Jarrohlik kasalliklari kafedrasi



Yüklə 101,85 Kb.
səhifə3/24
tarix08.06.2022
ölçüsü101,85 Kb.
#60909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Jarrohlik kasalliklari kafedrasi

Fanning vazifaci:

  • talabalarning xirurgiyada antiseptik moddalarni qo`llash, sterilizatsiya masalalari, xirurgik statsionari va poliklinika ishida aseptika va antiseptikaning asosiy qoidalariga rioya qilishi.

  • turli xildagi yumshoq va qattiq bog`lamlarni qo`llash uchun ko`rsatmalar va qarshi ko`rsatmalarni, ularni bajarish texnikasini o`rgatish.

  • qon ketishi va uni to`xtatish usullari, qon guruhlarini va rezus faktorni aniqlash, qon va uning o`rnini bosuvchi eritmalarni qo`yish qoidalari va texnikasi hamda donorlik bilan talabalarni tanishtirish.

  • xirurgik infektsiyasi haqida tushuncha berish: umumiy va mahalliy, o`tkir va surunkali nospetsifik (yiringli) va spetsifik infektsiya, ularni turlari, klinik belgilari, davolash asoslari, oldini olish usullarini.

  • bemorlarni mustaqil ko`rishga o`rgatish.

  • kasallik tarixi, ambulator kartalar va boshqa tibbiy hujjatlarni to`ldirishga o`rgatish.

  • sindromal hamda tashxisot va davolash algoritmlari asosida o`qitish yordamida keng tarqalgan hamda kam uchraydigan kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishni o`rgatish.

  • tashxisot va davolash algoritmlari asosida mustaqil holda tashxis qo`yish va favqulotda sharoitlarda tezkor yordam ko`rsata olishga va statsionar sharoitda davolanishga ko`rsatmalarni aniqlashga o`rgatish.

  • aholini profilaktika, dispanserizatsiya va sog`lomlashtirish uslublariga o`rgatish.

Fan bo`yicha talabalarning bilim ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi.
Talaba:

  • aseptika va antiseptika qoidalarini

  • desmurgiyani

  • transfuziologiya asoslarini

  • shoshilinch va rejali xirurgik operatsiyalarni bajarish usullari

  • ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i operatsiyalari

  • travmatologiya asoslarini

  • kombustiologiya asoslarini

  • mahalliy va umumiy xirurgik infektsiya va xirurgik parazitologiyani

  • angioxirurgiya tashxislash va davolash usullari

  • transplantologiya, plastik va estetik operatsiyalarni

  • kichik invaziv va yuqori texnologik operatsiyalarni

  • bolalar xirurgiyasini tibbiyotd axamiyatini

  • gibrid va robototexnik operatsiyalar to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi;

  • Bosh miya, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i a’zolari shikastlanishida,

  • suyaklar sinishi va bo`g`imlar chiqishida,

  • yumshoq to`qimalarni ochiq va yopiq shikastida,

  • nafas olish va yurak faoliyati to`xtashida,

  • shok,

  • kollaps,

  • qoqsholda xuruji va boshqa kritik holatlarda birinchi yordam ko`rsatish usullarini.

  • Tez-tez uchraydigan jarrohlik kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni erta tashxislashni va samarali davolashni, reabilitatsiyasini ta’minlash.

  • Ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i a’zolarining o`tkir jarrohlik kasalliklaridagi klinik belgilarini erta va to`g`ri aniqlash.

  • Operatsiya talab qiluvchi ko`p uchraydigan surunkali jarrohlik kasalliklarining belgilarini erta va to`g`ri aniqlash.

  • Yuqorida ko`rsatilgan holatlarda mos, samarali va maqsadga muofiq davo choralarini o`tkazish.

  • QVP da qilishning iloji bo`lmaydigan xolatlarda barcha chora-tadbirlarni o`tkazish uchun to`g`ri va o`z vaqtida yo`llanma berishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

      • Qo`llarni oqar suv ostida yuvish texnikasi

      • Steril xalatni kiyish bosqichlari

      • Steril qo`lqoplarni kiyish bosqichlari

      • Rumolli bog`lamlar qo`yish texnikasi bosqichlari

      • “Chepets” bog`lami: ko`rsatmalar va qo`yish ketma ketligi.

      • Gippokrat qalpoqchasini qo`yish texnikasi

      • Yugansimon bog`lamni qo`yish texnikasi

      • Barmoq bilan qon tomirlarni bosib qon to`xtatish sohalari

      • Esmarx jgutini qo`yish texnikasi

      • Yumshoq to`qimalar yopiq shikastlanganda birinchi yordam bosqichlari

  • Oshqozonga zond o`rnatish va yuvish.

  • Sifon xukna bajarish texnikasi.

  • To`g`ri ichakni barmok yordamida tekshirish.

  • “Yo`tal turtki” belgisi aniqlash.

  • Magistral qon tomirlarda pulьsatsiyani aniqlash.

  • Qo`l arterial bosimni o`lchash

  • Oyoqda arterial bosimni o`lchash.

  • Blekmor zondini o`rnatish.

  • Plevral punktsiya bajarish texnikasi.

  • Varikoz kasalligida klapan yetishmovchiligi, yuzaki, chuqur va perforant venalarni faoliyatini o`rganuvchi sinamalarni bajarish (Troyanov-Trendelenburg, Delьbe-Pertes, Pratt-2).

  • Oyoqlarni elastik bintlash.

  • Tashqi arterial va venoz qon ketishni to`xtatish.

  • Ochiq pnevmotoraksda okklyuzion boglam kuyish.

  • Karbunkulni ochish

  • Lipomani olib tashlash (ateroma)

  • Onixokriptozda jarrohlik taktikasi

  • Yiringli jarohatga ishlov berish

  • Tishlangan, chaqilgan jarohatlarda birinchi tibbiy yordam

  • Panaritsiyda birinchi jarrohlik yordami.

  • Qoqshol profilaktikasi va tibbiy yordam.

  • Bemorni kuratsiya qilish;

  • Elefant sinamasi (o`tkazish texnikasi)

  • Qizilo`ngach zondlash (o`tkazish texnikasi)

  • Rentgenografiya Trendelenburga xolatida va uni o`tkazish texnikasi.

  • Fistulografiya kindik oqmalarida va uni o`tkazish texnikasi

  • Rentgenografiya Vangenstinu usulida va uni o`tkazish texnikasi.

  • Pellera-Sitkovskogo usulida punktsiya o`tkazish texnikasi

  • Bronxoskopiya, bronxografiya - o`tkazish texnikalari.

  • Splenoportografiya, splenomanometriya.

  • Ezfagogastroduodenoskopiya.

  • Siydik qopini kateterizatsiya o`tkazish texnikasi.

  • Miktsion tsistografiya o`tkazish texnikasi.

Kasallik tarixini shakllantirish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.



Yüklə 101,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin