I bob. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash



Yüklə 17,04 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü17,04 Kb.
#131240

9- sinifda biologiyadan amaliy labaratoriya mashg’ulotlarini loyihalash
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash
1.1. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash
1.2. Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish
1.3. Amaliy va seminar mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish


I.BOB. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash
1.1. Amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalarini tayyorlash
tkazishAmaliy mashg`ulot darslari kasb-hunar kollejlarda o`quv jarayonining asosiy shakllaridan biri bo`lib unda, o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. Amaliy mashg`ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin, bular ma`ruza darsi mavjud bo`lgan va ma`ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (chet tili), o`tkaziladigan mashg`ulotlardir. Amaliy mashg`ulot darslari fanning dasturlari hamda tematik rejalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi. Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogic texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi pedagogic texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi, auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi. Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib boruvchi o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda nimalarga alohida e`tabor qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilgani va boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim. Seminar mashg`uloti talabalar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi. Har bir seminar mashg`ulotining rejalari va foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati ishchi dasturda to`liq aks etadi. Shuningdek, seminar mashg`ulotlarining rejalari kundalik dolzarb ma`lumotlar bilan boyitiladi, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Ayniqsa ijtimoiy – iqtisodiy fanlar bo`yicha seminar mashg`ulotlarining savollari kundalik yangiliklar va senat Oily majlis qarorlari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bo`yicha materiallar bilan to`ldiriladi. O`qituvchi har bir amaliy-seminar mashg`ulot darsi uchun zarur ko`rsatmali va tarqatmali materiallarni oldindan tayyorlab qo`yishi zarur. Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega.
Yüklə 17,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin