Javascript


JavaScript da var ni qachon ishlatish kerak?



Yüklə 49,17 Kb.
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü49,17 Kb.
#124030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3Mavzu mustaqil ish

JavaScript da var ni qachon ishlatish kerak?


Har doim JavaScript o'zgaruvchilarini var va let yoki const bilan e'lon qiling. var kalit so'zi 1995 yildan 2015 yilgacha barcha JavaScript kodlarida qo'llaniladi. let kalit so'zi 2015 yildan boshlab JavaScript kodlarida qo'llaniladi. Agar siz eski browser ishlatsangiz u holda var kalit so'zidan foydalanishingiz zarur bo'ladi.
JavaScriptda o‘zgaruvchilarga hech qanday tip biriktirilmaydi. Biron-bir tipdaqi qiymatni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘zgaruvchiga boshqa tipdagi qiymatni bersangiz hech qanday xatolik yuz bermaydi va o‘zgaruchi yangi tipni o‘zlashtirib oladi. Shuning uchun JavaScriptni ba’zida tipizatsiyaga ega emas deyishadi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri, JavaScript tipizatsiyaga ega va u “dinamik tipizatsiya” qoidalari asosida ishlaydi.
O‘zgaruvchidan foydalanish uchun uni avval e’lon qilish kerak. JavaScriptda buni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin: varlet yoki const kalit so‘zlari orqali. Bularning har biri turli maqsadlarda ishlatiladi.

var orqali e’lon qilish


ES2015 gacha var o‘zgaruchini e’lon qilishning yagona yo‘li bo‘lgan.
var a = 0
Agar var so‘zini qo‘yishni unutsangiz, siz e’lon qilinmagan o‘zgaruvchiga qiymat berayotgan bo‘lasiz va natija siz kutgandek bo‘lmaydi. Zamonaviy muhitlarda yoki strict rejimi yoqilgan bo‘lsa, yuqoridagi holatda xatolik yuz beradi. Eski muhitlarda (yoki strict rejimi o‘chirilgan bo‘lsa), o‘zgaruvchini initsializatsiya qiladi va global obyektga biriktirib qo‘yadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun, initsializatsiya — o‘zgaruvchiga dastlabki qiymatni o‘zashtirish jarayoni.
o‘zgaruvchini e’lon qilganda uni initsializatsiya qilmasangiz, u undefined qiymatini o‘zlashtiradi va unga yangi qiymat bermaguningizcha bu holatni saqlab turadi.
var a // typeof a === ‘undefined’
Bir o‘zgaruvchini bir necha marta e’lon qilishingiz mumkin, bunda oldingisi inkor qilinadi:
var a = 1
var a = 2
Bir qatorda bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilishingiz ham mumkin:
var a = 1, b = 2
Dasturlashda “scope” tushunchasi mavjud, o‘zbek tiliga ko‘rinish sohasi deb tarjima qilsak bo‘ladi (IMHO). Ko‘rinish sohasi deganda o‘zgaruvchi ko‘rinadigan va foydalansa bo‘ladigan dastur qismi tushuniladi.
Funksiyadan tashqarida var orqali e’lon qilingan o‘zgaruvchi global obyektga biriktiriladi va global ko‘rinish sohasiga ega bo‘ladi. Bunday o‘zgaruvchidan dasturning istalgan qismida foydalanishingiz mumkin. Agar var orqali funksiya ichida e’lon qilsangiz, o‘zgaruvchi funksiyaga biriktirladi va u faqat funksiya ichida ishlaydi, funksiya parametri kabi.
Agar funksiya ichida global obyektdagi o‘zgaruvchi bilan bir xil nomdagi o‘zgaruvchi e’lon qilsangiz, funksiya ichidagi ustunlikka ega bo‘ladi va global o‘zgaruvchini inkor qilib yuboradi.
Shuni ta’kidlash muhimki, { } qavslar bilan ajratilgan blok yaratganiz bilan ko‘rinish sohasi (scope) yaratilmaydi. Funksiya yaratganingizdagina ko‘rinish sohasi yaratiladi, chunki var blok ko‘rinish sohasiga ega emas, balki funksiyaviy ko‘rinish sohaga ega.
Funksiya ichida e’lon qilingan o‘zgaruvchi funksiya bo‘ylab istalgan joyda ishlatilishi mumkin. Hattoki, funksiya ohirida e’lon qilsangiz ham funksiya boshida undan foydalanish mumkin, chunki JavaScript kodni bajarishdan oldin barcha o‘zgaruvchilarni yuqoriga ko‘chiradi. Lekin chalg‘ib ketmaslik uchun o‘zgaruvchini funksiya boshida e’lon qilganingiz ma’qul.

Yüklə 49,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin