Jdpu sirtqi bulimi Amaliy psixologiya yunalishi 901 gurux Talabasi Urozova Nasibaning tayyorlagan taqdimoti


Bosh miyaning asosi va undan bosh miya nervlari ildizlarini chiqishi



Yüklə 32,78 Kb.
səhifə2/10
tarix14.12.2023
ölçüsü32,78 Kb.
#178824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bosh miya katta yarim sharlari pustlogʻining tuzulishi

Bosh miyaning asosi va undan bosh miya nervlari ildizlarini chiqishi.

Bosh miyaning asosi va undan bosh miya nervlari ildizlarini chiqishi.

1-bulbus olfactorius;

2-tractus olfactorius;

3-substantia perforata anterior;

4-tuber cinereum;

5-tractus opticus;

6-corpora mamillaris;

7-gangl. trigeminale;

8-substantia perforata interpeduncularis (posterior);

9-pons;

10-cerebellum;

11-pyramis;

12-oliva;

13-nn.spinalis;

14-n.hypoglossus;

15- n.accessories;

16-n.vagus;

17-n. glossopharyndeus;

18-vestibulocochlearis;

19-n. facialis;

20-n.abducens;

21-n. trigeminus;

22-n.trochlearis;

23-n.oculomotorius;

24-n.opticus;

25-n. olfactorii.

 


Til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo‘lib, uning og‘irligi o‘rtacha og‘il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo‘ladi. To‘rt yoshgacha miya, bo‘yiga va balandligiga bir tekis o‘sib, uning og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan so‘ng miya og‘irligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashkil qiladi. Bosh miyani ayrim qismlari bir xil o‘smaydi. Peshona va tepa bo‘laklari nisbatan tez o‘ssa, ensa bo‘lagi esa juda sekin o‘sadi.
Miya so‘g‘oni
Miya so‘g‘oni (truncus ensephali) tarkibiga uzunchoq miya (medulla oblangata), ko‘prik (pons) va o‘rta miya (mesencephalon) kiradi.
UZUNCHOQ MIYA
Uzunchoq miya (meddulla oblangata) orqa miyaning bevosita davomi bo‘lib, rombsimon miyaning pastki qismidir. Uning tashqi tuzilishi orqa miyaga, ichki tuzilishi bosh miyaga o‘xshagani uchun myelencephalon deb ataladi. Uning pastki chegarasi katta teshik sohasida yoki I juft orqa miya nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko‘prikning pastki chekkasida bo‘lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga to‘g‘ri keladi. Uzunchoq miyaning yuqori qismlari kengayib piyozcha shaklini olgani uchun uni miya piyozchasi (bulbus cerebri) deb ham ataladi.
Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a’zolari, hamda qon aylanish va nafas a’zolariga bog‘liq bo‘lgan jabra apparatlari bilan aloqada paydo bo‘ladi. Shuning uchun unda muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvini boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. Uzunchoq miyaning uzunligi o‘rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, orqa va yon yuzalari tafovut qilinib, ular o‘zaro egatlar yordamida ajralib turadi. Bu egatlar orqa miya egatlarining davomi bo‘lib, o‘sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning ventral yuzasidagi oldingi o‘rta yoriqni (fissura mediana anterior) ikki tomonida bo‘rtib chiqqan piramidalar (pyramis medullae oblangatae) joylashgan. Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat bo‘lib, orqa miyaga o‘tish joyida qisman kesishib, piramidalar kesishmasini (decussatio pyramidum) hosil qiladi. Kesishgan . uzunchoq miyaning kesmasi.
1-nucleus tractus solitari; 2-pedunculus cerebellaris inferior; 3-nucleus tractus spinalis n. trigemini; 4-nucleus ambiguus; 5-nucleus olivaris; 6-n.hypoglossus; 7-lemniscus medialis; 8-pyramis; 9-fibrae arcuatae externae; 10-fibrae arcuatae internae; 11-tractus rubro-spinalis; 12-nucleus cuneatus; 13-nucleus dorsalis n.vagi; 14-nucleus n.hypoglossi; 15-fasciculus longitudinalis medialis.
Tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Oldingi yon egat (sulcus anterolateralis) piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan (oliva) ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan. Bu egatdan til osti nervi ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa o‘rta egatni (sulcus mediana posterior) yon tomonlarida o‘zaro oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va ponasimon dastalari kengayib bo‘rtiqlar hosil qiladi. Nozik dasta bo‘rtig‘i (tuberculum gracile) ichki, ponasimon dasta bo‘rtig‘i (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda joylashadi. Orqa yon egatdan (sulcus posterolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar bilan qo‘shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior) hosil qiladi.

Yüklə 32,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin