88.Nisbiy miqdorlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Tayanch iboralari: dinamika, tuzilma, taqqoslash, solishtirma, jadallik miqdorlari. JAVOBI: Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi
o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim.
Ushbu davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkiclar bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning bir-biriga nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi. Demak nisbiy
miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga
taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor,
mahrajda - esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.Nisbiy miqdorlardan
xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi. Shuning uchun ham nisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini, to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun, joriy yil (ushbu davrdagi) ma’lumotlar taqqoslanadi. Xodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun, ularning bir necha yil (o‘tgan davrlar) mobaynidagi miqdorlari taqqoslanadi
89.Statistik taqqoslash turlari. Tayanch iboralari: dinamikada taqqoslash, fazoda taqqoslash, reja va shartnoma bilan taqqoslash, ob’ektlar bo‘yicha taqqoslash, hududlar bo‘yicha taqqoslash. JAVOBI: Statistik ko’rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. N.Soatov statistik ko’rsatkichni o’rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir 1 deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko’rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko’pchilik qo’shiladi.Statistik ko’rsatkichlarni shakllantirishda, hisoblashda, o’rganilayotgan hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:
1.iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar bilan bog’liqligi; 2.ko’rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama to’liqligi; 3.boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash; 4.hodisa va predmetlarni o’rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi bo’laklarga bo’lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil qilish.Ma’lumki, o’rganilayotgan predmetni xayolan bo’laklarga bo’lish tahlil deyiladi; 5.tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash; 6.induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko’rsatkichlarni hisoblashda fikrni 7.yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatning ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Statistik ko’rsatkichlar o’zaro: semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir. Statistik ko’rsatkichlarni semantik o’zaro bog’liqligi deganda ularni o’zaro ma’naviy bog’liqligi tushuniladi. Stoxastik- bu noto’liq bog’liqlik, ya’ni ko’rsatkichning o’zgarishi bir necha ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq, funktsional-omil ko’rsatkichning o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkich to’liq o’zgaradi. Statistik ko’rsatkichlar turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Bizning fikrimizcha ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Agarda ko’rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo’lsa, (masalan, yalpi ichki mahsulot) uni makroiqtisodiy ko’rsatkich deymiz. “Marjon” fermer xo’jaliga yetishtirilgan mahsulot hajmi bu mikroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Fermer xo’jaligida ishlayotganlarni ish staji o’rgansak. Bir kishini ish staji individual , ayollar va erkaklar bo’yicha ish staji guruhli, barcha xodimlarning o’rtacha ish staji umumiy ko’rsatkich hisoblanadi. Aniqlash usuliga qarab statistik ko’rsatkichlar yig’indi va hosilaviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Yig’indi ko’rsatkichlar hodisa birliklarini jamlash orqali hisoblanadi, hosilaviy ko’rsatkichlar esa mutloq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlarga bo’linadi. 90.O‘rtacha arifmetik miqdorlar va ularning qo‘llanish sohalari. Tayanch iboralari: oddiy arifmetik o‘rtacha, tortilgan arifmetik o‘rtacha, o‘rtacha va ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarni tahlil qilish. JAVOBI: Oddiy arifmetik o‘rtacha miqdorlar iqtisodda juda ko‘p qo‘llanadi.
Oddiy arifmetik o‘rtacha miqdorda o‘rtalashtirilayotgan alohida
miqdorlar (x) yig‘indisi, ularning soni (n) ga bo‘lib topiladi.
Lekin shuni ham aytib o‘tish lozimki, ko‘rsatgichlarni belgilashda
statistikaga oid adabiyotlarda bir xillik qo‘llanilmagan.
91.Oraliqli variatsion qatorlarda o‘rtacha arifmetikni hisoblash tartibi. Tayanch iboralari: qatorlarni aniqlash, qatorlarning yuqori va quyi chegaralarini, qatorlar soni, interval uzunligi. JAVOBI: Oraliqli qatorlarda o‘rtacha miqdor guruhiy o‘rtachalarni va ulardan umumiy o‘rtachani aniqlash yo‘li bilan topiladi, shuningdek nisbiy miqdorlar asosida ham ularni shu tartibda hisoblash mumkin.Buning uchun dastlab har bir oraliqli guruh uchun uning quyi va yuqori chegaralari yig‘indisining yarmiga teng qilib guruhiy o‘rtachalar hisoblanadi, so‘ngra butun qator bo‘yicha umumiy o‘rtacha aniqlanadi.Nisbiy miqdorlar qatori uchun o‘rtachani aniqlash masalasiga kelsak, u holda o‘rtacha miqdor mazmunan o‘rtalashtirilayotgan nisbiy miqdorlar singari mantiqiy tuzilishga ega deb qaralgandagina bu masala to‘g‘ri yechilishi mumkin