Metod bajarilib bo’lingandan so’ng lokal o’zgaruvchilar o’z axamiyatini yo’qotadi. Bundan
tashqari lokal o’zgaruvchilariga metod tashqarisidan murojaat qilib bo’lmaydi.
Java dasturlash tilida bitta klass ichida bir xil nomga ega bir nechta metodlarni e’lon qilish
xam mumkin. Ushbu printsip
metodni qayta e’lon qilish
deb nomlanadi. Faqatgina qayta e’lon
qilingan metod xar xil son va turdagi argumentlarni qabul qilishi shart. Metod chaqirilganda
kompilyator metod qabul qiladigan argumentlariga qarab ushbu metodlar ichidan kerakligini
ishga tushiradi. Masalan,
public class QabulQilinganQiymat
{
public void qiymat(String s)
{
System.out.println(“birinchi metod”);
System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + s);
}
public void qiymat(int x)
{
System.out.println(“ikkinchi metod”);
System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + x);
}
}
dasturida
qiymat(“tekshiruv”);
metodi chaqirilsa dastur ekranga
birinchi metod
qabul qilingan qiymat – tekshiruv
chiqarib beradi. Agar,
qiymat(5);
metodi chaqirilsa dastur ekranga
ikkinchi metod
qabul qilingan qiymat – 5
chiqarib beradi.
Dostları ilə paylaş: