Telegram manzilimiz: @Tilshunos_talaba
RABOT
Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan
ma’lum
masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi
mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroqdagi turarjoy
SUYURG‘OL
Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga
saltanat oldida
ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yersuv, mol-mulk.
QIBLAGOH
1 Qibla tomon, qibla. 2 O‘ta hurmatga loyiq kishi (masalan, ota) va unga
murojaat shakli.
QURULTOY
1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mav jud bo‘lgan
turli harbiy
kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 2 O‘zbekistonda hozir: biror
soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan
katta
yig‘ilish.
KOSHIN
1.Chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plastinkasi.
2.Bir-biriga zich qilib yopishtirilgan
rang-barang shisha, marmar, tosh,
yog‘och va shu kabilardan yasalgan surat yoki naqsh.
Dostları ilə paylaş: