Bosh miya katta yarim sharlari pustlogʻining tuzulishi
REJA:
1. Bosh miyaning tuzilishi 2. Orqa miya 3. Orqa miyaning taraqqiyoti 4. Orqa miya pardalari BOSH MIYA UMUMIY MA’LUMOTLAR Bosh miya (encephalon) uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394 , ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya so‘g‘onidan iborat.
Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning bo‘ylama yorig‘i (fissura longitudinalis cerebri) uni o‘ng va chap yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o‘zaro qadoq tana (corpus collosum) vositasida qo‘shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig’ (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni bo‘laklarga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar pushtalarni (gyri cerebri) chegaralaydi.
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi (122-rasm) yarimsharlar, miyacha va miya so‘g‘oning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn. olfactorii) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hidlov uchburchagining orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilma-teshik modda oralig‘ida ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan. U ko‘ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo‘ladi. Ko‘ruv nervi orqa tomonga ko‘ruv trakti (tractus opticus) bo‘lib davom etadi. Ko‘ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha (tuber cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quyg‘ichni (infundibulum) hosil qiladi. Quyg‘ichning uchida ichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis) turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq sharsimon shakldagi ikkita oq so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) bor. So‘rg‘ichsimon tananing ikki yon tomonida bo‘ylamasiga joylashgan ikkita yo‘g‘on oq to‘sinlar singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o‘rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa interpedincularis) bo‘lib, uning tubini orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki yuzasidan III juft bosh miya nervi ko‘zni harakatlantiruvchi nervning (n. oculomatorius) ildizi ko‘rinadi.
Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya nervi g‘altak nervining (n. trochlearis) ildizi chiqadi. Miya oyoqchalari orqa tomonda ko‘ndalang bolish shaklidagi ko‘prikka (pons) borib taqalgan.
Ko‘prikning tashqi qismlari miyacha tomon yo‘nalib, miyachaning o‘rta oyoqchasini (pedunculus cerebellaris medius) hosil qiladi.
Ko‘prik bilan miyachaning o‘rta oyoqchasi chegarasida V juft bosh miya nervi uch shoxlik nervning (n. trigeminus) ildizi ko‘rinadi.
Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) ko‘rinadi. Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft