Javob: Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi



Yüklə 85,88 Kb.
səhifə25/30
tarix21.12.2023
ölçüsü85,88 Kb.
#188828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Kompyuter tarmoqlari oraliq nazorat javoblari. Tarmoq topologiya-hozir.org

Asosiy yo'riqnoma: WANning atrofida emas, balki uning o'rtasida yoki orqa qismida joylashgan yo'riqnoma. Ushbu rolni bajarish uchun yo'riqnoma WAN yadrosida foydalanishda eng yuqori tezlikdagi bir nechta telekommunikatsion interfeyslarni qo'llab-quvvatlashi kerak va u ushbu interfeyslarning barchasida IP-paketlarni to'liq tezlikda yo'naltirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Router shuningdek, yadroda ishlatiladigan marshrutlash protokollarini qo'llab-quvvatlashi kerak.


  • IPv4 VA IPv6 PROTOKOLLARI VA ULARNING PAKET STRUKTURALARI.


Javob:
IPv4 protokoli
Zamonaviy Internet tarmog’ida IP protokolining to’rtinchi versiyasi ishlatiladi. Bu versiyali IP protokolida har bir tarmoq tugunlarida(marshrutizatorlarda) mos rashivda uzunligi 4 oktetli(4 baytli) IP – adres ishlatiladi. Bunda tarmoq osti kompyuterlari umumiy boshlang’ich bit adreslar orqali bog’lanishadi. Bu bitlar soni berilgan tarmoq osti uchun umumiy hisoblanadi va tarmoq osti maskasi deb ataladi.
Paketning to‘liq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlavha va foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy uzunligini belgilaydi. Paketning to‘liq uzunligi 65535 bayt (216-1 65 535)gacha yetishi mumkin. Umumiy identifikator maydoni (Identification) tarmoqlararo deytagrammalar fragmentlarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Bayroq (Flag) maydoni deytagrammalarni fragmentatsiyalash imkoniyatini ta’minlaydi hamda fragmentatsiyadan foydalanishda deytagrammaning so‘nggi fragmentini identifikatsiyalash imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada bo‘lib, 1 esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi, 2 biti mazkur fragment so‘nggisi yoki so‘nggisi emasligini aniqlaydi.
IPv6 protokoli
Hozirgi vaqtda IPv6 ning keng qamrovli qo’llanishi tadbiq qilinmoqda. Bu versiya IPv4 dan adreslarning razryadi ko’p, o’rnatilgan shifrlash imkoniyatiga va tugunlar soni bilan farqlanadi.
IPv6 adreslarini matn satrlari ko‘rinishida ifoda etishning uchta standart shakllari mavjud:


  • Asosiy shakli x: x: x: x: x: x: x: x ko‘rinishiga ega. Bunda «x» — 16 bitlik — o‘n oltilik sonlar. Misollar:


FEDC:BA98:7654:3210:FEDC:BA98:7654:3210
1080:0:0:0:8:800:200С:417А



  • IPv6 adreslari ayrim turlarida ko‘pincha o‘zlarida nolli bitlarning uzun ketma-ketligini mujassamlashtiradi. Nol bitlik adreslar yozuvini qulayroq qilish uchun, ortiqcha nollarni olib tashlash uchun maxsus sintaksis nazarda tutilgan. « :: » yozuvidan foydalanish 16 ta nollik bitlardan iborat guruhlar borligiga ishora qiladi. « :: » kombinatsiyasi faqatgina adres yozilishida paydo bo‘lishi mumkin. « :: » ketma-ketligi, shuningdek, yozuvdan adresdagi boshlang‘ich va yakunlovchi nollarni olib tashlash uchun foydalanilishi mumkin. Masalan:


1080:0:0:0:8:800:200С:417А unicast adres
FF01:0:0:0:0:0:0:43 multicast adres
0:0:0:0:0:0:0:1 teskari aloqa adresi



  • quyidagi ko‘rinishda ifoda etilishi mumkin:


1080::8:800:200С:417А unicast adres
FF01::43 multicast adres
:: 1 teskari aloqa adresi

1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin