• Avtomatik xotira menejmenti (keraksiz ob’ektlarni yig’ishtirish)
• Tarmoq
va xavfsizlik xususiyatlari
• Platformaga bog’liq emaslik
Java dasturlash tili nisbatan yangi dasturlash tili xisoblansada ayni vaqtda boshqa dasturlash
tillari singari mavjud imkoniyatlari bilan bir o’rinda turadi.
Java dasturlash tili kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi til xisoblanadi. Java birlamchi
kodi avval kompilyator yordamida sodda ikkilik instruktsi, bayt-kodga o’giriladi. Ushbu bayt-
kod Java virtual mashinasi uchun dastur amallarini bajarish uchun ko’rsatma bo’lib xizmat
qiladi. Bayt-kod universal bo’lib turli platformalar uchun maxsus yaratilgan barcha Java virtual
mashinalari yordamida bajarilishi mumkin. Bu o’z navbatida Java dasturini platformaga bog’liq
bo’lmasligini ta’minlaydi.
Aksariyat zamonaviy dasturlash tillari inson uchun unda dastur yozishi va tushinishini
osonlashtirib tuzilgan. Bunday dasturlar yuqori-darajali dasturlash tillari deb ataladi. Kompyuter
tushunadigan tilni mashina tili deb ataladi va ular past-darajali tillar deb ataladi.Yuqori-darajali
dasturlash tilida yozilgan dasturni kompyuterda ishga tushirishdan oldin
uni mashina tiliga
o’girib olish kerak. Bunday o’giruvchi dasturni kompilyator va o’girish jarayonini
kompilyatsiya
deb ataladi.
Aksariyat dasturlash tillarining bitta kamchiligi bu ularning kompilyatorlari yuqori-darajali
dasturlash tilida yozilgan dasturni to’g’tidan-to’g’ri mashina tiliga o’giradi. Xar-hil kompyuterlar
xar-hil mashina tilini ishlatishi sababli xar-bir kompyuter turi uchun o’zining maxsus
kompilyatori zarur bo’ladi. Java dasturlash tili kompilyatsiyaga boshqacha yondashadi.
Java kompilyatori dasturni aniq bir kompyuterning mashina kodiga tarjima qilmaydi. Buni
o’rniga kompilyator dasturni
bayt-kod deb nomlanuvchi tilga o’giradi. Bayt-kod
aniq bir
kompyuterning mashina kodi xisoblanmaydi. Bayt-kod Java virtual mashinasining mashina kodi
xisoblanadi. Java virtual mashinasi o’z navbatida bayt-kodni o’zi joylashgan kompyuterning
mashina kodiga o’girib amalga oshiradi.
Java dasturini bajarish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo’ladi. Dasturchi birlamchi kodni
java kengaytmali faylga saqlaydi. So’ng, Java kompilyatori yordamida birlamchi kodni
kompilyatsiya qilib
class kengaytmali fayl xosil qiladi. Xosil bo’lgan faylni Java interpretatori
yordamida bajaradi.
Java dasturlash tilida dastur tuzish va uni ishga tushirish jarayonini
quyidagi misol
yordamida ko’rib o’tamiz. Ushbu misolda keltirilgan kod sintaksisi va operatorlariga emas, balki
dastur tuzish va ishga tushirish jarayoniga e’tibor qilamiz. Shartli ravishda dasturlash jarayonini
3 boshqichga bo’lib olamiz:
Dostları ilə paylaş: