27. Evtanaziya (grekcha: ευ- „yaxshi“ + θάνατος „o‘lim“ baxtli, azobsiz o‘lim) — turli harakatlar yoki qurollar bilan bemorning hayotini sunʼiy yoʻl bilan ushlab turgan qurilmalar ishini to‘xtatish orqali bemorning o‘z o‘limini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish. Ko‘p hollarda evtanaziya bemorning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar bemor og‘ir ahvolda bo‘lsa uning yaqin qarindoshlari qaror chiqarishi mumkin. Evtanaziyaga ko‘p davlatlarda ruxsat bor. O‘zbekistonda evtanaziya qo‘llash ta'qiqlangan va bu mavzu haqida bahslar davom etmoqda. Evtanaziya atamasini birinchi bo‘lib XXI asrda faylasuf Frensis Bekon fanga kiritgan. Uning taʼrifi bo‘yicha „evtanaziya“ — o‘limni osonlik bilan shakllantirish.
Evtanaziyaning ikki xil turi farqlanadi: faol va passiv evtanaziya.
Faol evtanaziya — ahvoli og‘ir uzoq vaqt surunkali kasalliklar bilan og‘rib kelayotgan va xavfli o‘sma (saraton) kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda ma‘lum vosita va harakatlar orqali o‘limni tezlashtirish. Faol evtanaziyada bemorning o‘limi tezlik bilan keskin ravishda ijro qilinadi. Passiv evtanaziyada esa bu jarayon maʼlum vaqt davom etadi.
Passiv evtanaziya — bunda bemorga taqdim etilayotgan davo choralari to‘xtatiladi. O‘limgacha bo‘lgan vaqtni tezlashtiriladi.
Bundan tashqari, evtanaziyaning ixtiyoriy va majburiy turlari ham bor.
Ixtiyoriy evtanaziya — bemorning talabi, roziligi va iltimosiga ko‘ra bajariladi. Binobarin o‘lim muqarrar va undan qochib bo‘lmaydi, u hayotning oxirgi bosqichi hisoblanadi.
28. Qon oqsillari-Plazmadagi oqsillardan-albumin-4%, globulin 2,8% va fibrinogen-0,4%ni tashkil qiladi. Fibrinogen va albumin muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib , jigarda hosil bo'iad i va qonning ivishini amalga oshiradi. Globulin esa jigar, taloq, ilik va limfa tugunlarida hosil bo'ladi. Oqsil miqdori-Plazmadagi umumiy miqdori 200-300 g. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlaring yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun. Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularing molekulalari unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli osmotik bosimning hosil bo'lishida yordam beradi. Masalan, albumin qonning tashilish funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog‘ kislotasi, ba’zi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi