XIX asrning 50-yiIlarida Verdi oltita opera yozadi: «Rigoletto», «Trubadur», «Traviata», «Sitsiliya oqshomlari», «Simon Bokkanegra», «Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi eng mashhur operalar qatoridan o'rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin yaratilgan va musiqiy xarakteriga ko'ra, o'zaro yaqin bo'lgan bu asarlar o'ziga xos trilogiyani tashkil etadi.
«Rigoletto» operasi Viktor Gugoning eng yaxshi fojiasidan biri bo'lgan «Qirol ovunadi»ning sujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo dramasidagi ijtimoiy g'oya qiziqtiradi: ezgu fe'lli oddiy odam, katta fojialarni boshidan kechirgan saroy qiziqchisi Tribule yaramas fransuz qiroli Fransisko I ga qarshi qo'yiladi. Gyugo dramasini Parijda qo'yishga senzura qarshilik qiladi, u yaramas va iflos qirol obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko'rgan edi. Verdi harakatlarni Parijdan Italiyaning kich-
272 kinagina viloyati Mantuyaga ko'chiradi, fransuz qiroli Mantuan gersog bilan almashtiriladi. Harakatlanayotgan qahramonlarning nomlari ham o'zgartiriladi: Tribule o'rniga — Rigoletto, Blansh (Tribulening qizi) o'rniga Jilda qo'yiladi. Bu o'zgartirishlar dramaning asosiy g'oyasi: oddiy odamlarning axloqiy-ma'naviy pokizaligi va ezguligini aristokrat — gersogning iflosliklariga qarshi qo'- yishi yo'qotolmas edi. Asarda ijtimoiy tengsizlikfojiasi ham shundayligicha qoldirilgan. «Rigoletto»ning 1851-yilda Milandagi namoyishidan keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi — «Trubadur»ning ssenariysi ustidagi ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning sahna yuzini ko'rishi uchun ikki yilga yaqin vaqt ketdi.
«Trubadur»ning premyerasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda bo'lib o'tadi. «Taibadur» operasi Gutyeres dramasi asosida yozilgan bo'lib, unda o'n beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh etiladi. Verdining barcha operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan hamda xalq mulkiga aylangan kuylar juda ko'p. Butun Italiya Azuchenining «Alanga lovullaydi» ariyasjni kuylardi, u xalq qo'shig'iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko jangovar xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo'shiq maqomini oladi. Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta muvaffaqiyatlar bilan boshlangan bo'lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi barbod bo'ldi. Operaning barbod bo'lishi sababi «Traviata» sujetining o'sha zamon uchun noodatiyligida edi: o'g'il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol» dramasidagi bosh qahramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o'sha davr opera sahnasi uchun o'taketgan dag'allik bo'lib tuyulgan. Operaning g'oyasi — burjua jamiyatidagi ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma romani kabi meshchan burjua axloqining o'ziga xos qoralanishi bo'ldi. Unda Alfredni sevgan Violetta qurbon bo'ladi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi — awalida yengiloyoq fohisha kuchli hissiyotlar ta'siri os'tida qayta tug'iladi va tomoshabinlar ko'z oldida o'sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga bo'ysunishga va o'z muhabbatidan voz kechishga majbur bo'ladi. Operadagi qarama-qarshilikning asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy ma'no kasb etadi. Verdi o'zining barcha operalarida xalq hayotidagi maishiy qo'shiqlar va raqslar ohanglaridan keng foydalangan.
«Traviata»dagi qo'shiq-raqs janrlari
alohida obrazlar, tuyg'u va kechinmalar tavsifi uchun eng muhim
vosita bo'lgan. Operadagi chuqur demokratizm shundaki, uning
barcha dramatik harakatlari raqs va qo'shiqlar orqali o'z ifodasini
topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri katta rol o'ynagan.
1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta
namoyishi bo'lib o'tadi. Bu gal u «San Benedetto* teatrida qo'yi-
ladi. Opera katta shuhrat qozonadi: tinglovchilar uni tushunib-
gina qolmasdan, yaxshi ko'rib qolishdi. Tez orada «Traviata» Ita-
liya va dunyodagi eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shu-
nisi qiziqki, Verdining o'zi: «Siz qaysi operangizni ko'proq yaxshi
ko'rasiz», savoliga professional sifatida «Rigoletto»ni yuqori qo'-
yishini, havaskor sifatida esa «Traviata»ga mehri balandligini
ayub o'tgan.
1850—1860-yillarda Verdi operalari Yevropaning eng yirik
sahnalari yuzini ko'radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdir-
ning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos»,
Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi.
riga qarshi kurashi tarixi sujeti asosida yozilgan bo'lib, italyan
operalari xususiyatlari va fransuzlarning «katta opera» an'analari
bilan uyg'unlashtirilgan.
Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-
maskarad» operasidir, u 1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi
italyan tiliga tarjima qilingan bo'lib, shved qiroli Gustav III ga
qilingan suiqasd haqida bayon qilingan. Avstriya senzurasi, fran-
suz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan
tashvishlanib, operani taqiqlab qo'yadi, axir unda ham qirolga
suiqasd qilish va uni o'ldirish voqealari aks etgan edi-da! Verdi
voqealar yuz bergan joyni Shvetsiyadan Amerikaga ko'chirishga
majbur bo'ladi. Shved qirolini esa Boston gubernatori Richard
Varvikka aylantiradi.
Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining
Avstriya zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi
chuqur hamdardlik bilan Madzini va Garibaldilarning inqilobiy
faoliyatlarini ma'qullaydi. U 1860-yilda Italiyaning birinchi ijti-
moiy parlamenti a'zoligiga saylanadi. Shunday qilib, Verdining
nomi Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog'lanib
ketadi. Ijtimoiy va siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg'itar
274
edi. Biroz osoyishtalik topish uchun u ko'proq Santa-Agatadagi
villasida yashardi. 1859-yilda u opera qo'shiqchisi Juzeppine
Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining oxirigacha
sodiq do'st topgan edi.
60-yillarda Verdi bor-yo'g'i ikki opera yozadi. «Taqdirning
kuchi» operasi Peterburg Imperatori teatri direksiyasi buyurtmasi
bilan yozilgan. U 1843-yildan buyon doimiy ravishda Peterburgda
faoliyat ko'rsatadigan va favqulodda muvaffaqiyat qozonayotgan
italyan truppasi uchun mo'ljallangan edi.
Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko'rinib
turgan xususiyati bo'lib, ular har qanday chet elliklarga sajda qi-
lishardi. Italiya operalari rus poytaxtida saroy amaldorlari tomo-
nidan zo'rma-zo'rakilik bilan kiritilar ekan, rus klassik operasi
musiqiy hayotda munosib o'rin egallashi uchun xalaqit berar edi.
Rus klassik operalaridagi realizm, hatto Verdining «Rigoletto»,
«Trubadur» yoki «Traviata» singari eng mashhur asarlari realizmi
bilan solishtirilganida ham, ancha baland mavqega ega edi.
Odoevskiy, Stasov, Serov va Chaykovskiylarning Rossiyadagi
«italiyachilik»ka qarshi chiqishlari tarixan ilg'or harakatlar edi.
Shu bilan birgalikda, ular umumiy tarzda Verdining juda katta
qobiliyatini e'tirof etsalar-da, uning ijodiga bergan umumiy baho-
larida nohaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg juda sovuq
qarshi oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi hamda
holatlardagi musiqiy go'zalliklariga qaramasdan bu operani Ver-
dining eng yaxshi asarlari qatoriga kiritib bo'lmaydi. Operaning
muvaffaqiyat qozonmaganligining sababi librettoning nomuvo-
fiqligi bo'ldi, u ispan romantik dramalaridan o'zlashtirilgan edi.
Shunga qaramay operada yangi qirralar ham bo'lib, ular torn
ma'noda Verdining keyingi operalarida o'z aksini topdi. Bular:
orkestr dramaturgik vazifalarining ortishi, psixologik vaziyatlarda
nozik va,aniq bo'lib borayotgan garmoniyaning boyitilishi, leyt-
motivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning kuchi» operasi
Verdining ijodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi.
1862-yilda Verdi Londondagi Butunjahon ko'rgazmasi uchun
«Millatlar madhiyasi» kantatasini yozadi. Uning matni kompo-
zitor, shoir, Gyotening «Faust»i asosida «Mefistofel» operasini
yozgan Arrigo Boytoga tegishli edi. Keyinchalik Boyto Verdi-
ning so'nggi operalari librettosi muallifi bo'ladi. 1863-yil boshlarida
Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo'yish uchun boradi.