyasini ancha kengaytirgan edi. Hozirgi kunda ilg‘or sanoati rivojlangan davlatlarini kapitali uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlar yangi bozorlardir. Masalan, Janubiy Koreya firmalari AQShda aniq maqsadga yunaltirilgan eksport ekspansiyasini o‘tkazmoqda. Amerika iqtisodiyotiga kapital quyishib, Janubiy Koreyaliklar o‘z iqtisodiyoti uchun eng yangi texnika- texnologiyalarni kirib kelishiga yo‘l ochmoqdalar. Shuningdek, Janubiy Koreya firmalari Osiyo-Tinch okeani mintaqasining “ajdarho”deb nom olgan boshqa davlatlariga ham kapital olib chiqishni ko‘paytirmoqda. Masalan, Tayvanning Xitoyga bo‘lgan qiziqishi juda kattadir. 90-yillar o‘rtalarida Tayvanning XXRdagi investisiyalari 9 mlrd. doll.dan oshib ketgan edi. O‘z navbatida Gongkonglik ishbilarmonlar XXRda ro‘yxatga olingan qo‘shma korxonalarning yarmidan ko‘prog‘iga egalik qilishgan.

  1. asrning 50-yillarida jahon xo‘jaligida baynalminallashuv jarayonlarining tezlashishi rivojlanayotgan mamlakatlarni, birinchi navbatda “YAIM”larni ham qamrab olgan edi. Jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarishni, mehnat va kapital bozorlarini va shuningdek tovar ayirboshlash jarayonlarining baynalminallashushiga moliya bozorlarining baynalminallashuvi ham qo‘shildi. “YaID”larning kredit imkoniyatini o‘sishi milliy moliyaviy bozorlarining

rivojlanishi bilan va shuningdek moliyaviy salohiyatining oshishi bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Yüklə 213,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin