Telegram manzilimiz: @Tilshunos_talaba
JAVOHIRBEK TURSUNOV
10-SINF ONA TILI DARSLIGIDAGI
SINONIMLAR, AYRIM TARIXIY SO‘ZLAR VA
NEOLOGIZMLAR IZOHLI LUG‘ATI
ANDIJON – 2020.
Telegram manzilimiz: @Tilshunos_talaba
“OVQAT”
so‘zining
sinonimiyasi
Ovqat Odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi.
Taom
Faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi
va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega.
Oziq
“Odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat”
ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish
uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish
uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.
Xo‘rak Juda kam qo‘llanadi.
Yemish Juda kam qo‘llanadi.
Ne’mat Badiiy uslubga xos.
Tomoq -
“OVOZ”
so‘zining
sinonimiyasi
Ovoz
Odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi.
Tovush Odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz
predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo
bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi
Dostları ilə paylaş: |