Telegram manzilimiz: @Tilshunos_talaba
AYRIM SO‘ZLAR IZOHLI LUG‘ATI
MA’DAN
1 Mineral. 2 Metall. 3 Ruda.
IMON
1 Xudoga bo‘lgan ishonch, e’tiqod; ko‘ngilda isho nish va tilda iqror qilish.
2 Umuman, ishonch.
GUHAR
Gavhar (qimmatbaho tosh,
marvarid, qimmatbaho
toshlarning umumiy
nomi).
GULSHAN
Gulzor, gulbog‘, chamanzor.
SAMAR(A)
Natija, hosila, foyda.
YOG‘IY
Dushman, g‘anim.
ISNOD
Uyatga yoki ta’naga qoldiradigan, nomiga dog‘ tushiradigan ish, shunday
ishdan keladigan uyatli holat.
MURID
Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs.
MURSHID
Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.
SHAYX
Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilim don kishilarga, so‘ngra
ulamo
va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik
muqaddas joylarning
mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan.
XONAQOH
1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi.
2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta xona va
uning atrofidagi hujralar.
G‘O‘CH
Shevaga oid so‘z. Mard, botir.
ABRO‘
Qosh.
OBRO‘
Hurmat, e’tibor, nufuz.
GANJ
1 Oltin, kumush; javohir; xazina. 2 ko‘chma Boylik,
mol-mulk, davlat;
qadr-qimmatli narsa.
Dostları ilə paylaş: