O’zgaruvchilar Java dasturlash tilida o’zgaruvchini qo’llashdan oldin uni e’lon qilish kerak bo’ladi. E’lon
qilish jarayoinida kompyuterga ushbu o’zgaruvchida qanday turdagi ma’lumot saqlanilishi
aytilib o’tiladi. Masalan,
int elementlarSoni;
double elementYuzasi, elementHajmi;
Birinchi misol elementlarSoni o’zgaruvchisi int turdagi qiymatlarni olishini e’lon qiladi. int butun sonlarni anglatadi. Ikkinchi misol elementYuzasi va elementHajmi o’zgaruvchilarni double turdagi qiymatlarni qabul qilishini e’lon qiladi. double ratsional sonlarni anglatadi. Ushbu
misoldan ko’rinadiki, bir turdagi o’zgaruvchilarni vergul bilan ajratib bir qatorda e’lon qilish
mumkin.
Java dasturlash tili xarflar (char), xar-xil turdagi butun (byte, short, int, long) va ratsional
sonlar (float, double), mantiqiy qiymatlarni (boolean) asosiy qiymat turlariga kiritadi. Bu asosiy
qiymatlar turi sodda qiymatlar deb ataladi. Quyidagi jadval Java sodda qiymatlarini ko’rsatadi.
Tur nomi Qiymati Ishlatadigan xotira Qiymat chegarasi boolean
true yoki false
1 byte
char
Bitta xarf
2 byte
Barcha Unikod xarflari
byte
Butun son
1 byte
-128 dan 127 gacha
short
Butun son
2 byte
-32768 dan 32767 gacha
int
Butun son
4 byte
-2147483648 dan 2147483647 gacha
long
Butun son
8 byte
-9223372036854775808 dan
9223372036854775807 gacha
float
Ratsional son
4 byte
-3.40282347*10
+38
dan -1.40239846*10
-45
gacha
double
Ratsional son
8 byte
±1.76769313486231570*10
+308
dan
±4.94065645841246544*10
-324
gacha