KULLIYOT
Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam.
KUNGARA
Qal’a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o‘xshatib
ishlangan
me’moriy bezak; dandana.
MADRASA
Diniy oliy o‘quv yurti.
MAQBARA
Qabr ustiga qurilgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut; dahma, sag‘ana.
NEOLOGIZMLAR (TILIMIZDA YANGI PAYDO BO‘LGAN SO‘ZLAR)
BIRIFING
Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot
vositalari vakillari bilan
rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masala dagi xulosalarni
qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.
DIVERSIFIKATSIYA Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish.
MODERNIZATSIYA Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish.
PARLAMENT
Demokratik
davlatlarda, asosan, saylov yo‘li
bilan tuziladigan oliy
vakillik va qonunchilik organi.
STRATEGIYA
Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; ijtimoiy-siyosiy hayotni
taraqqiy qildirishni, shuningdek, boshqaruvni uzoq muddatli, to‘g‘ri
va istiqbolli rejalashtirish. Masalan
, harakatlar strategiyasi
BARTER
Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga
tovar ayirboshlash va
shu haqdagi shartnoma.
BIRJA
Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan
yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli.
INVESTITSIYA
Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror
korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga capital qo‘yish,
kiritish va shunday kapitalning o‘zi.
MARKETING
1.Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va
iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan
tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi)
muammolari bilan
shug‘ullanuvchi soha. 2.Bozor ehtiyoji
talablaridan kelib chiqqan
holda korxonaning yangi mahsulotlar
ishlanmalarini tayyorlash,
tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish
bo‘yicha faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimi.