84.Statistik grafiklarni yasash. Tayanch iboralari: masshtab, shkala (to‘g‘ri va egri chiziqli), me’yor, raqamli setka, kordinatalar tizimi, grafik maydoni, geometrik beliglar. JAVOBI:Shkala tayanchi to`g`ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo`lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar to`g`ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo`linadi. To`g`ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg`ich (lineyka) misol bo`la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko`p o`lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega.
Masshtab – ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbat-larga aylantiruvchi shartli me`yordir.Shkala – shunday chiziqki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlarini anglatadi.
85.Mutlaq ko‘rsatkichlar va ularning turlari. Tayanch iboralari: oddiy miqdorlar, guruh miqdorlari, murakkab miqdorlar. JAVOBI: Mutlaq korsatkichlar organilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir
xilligini, monandligini, oxshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki
belgilarning kolami, soni, hajmi, darajasi, makon va zamonda taqsimlanish sonini
ifodalaydi. Ular ayrim hodisa yoki belgilar uchun va ularning toplami uchun
hisoblanadi. Birinchi holda mutloq miqdorlar bevosita statistik kuzatish natijasida
shakllanadi, masalan: royhatga oilingan shaxsning yoshi, malum ishchi ishlangan
soati, u ishlab chiqargan mahsulot miqdori va h.k. Ikkinchi holda ular kuzatish
materiallarini qayta ishlash, guruhlash, jamgarish natijasida yuzaga chiqadi.
Mutloq miqdorlar turli olchov birliklarida ifodalanadi. Organilayotgan hodisa
yoki belgilarning tabiati va hisoblashda kozlangan maqsadga qarab ular natura
shaklida, shartli natura birliklarida hamda pulda olchanadi. Bir jinsli va hilli
hodisalarni hisoblashda natura birliklari qollanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan gaz
mol uzunlik birligida (m, km), qazib olingan komir ogirlik birligida (kg, t), gaz esa
hajm birligida (m3 , km3), qurilgan uy sathi yuza birligida (m2 ), hudud maydoni esa km2 da, ekin maydoni gektarda (ga) olchanadi. Murakkab hodisalar, masalan,
tubinalar, dona va quvvat birligida (ot kuchi yoki kvt) hisoblanadi. Ammo natura
birliklari hodisalarni jismoniy miqdorini aniqlab ularning sifatini hisobga olmaydi.
Bir jinsli yurli sifatga ega bolgan hodisalar toplami shartli natura birliklarida
olchanadi. Buning uchun biror muhim belgi bu hodisalar asosida tuzilgan shartli birli qilib olingan hodisaga aylatirish koeffitsiyentlari tuzilib chiqiladi, songra ayrim hodisalar jismoniy miqdorini ularga kopyatirib olingan natijalar jamlanadi. Statistika amaliyotida, masalan, traktorlar shartli etalon traktorlarda, yuk vagonlari ikki oqli vagonlarga, ishlab chiqarilgan sovunlar 40% yogliqlikga aylantirib olchanadi. Sharti natura birliklari yordamida turli jinsli hodisalarning miqdorini aniqlab bo`lmaydi, chunki ular umumiy muhim tabiiy belgiga ega emas. Bu holda
hodisalarning umumiy hajmi pulda ifodalanadi.