Telegram manzilimiz: @Tilshunos_talaba
“BALO”
so‘zining
sinonimiyasi
Balo
“Aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori
mahoratga egalik”ni ifodalash uchun qo‘llanadi,
ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos.
Usta
Aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan
qo‘llanadi.
Ustamon
Quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega.
Bilag‘on,
bilarmon
Bu
so‘zlarining
xususiyati ularning o‘zagidan
anglashib turadi.
Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega.
Chechan, epchil “Tez va oson bajarish mahoratiga egalik”ni bildiradi.
Uddaburon
“Ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik”ni ifodalash
uchun qo‘llanadi.
“BOSHLIQ”
so‘zining
sinonimiyasi
Boshliq
“Katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs” ma’nosida
ham, shuningdek, “uch-to‘rt kishidan iborat kichik
guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs”
ma’nosida ham qo‘llana oladi. Lekin “katta
xo‘jalik
(muassasa)
ish-faoliyatining
rahbari”
ma’nosida ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: