Jdpu sirtqi bulimi Amaliy psixologiya yunalishi 901 gurux Talabasi Urozova Nasibaning tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 32,78 Kb.
səhifə6/10
tarix14.12.2023
ölçüsü32,78 Kb.
#178824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bosh miya katta yarim sharlari pustlogʻining tuzulishi

Orqa miyaning oq moddasi (substantia alba) egatlar bilan uchta tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha (funiculus anterior) oldingi o‘rta yorig‘ bilan oldingi yon egat o‘rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o‘rta yorig‘ni orqa tomonida oldingi oq bitishma (commissura alba) joylashgan. U o‘ng va chap oldingi tizimchalarni biriktirib turadi.

Orqa miyaning oq moddasi (substantia alba) egatlar bilan uchta tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha (funiculus anterior) oldingi o‘rta yorig‘ bilan oldingi yon egat o‘rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o‘rta yorig‘ni orqa tomonida oldingi oq bitishma (commissura alba) joylashgan. U o‘ng va chap oldingi tizimchalarni biriktirib turadi.

Orqa tizimcha (funiculus posterior) orqa o‘rta egat bilan orqa yon egatlar o‘rtasida joylashgan. Orqa tizimcha bo‘yin va yuqori ko‘krak segmentlari sohasida oraliq egat (sulcus intermedialis posterior) bilan ikki: nozik dasta (faciculus gracilis) va ponasimon dastaga (faciculus cuneatus) bo‘linadi.

Yon tizimcha (funiculus lateralis) esa oldingi va orqa yon egatlar o‘rtasidagi oq moddadan iborat. Orqa miyaning oq moddasi nerv hujayralari o‘simtalaridan iborat bo‘lib, ular orqa miya o‘tkazuv yo‘llarini hosil qiladi. Oldingi tizimchada asosan pastga yo‘naluvchi: oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘li, retikulo-orqa miya yo‘li, oldingi orqa miya-talamus yo‘li, qopqoq-orqa miya yo‘li va dahliz-orqa miya yo‘li o‘tadi. Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluvchi: orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi va orqa yo‘llar, lateral po‘stloq-orqa miya yo‘li, qizil o‘zak-orqa miya yo‘li o‘tadi. Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi propriotseptiv sezgi yo‘li yo‘nalgan bo‘lib, bo‘yin segmentlari sohasida nozik va ponasimon dastalarga bo‘linadi.

 

 

ORQA MIYANING TARAQQIYOTI

Orqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega bo‘ladi. Keyinchalik uni yon qismlari tez o‘sib kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o‘sishdan qolib, asta-sekin tez o‘sayotgan yon devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning oldingi va orqa o‘rta egatlari paydo bo‘ladi.


Yüklə 32,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin