Telegram manzilimiz: @Tilshunos_talaba
“KASAL”
so‘zining
sinonimiyasi
Kasal
U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz
narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi.
Betob, notob
Faqat odamlarga nisbatan ishlatiladi, “vaqtincha deb
tasavvur qilinadigan kasal” ma’nosini bildiradi. Notob
kam qo‘llanadi.
Bemor
Ijobiy
munosabat
ifodalaydi.
Bu so‘z oddiy
so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p qo‘llanadi.
Xasta
Nisbatan eskirgan.
Nosog‘
Juda kam qo‘llanadi.
Og‘riq
Kam qo‘llanadi.
“VATAN”
so‘zining
sinonimiyasi
Vatan
Bu so‘zda fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan
joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy
(hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning “yashash
joy”i bo‘yog‘i aks etib turadi.
Mamlakat
Ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda “yashash joyi”
bo‘yog‘i juda kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu
so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy
(birlashtiruvchi) hududni bildiradi.
Yurt
Ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud)
bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: