2. AMALIY MAShG`ULOTLARDA O`TILADIGAN MAVZULAR MAZMUNI.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg`ulotlarda talabalar dars jadvaliga binoan 22 kun tsikl mashgulotlar o`tkaziladi. Fan bo`yicha mashg`ulotlar 50% nazariy (ma’ruza va amaliy mashg`ulot) va 50% amaliy qism (o`quv klinik amaliyot)dan iborat bo`lgan holda o`tkaziladi. Amaliy mashg`ulotning nazariy va amaliy qismi o`zaro bog`liq holda o`tkaziladi. O`qituvchi mashg`ulotga kirgandan so`ng talabalar savoliga javob beradi. Bunda xar bir talaba bir necha savol tayyorlab kelsa maqsadga muvofik bo`ladi. Yangi mashg`ulot mavzusining nazariy qismi to`la muxokama qilingandan so`ng darslar bemor yonida, bog`lov xonasida, operatsiya xonasida yoki muolajalar xonasida davom ettiriladi. Ko`rsatilgan xonalarda xam talabalar bilan mavzu aktiv (talabalarga nisbatan) va o`zaro muxokoma ko`rinishida olib boriladi. Mashg`ulot oxirida yana savol javob o`tkazilib xar bir talabaning erishgan ballari e’lon kilinadi. Mavzuga asoslanib turli kasalliklar va ularni davolash va klinik xolatlarni o`rganadilar.
Tarqatma materiallar strukturasi: Har bir mavzuga: 1. Prezentatsiyalar (mavzuga oid);
2. Kontrol savollar (tuzilgan bilet har bir talaba uchun);
3. Vaziyatli masalalar (har bir talaba uchun);
4. Testlar (tuzilgan variant № 1-10gacha (har bir gurux uchun);
5. Retseptlar (har bir tematik dars uchun);
6. Laborator taxlillar
7. Videoroliklar (amaliy ko`nikmalar bo`yicha);
8. “Amaliy ko`nikmalar” ni kadamma-kadam bajarish mexanizmi.
9. R-grammalar, tomogrammalar, EKG, EEG, UTT, fotolavxalar, kasallik tarixi va boshqalarni mavjudligi.