Abonent kirish tarmoqlari yoki kirish tarmog'i - bu abonentlarni bevosita xizmat ko'rsatuvchi provayder bilan bog'laydigan telekommunikatsiya tarmog'ining turi. Yadro tarmog'idan farqli, bu tarmoq mahalliy provayderlarni bir-biri bilan bog'laydigan. Kirish tarmoqlari bir necha usul (active Ethernet, passiv optic, gibrid, xDSL, 3G/4G, CaTV)larga asosan quriladi va shu sababli ham har bir usulning taqdim etadigan imkoniyatlari mavjud, masalan yuqori tezlik, ishonchlilik, mobillilik.
Javob: IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) – elektrotexnika va radioelektronika injenerlari institute. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi. Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo‘linadi: LLC (Logical Link Control) - ma'lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi.
MAC (Media Access Control) - ma'lumotlarni uzatish muhitiga bog‘lanishni boshqarish sath osti sathi.
802.3 - Ethernet, ma'lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT standartlarini ishlab chiqish bo‘limi; 802.3 standartiga asosan - Fast Ethernet tarmog‘i uchun fizik sathining uch xil spesifikasiyasi ishlab chiqilgan: 100Base-TX - beshinchi kategoriyali ikkita juftli (to‘rtta simli) ekranlanmagan o‘ralma juftlik (UTP) yoki Type 1-li ekranlangan o‘ralma juftlik (STP) kabeli uchun.
100Base-T4 - uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi kategoriyali to‘rtta juftli (sakkizta simli) ekranlanmagan o‘ralma juftlik (UTP) kabeli uchun.
100Base- FX - ikkita tolali optik kabel uchun.
802.11 - Wireless Networks, simsiz tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish bo‘limi; Simsiz tarmoq texnologiyalari 802.11 standarti xisoblangan WiFi texnologiyasi misolida kurib chikamiz. 802.11 standarti simsiz lokal tarmoqlarining ikki xil topologiyasi mavjud: BSS – bazaviy yoki asosiy xizmatlar to‘plami ko‘rsatiladigan tarmoq (Basic Servis Set). Bu tarmoqda bazaviy stansiya, barcha foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan stansiya (ulanish nuqtasi, antenna yoki kommutator) bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar, ya'ni tarmoqdagi komp'yuterlar - o‘zlarida o‘rnatilgan simsiz tarmoq adapterlari yordamida, o‘zaro bevosita axborot almashinadilar . BSS tarmog‘iga kirish uchun - tarmoqqa ulanish muolajasini bajarish kerak.
YeSS – kengaytirilgan (qo‘shimcha) xizmatlar to‘plami qo‘rsatadigan tarmoq (Extended Servis Set – YeSS). Bu tarmoq taqsimlangan muhit bilan birlashtirilgan bir nechta BSS tarmoqlardan iborat bo‘ladi.