Java 2se dasturlash tili


Dasturlash muhitini tanlash



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/42
tarix24.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#89556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
 
Dasturlash muhitini tanlash 
Java dasturlash tilida dastur yozish uchun quyidagi uch xil muhitdan foydalanish mumkin: 
- Java Dasturlash Vositasi va biron-bir matn muxarriri (masalan, Notepad); 
- Integrallashgan Dasturlash Muhitidan foydalanish (masalan, Eclipse); 
- Java Dasturlash Vositasi va u bilan integrallashgan matn muxarriridan foydalanish 
(masalan, TextPad); 
Integrallashgan Dasturlash Muhitlari asosan ko’plab birlamchi kod fayllaridan iborat 
dasturlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ushbu dasturlash muhitlari dasturlashni 
osonlashtirish uchun ko’plab uskunalarni o’z ichiga oladi, masalan xatoliklarni aniqlovchi 
(debugger) va versiyalarni boshqaruvchi tizimlar. 
Sodda dasturlarni tuzish uchun biror-bir matn muxarriri yoki Java Dasturlash Vositasi bilan 
integrallashgan matn muxarriri qo’llash mumkin. Birinchi xolatda dasturning birlamchi kodi 
matn muxarriri yordamida kiritiladi va komanda qatori orqali kompilyatsiya qilinadi va ishga 
tushiriladi. Ikkinchi xolatda dasturning birlamchi kodi integrallashgan matn muxarriri yordamida 
kiritiladi va muxarrir ichida kompilyatsiya qilinadi va ishga tushiriladi. 


Sodda Java dasturi 
Java dasturlash tilida yozilgan, konsol oynasiga matnni chiqarib beruvchi quyidagi sodda 
dastur kodini ko’rib chiqamiz: 
public class HelloWorld 

public static void main(String[] args) 

System.out.println("Hello World!"); 


Ushbu dasturni kodini matn muxarriri yordamida kiritib HelloWorld.java fayliga saqlaymiz. 
So’ngra javac kompilyatori yordamida kommanda satrida dasturni kompilyatsiya qilamiz: 
Java kompilyatori yordamida birlamchi kodni kompilyatsiya qilish 
Natijada HelloWorld.java fayli joylashgan joyda HelloWorld.class nomli fayl xosil bo’ladi. 
So’ngra java buyrug’i yordamida Java Virtual Mashinasini ishga tushiriladi va HelloWorld.class 
faylida joylashgan baytkod bajariladi. 
Java Virtual Mashinasi yordamida baytkodni ishga tushirish 
Korib turilganidek dastur konsol oynasiga “Hello World!” matnini chiqarib berdi. 


Endi ushbu dasturning birlamchi kodini taxlillab chiqamiz. Java dasturlash tilida barcha 
dastur elementlari class ichida joylashadi. Bizning xolatda class quyidagicha e’lon qilingan: 
public class HelloWorld 

... 

Bu yerda 
public
kalit so’zi ushbu klassni murojaat o’zgartiruvchisi xisoblanib u ushbu class 
elementlariga murojaat darajasini belgilaydi. 
HelloWorld
ushbu klass nomini belgilaydi. Java 
dasturlash tilida class nomi xarf bilan boshlanishi va undan keyin xarf va sonlar 
kombinatsiyasidan iborat bo’lishi mumkin. Klass nomi sifatida Java kalit so’zlarini ishlatib 
bo’lmaydi. Bundan tashqari klass joylashgan fayl nomi 
public
murojaat o’zgartiruvchili klass 
nomi bilan bir xil bo’lishi va java kengaytmasiga ega bo’lishi kerak. Xususan, bizning sodda 
dasturimiz joylashgan fayl nomi HelloWorld.java bo’ladi. 
Java dasturini ishga tushirish uchun Java virtual mashinasi xar doim dasturning 
main
metodida joylashgan dastur kodini bajarishdan boshlaydi. Demak, klass ishga tushirilishi uchun 
unda 
main
metodi mavjud bo’lishi kerak. Yuqoridagi misolda 
main
metodi quyidagi ko’rinishga 
ega: 
public static void main(String[] args) 

System.out.println("Hello World!"); 

Bu yerda, 
main
metodida joylashgan 
System.out.println("Hello World!"); 
qatori konsolga 
Hello World!” matnini chiqarib beradi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin